Marat Bikmaev futbolchilik faoliyatini tugatmoqda

Sherzod Nurmatov
14 okt 2023, 11:39
Bu haqda "Lokomotiv" matbuot xizmati xabar berdi.

"Har bir narsaning boshi bo'lgani kabi oxiri ham bor. Futbolchi faoliyati ham shunday. Bu - hayot qonuni. 

20 yildan ziyod professional futbol mevasini totgan mohir hujumchi Marat Bikmaev futbol bilan xayrlashmoqda. 

Ertaga, 15 oktyabr kuni bo'lib o'tadigan "Lokomotiv" - "Yunired" bahsi Bikmaev uchun katta futboldagi oxirgi rasmiy o'yin bo'ladi.

Bu o'yin yubiley sifatida tarixga kiradi. Negaki Marat ertaga "Loko" safida 200-uchrashuvini o'tkazadi.

Barcha futbol ishqibozlarini mavsumning yopilish o'yini, shu bilan birga Marat Bikmaevning xayrlashuv uchrashuviga taklif etamiz", – deyiladi "temiryo'lchilar" rasmiy sahifasida.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Локомотив" матбуот хизмати