Otabek SHukurov to'p tepayotgan jamoa Turkiyaning amaldagi chempionini yirik hisobda mag'lubiyatga uchratdi
29 dek 2022 00:04
Yangiliklar


Otabek SHukurov to'p tepayotgan jamoa Turkiyaning amaldagi chempionini yirik hisobda mag'lubiyatga uchratdi
Mezbonlar Turkiyaning amaldagi chempioni ustidan 4:1 hisobidagi yirik g'alabani tantana qilishdi.
"Karagumruk" sharafini himoya qiladigan hamyurtimiz Otabek SHukurov bahsni asosiy tarkibda boshladi. Uchrashuvda borini berib harakat qilgan yarim himoyachimiz 3:1 hisobi qayd etilayotgan paytda (70-daqiqa) almashtirildi.
"Karagumruk" - "Tranbzonspor" 4:1
Gollar: Ozdoev 6, Borini 34, Richchi 67, Kuassi 87 - Bartra 20.
"Karagumruk": Sen, Baniya, Biraschi, Borini (Dursun 78), Kolley, Diane (Richards 78), Dresevich, Merchan (Onur 88), Ozdoev, Richchi, SHukurov (Kuassi 70).
"Trabzonspor": CHakir, Bakasetas, Bartra, Elmali, Gomes, Omur, Siopis (Gbamin 46), Trezege (Gamshik 61), Turkmen (Larsen 46), Vischa (Janini 50), Ugo (Yazichi 81).
Ogohlantirishlar: Kolley 43, Ozdoev 62, Diane 77.
CHetlatishlar: Kolley 56 - Bartra 45.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar