So’nggi yangiliklar

08:31“Рома“ Шомуродовни қанчага сотишни режа қилгани маълум  0 08:03Клублар ўртасидаги ЖЧ. “Интер Майами“ иштирок этган гуруҳдан кейинги босқичга йўл олганлар маълум  4 07:25Суперлига. "Қалдирғоч"лар Абрамов жамоасини йирик ҳисобда мағлуб этишди, Абдухолиқовдан дубл  0 07:19Ўзбекистон кубоги. Бугун яна 2 та чорак финалчи аниқланади  1 02:00КЧЖ. ПСЖ "Сиэтл Саундерс"ни таслим қилди ва гуруҳда биринчи ўринни эгаллади, "Атлетико" ғалаба қозонган бўлсада уйга қайтади  8 01:54“Навбаҳор” ПФК раҳбариятида ўзгариш юз берди  3 01:20"Арсенал" словакиялик футболчи учун 70 млн. евро тўлашга тайёр, аммо "Лейпциг" 80 млн. евро сўраяпти  2 00:33Вадим Абрамов: "Барча мухлислардан узр сўрайман"  7 23:43"Ал Ҳилол" Тео Эрнандесни сотиб олишга жуда яқин  0 22:52"Реал" Родригони 90 миллион еврога баҳолади. Агар "Арсенал"га қизиқ бўлган вингер сотилса, Алонсога керакли ярим ҳимоячи сотиб олинади   3 22:35Осимхен дунёнинг энг кўп маош олувчи футболчиларидан бирига айланиши мумкин  3 21:55Суперлига. Абдухолиқовга аталган оқшомда "Динамо" жорий мавсумдаги илк мағлубиятини "Бунёдкор"дан қабул қилиб олди  76 21:35Про лига. "Олимпик-MobiUz" "Жайхун"ни йирик ҳисобда таслим қилди  2 21:15Фирмино учун янги чақириқ: Туркия клуби расмий таклиф билан чиқди  2 20:30ПСЖ Баркола ҳеч қаерга кетмаслигини билдирди  1

Oxirgi ikki yilda oliy ligada 20ta gol urgan futbolchilar Yangiliklar

Oxirgi ikki yilda oliy ligada 20ta gol urgan futbolchilar

Oliy liga yakunlariga bag'ishlangan qiziqarli malumotlar berishda davom etamiz.

Bu safar 2016 va 2017 yillara oliy ligada eng ko'p gol urgan futbolchilar haqida so'z yuritamiz.

Sakkiz nafar futbolchi oliy ligada oxirgi ikki mavsumda kamida 20ta gol urishga erishdi. Nemanya Yovanovich va Sardor Mirzaev o'tgan mavsum 13tadan gol urishgandi. Bu yil esa o'z hisoblariga bir xil 7tadan 0gol yozib qo'yishdi.

O'tgan yilgi to'purar Temurxo'ja Abduxoliqov bir mavsumning o'zida 22ta to'p kiritgandi. Ayni paytda Qatarda o'ynayotgan Abduxoliqov bu ro'yxatda oliy ligada bir yil o'ynagan yagona futbolchi bo'ldi.

Bir yil avval 9ta gol urgan "Bunyodkor" yarim himoyachisi Dostonbek Hamdamov bu safar 14ta to'p kiritdi.

"Paxtakor" hujumchisi Igor Sergeev esa 2016 yilda 13ta, 2017 yilda 11ta to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi.

Uch nafar futbolchi ikki mavsumda 30ta gol urishga erishgan."Metallurg"ning tajribali hujumchisi Zohid Abdullaev bir yil muqaddam 18 bor raqiblar darvozasini ishg'ol qilgandi. Bu yil esa hujumchi 12ta gol urdi.

O'tgan mavsum ikkinchi davrada "Nasaf"ga kelgan Dragan CHeran yarim yil ichida 12ta to'p kiritishga erishdi. 2017 yil to'liq mavsumda o'z hisobiga 19ta gol yozib qo'ydi.

Bu yilgi oliy liga to'purari Marat Bikmaev o'tgan yil 12ta gol urgandi. Bu yilgi 26ta golni ham qo'shsak hujumchining umumiy gollari soni 38taga etadi.

Oxirgi ikki yilning eng yaxshi to'purarlari:



Futbolchi

2016 yil

2017 yil

Jami

Marat Bikmaev

12

26

38

Dragan CHeran

12

19

31

Zohid Abdullaev

18

12

30

Igor Sergeev

13

11

24

Dostonbek Hamdamov

9

14

23

Temurxo'ja Abduxoliqov  

22

-

22

Nemanya Yovanovich

13

7

20

Sardor Mirzaev

13

7

20

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика