O'tkir Yusupov “Qo'qon-1912”dan nima uchun ketgandi?
22 may 2020 11:10
Yangiliklar
O'tkir Yusupov “Qo'qon-1912”dan nima uchun ketgandi?
“Navbahor” jamoasi darvozaboni O'tkir Yusupov kecha “Tezkor Studiya” loyihasida “Qo'qon-1912” jamoasidan nima uchun ketganiga izoh berib o'tdi.
“Ko'pchilik muxlislar kim ko'p pul bersa o'sha jamoaga o'tib ketadi degan salbiy manodagi fikrlarni bildirishadi. Qo'qondan ketishimga sabab mavsum yakunlangach menga yangi shartnoma taklif qilishmadi. Og'zaki gaplar bo'lib o'tdi, xolos. Terma jamoa bilan Osiyo kubogidan kelganimdan keyin klubdagilar qolasan faqat shartnomadagi maoshlarni qisqartiramiz deyishdi. To'g'risi, jamoa rahbarlari bilan kelisha olmadim. O'shanda No'mon akani roziligini olib ketgandim. SHundan so'ng ikkilanishsiz “Navbahor”ga o'tdim. Boz ustiga hozirgi jamoamdagi darvozabonlar murabbiyi Pavel Sinelnikov menga begona emas”, - deydi tajribali posbon.
"Navbahor" yulduzlari ishtirokidagi "Tezkor Studiya"ni tomosha qiling:
Fikrlar