Otabek Shukurov: "Yig'in boshlangandan keyin 4 kun mobaynida murabbiylar Misrning qanday o'ynashini uqtirib bordi"
15 noy 00:51
Yangiliklar
Otabek Shukurov: "Yig'in boshlangandan keyin 4 kun mobaynida murabbiylar Misrning qanday o'ynashini uqtirib bordi"
- Yutib oldik, finalga chiqdik. Misr yaxshi terma jamoa, shunga yarasha yaxshi o'ynadik. Bunday o'yinlar biz uchun jahon chempionati oldidan yaxshi tayyorgarlikni o'tab beradi. Afrika va boshqa qita vakillari bilan ko'proq bahslar o'tkazishimiz kerak. Chunki jahon chempionatida kimlar tushishi nomalum. Shu sababli ularni his qilib olishimiz uchun yaxshi raqib bo'ldi. Muxlislarni xursand qildik deb o'ylayman. Eronga qarshi finalda o'ynaymiz. Yana chempion bo'lishga harakat qilamiz.
- Bunday kuchli jamoalarga qarshi ikkinchi planda o'ynardik, bugun esa birinchi planda bo'ldik. Bizda ham ko'plab vaziyatlar bo'ldi? Bunday raqibga qarshi hujumda o'ynash uchun o'zlaringizni qanday tayyorladinglar? Murabbiylarning ko'rsatmalari qanday bo'ldi?
- Yig'in boshlangandan keyin 4 kun mobaynida murabbiylar Misrning qanday o'ynashini uqtirib bordi. Urgan gollarimiz ham murabbiylarning ishi. Murabbiylar bizga raqibni qanday yopishimiz, pressing qilishimiz, darvozabon bilan birga-bir holatga chiqib ketishimiz borasida bir qancha variantlar berishdi. Oz bo'lsa ham buni amalga oshirdik deb o'ylayman. Shuni hisobiga g'alaba qozondik.
- Hakamlar finalda Eron va Misrni o'ynatgisi kelgandek bo'ldi.
- Bizga ham shunday tuyuldi. Hakam ko'proq raqiblarga simpatiyada bo'lib turdi. Shunga qaramay Alloh bizga g'alaba berdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Сельта"га мағлуб бўлди, Гарсия ва Кассерас қизил карточка олди
Месси ўз рекордини янгилашда давом этмоқда
Алонсо кечаги мағлубиятдан сўнг ҳакамни кескин танқид қилди
Ла Лига. "Бетис" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 8 та гол урилди, Торресдан хет-трик
Fikrlar
Отабек Остонга ажойиб пас берди ва натижада Остон голни михлаб куйди !