So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  3 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  6 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  15 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  103 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  848 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

Otabek SHukurov: "Ertaga g'alaba qozonib muxlislar ishonchini qaytarmoqchimiz" Yangiliklar

Otabek SHukurov: "Ertaga g'alaba qozonib muxlislar ishonchini qaytarmoqchimiz"

O'zbekiston - Xitoy uchrashuvi oldidan bo'lib o'tgan rasmiy mashg'ulotdan so'ng terma jamoamiz futbolchisi Otabek SHukurovning bo'lajak o'yin haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.


- Uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Xitoy terma jamoasi uchun ham bu bahs oxirgi imkoniyat sanaladi.  To'g'ri, Eron bilan bo'lgan bellashuvda mag'lubiyatga uchradik. Lekin bu hech narsa degani emas. Barchasi o'z qo'limizda. Oldimizda hali juda ko'p o'yinlar bor. Xitoyga qarshi uchrashuvda g'alaba qozonib muxlislar ishonchini qaytarmoqchimiz", deya gap boshladi Otabek SHukurov.

- Anzur Ismoilov diskvalifikaciya tufayli ertaga o'ynamaydi. Xitoy bilan bo'ladigan bahs biz uchun juda muhim ahamiyatga ega. Xato qilishga haqqimiz yo'q. Mashg'ulotlarda murabbiy sizni markaziy himoya chizig'ida sinaganini ko'rdik. Muhim o'yinda o'ziz uchun qulay bo'lmagan poziciyasida o'ynashga tayyormisiz, ortiqcha bosim his etmayapsizmi?

- Hech kimni xato qilishga haqqi yo'q. Murabbiy meni qaysi chiziqda qo'ysa, ishonch bildirsa, o'sha joyda bosh kuch-g'ayratimni ishga solaman va ishonchni oqlashga harakat qilaman. Jamoam g'alabasi uchun, mundial chiptasini qo'lga kiritish uchun borimni berishga tayyorman.

- Odil Ahmedovning o'rni jamoa uchun qay darajada muhim? Yani Ahmedovsiz O'zbekiston bilan va Ahmedov o'ynaydigan terma jamoani farqi shu qadar kattami? Maydonda bu qanchalik sezildi?

- Fikrimcha. Odil akani terma jamoadagi o'rni juda katta. Eron bilan o'yinda Ahmedovning yo'qligi sezilgani rost. Odil Ahmedov safda bo'lsa o'yin boshqacharoq bo'ladi. Lekin butun bir terma jamoa bir futbolchiga qarab qolmaydi. Jahon chempionatiga chiqish uchun qaysi futbolchi yo'qligidan qatiy nazar raqiblarni yutish lozim. Eron va Janubiy Koreya kabi terma jamoalarini yutsagina mundialga chiqish mumkin bo'ladi.


SHahboz Beg'amov suhbatlashdi.

Reyting: -57   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика