So’nggi yangiliklar

01:45"Тен Хаг куляптими?" Охара МЮ устозининг соврин ҳақидаги сўзларига эътироз билдирди  1 01:20МЮ бошқа клуб билан келишиб қўйган Фофанага қизиқиш билдиряпти  0 00:45Хосе Венансио Лопес: "Бугун янгича услубда ҳимояландик. Бугунги экспериментимиз биз учун фойдали бўлди"  0 00:42Молиявий қийинчиликка учраётган "Барселона" 12 августгача Уильямс учун 58 млн. евро тўламоқчи  4 00:11Акбар Усмонов: "Гватемаладан аламимиз бор. Сўнгги дақиқаларда эътиборни йўқотдик"  3 00:09РПЛ. "Рубин" янги мавсумни меҳмондаги ғалаба билан бошлади  1 23:54Гюндоган "Пахтакор"га қарши ўйнаши мумкин  3 23:35Тен Хаг МЮ ҳақида: "Гвардиолани ҳисобга олмаганда, биз икки мавсум давомида Англияда қолганлардан кўпроқ соврин ютдик"  2 22:55Хосе Венансио Лопес: "Агар бу расмий ўйин бўлганида бундай таваккалга қўл урмаган бўлардик"  1 22:19Акбар Усмонов: "Сўнгги ЖЧдан бери Гватемала биз учун принципиал рақиб"  1 21:28Бензема "Олтин тўп" ҳақида: "Совринга Винисиус муносиб"  7 21:20Mirabror Usmanov Cup-2024. Драматик кечган баҳсда Ўзбекистон футзал терма жамоаси Гватемалани 5:4 ҳисобида мағлуб этди  7 21:00Эдерсон кетса "Манчестер Сити" дарвозасини ким қўриқлайди?  1 20:31Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ ўрин олган гуруҳ: ўйинлар, таркиблар, натижалар  8 20:17"Астон Вилла" 50 млн. фунтга Онанани сотиб олди  1

O'tmish va kelajak to'qnashuvida qaysi tomon g'olib bo'ladi? Yangiliklar

O'tmish va kelajak to'qnashuvida qaysi tomon g'olib bo'ladi?

Messi boshchiligidagi janubiy amerikaliklar, turnir boshidan stabil o'yin namoyish qilayotgan amaldagi chempion sinovidan o'ta oladimi? Quyida shu savolga javob topishga harakat qilamiz.

  4 yillikning eng katta futbol bayrami ham nihoyasiga yaqinlab qoldi. Finalchilar va 3-o'rin uchun kurashadigan jamoalar nomi malum. Yarim finalda Xorvatiya ustidan zafar quchgan Argentina, narigi tomonda Marokashni taslim qilgan Franciya bilan chempionlik o'yinida bellashadi. Xo'sh, bahsdan bahsga kuchayib borgan va o'ta moslashuvchan o'yin ko'rsatgan Messi boshchiligidagi janubiy amerikaliklar, turnir boshidan stabil o'yin namoyish qilayotgan amaldagi chempion sinovidan o'ta oladimi? Quyida shu savolga javob topishga harakat qilamiz.


Yoshlik shijoati va tajriba to'qnashuvi.

Murabbiylik faoliyatini bundan 4 yil oldin boshlagan Lionel Skaloni va deyarli barcha katta musobaqalarda zafar quchgan, tajribali Didie Desham qarama-qarshiligi. Skaloni 2018 yilning avgust oyida termani qabul qiladi va 2021 yilda Amerika Kubogida, joriy yilning yozida esa Finallisimada g'olib chiqadi. Argentina termasidagi faoliyat, 44 yoshli murabbiyning ilk katta “yurishi” hisoblanadi. JCH finaliga qadar etib kelgan Skaloni, vaziyatlarga tez moslashadigan, kerak bo'lganda uslublarni “rokirovka” qila oladigan murabbiy sifatida yaxshi taasurot qoldirmoqda. Murabbiy Franciya bilan o'yinda vaziyatdan kelib chiqib A,B yoki C rejalaridan birini yoki hammasini ishlatishi mumkin. Har holda Niderlandiya va Xorvatiyaga qarshi o'yinlar uchun tanlangan uslublar shunga ishora qilmoqda. Didie Desham boshchiligidagi “uch ranglilar” finalga xotirjam tarzda etib kelishdi. Uslub oddiy va samarali. Didie 2012 yilda termani qabul qilib olganini hisobga olsak, tajriba va jamoaning etilishi faktori francuzlarga “ishlasa” kerak. Desham resurslar tomonlama ham ustun, amaldagi chempionlar barcha chiziqlarda yuqori darajali kadrlaga ega. 

O'tmish va kelajak qarama-qarshiligi.

 

Katta ehtimol, ushbu chempionat Leo Messi faoliyatidagi so'nggisi bo'ladi. Futbolda o'tkan 15 yillikning asosiy qahramonlaridan biri bo'lgan Leo, finalda kelajakni o'ziniki qilishi kutilayotgan Killian Mbappe bilan to'qnashadi. Killian allaqachon mundial cho'qqisini zabt etib bo'lgan, endi unga shaxsiy sovrinlar qiziq. Finalda g'olib bo'lgan tomon etakchisi, katta ehtimol, shaxsiy sovrinlarning barchasini “supurib” oladi: “The Best”, “Oltin To'p” shular jumlasidan. Mavsum avvalida PSJda ichki muhit yomonlashgani, Mbappe va Messi orasidagi munosabat yomon ekanligi haqida malumotlar tarqalgandi. Voqeiliklar ketma-ketligi, oldinda bizni super to'qnashuv kutib turganini “shivirlamoqda”. Killian ayni paytda sayyoramizning eng kuchli futbolchisi ekanligini isbotlashga harakat qiladi, Leoda esa hammasi oddiy, Jahon chempionligi orqali barcha savollarga javob qaytarish. Imkoniyat francuzda ko'proq, Messida esa uning uchun o'ynaydigan 10 futbolchi bor. To'purarlar poygasida ham mutlaq tenglik, ikkala futbolchi ham 5 tadan gol urishgan, bu ham finalning kichik intrigalaridan biri. 

Kutilayotgan o'yin “kartinasi”.

Ehtiyotkor o'yin, Finalda boshqachasi bo'lishi mumkin ham emas. Skaloni taxminan Xorvatiyaga qarshi ishlatilgan o'yin uslubini boyitib, qayta ishlab foydalanadi, yani, Argentina ikkinchi raqamli jamoa bo'lib o'ynaydi. Finalda qarshi hujumlar janubiy amerikaliklarning asosiy quroli bo'lib xizmat qilsa neajab. Franciya esa musboqa avvalidan to hozirgacha foydalangan hujumkor va pressingga asoslangan o'yin uslubida harakatlansa kerak. Desham jamoasi finalga deyarli qiyinchilksiz etib keldi va bu ularga pand berishi mumkin. Argentina musobaqani mag'lubiyat bilan boshladi, turma-tur, bosqichma-bosqich jamoa o'yini o'sib, shakllanib bordi bu esa finalda asqotishi tabiiy. Ishtiyoq masalasida ham ustunlik janubiy amerikaliklar tomonida, negaki, evropaliklarning yarmi ushbu musobaqani yutib bo'lishgan.

Raqamlar “so'zlagan”da.

 

Statistikaga qaraydigan bo'lsak, jamoalar bugunga qadar jami 12 bor to'qnash kelishgan. Ko'rsatkichlar bo'yicha Argentina ustun, Maradona vatandoshlari 6 o'yinda zafar quchishgan bo'lsalar, 3 marotaba evropaliklar g'olib chiqishgan, qolgan 3 o'yinda murosa “ko'cha”si tanlangan.  Jamoalar so'nggi bor 2018 yilda JCH doirasidagi o'yinda to'qnash kelishgan. Nimchorak final bahsida 4-3 hisobida evropaliklar zafar quchishgan. O'yin 18 dekabr kuni soat 20:00 da Qatar poytaxti Dohada joylashgan Lusail stadionida bo'lib o'tadi. Bahsni polshalik refere SHimon Marchinyak boshqarib boradi. Mutaxassislar o'yindan oldin ikkala tomonning imkoniyatlarini teng baholashmoqda. Sizchi? Qaysi tomonning g'alabasini kutyapsiz?


Jaloliddin Xalilov.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика