O'tgan mavsum Belarus chempionatida harakat qilgan o'yinchi "So'g'diyona" safini to'ldirdi
30 iyu 2022 19:19
Yangiliklar
O'tgan mavsum Belarus chempionatida harakat qilgan o'yinchi "So'g'diyona" safini to'ldirdi
Yarim himoyachi Abbosbek Jumaqulov Jizzax klubi azosiga aylandi.
Erkin agent bo'lib turgan 23 yoshli futbolchi "So'g'diyona" bilan yil so'ngiga qadar mo'ljallangan kelishuv tuzdi.
Jumaqulov bungacha "Dinamo", "Buxoro" va "Bunyodkor-2" jamoalarida to'p tepgan. U Belarus chempionati vakili "Energetik-BGU" safida 3 ta o'yinda maydonga tushgan va 1 ta golli pas uzatgan.
Avvalroq Abbosbek Jumaqulovning Belarus klubidagi jamoadoshi SHohruh Abdurahmonov ham O'zbekistonga qaytgandi. https://championat.asia/uz/news/shohrux-abdurahmonov-dinamoga-qaytdi
Fikrlar