So’nggi yangiliklar

03:09"Оловга мой сепган" Ямаль ёхуд "Реал" футболчилари нега "Барса" аъзосига ташланиб қолишди?  3 03:06АПЛ. "Тоттенхэм" меҳмонда "Эвертон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 03:02А Серия. "Рома" меҳмонда ғалабага эришди, "Ювентус" эса Римда мағлуб бўлди  0 02:04Миржалол Қосимов: "Охиригача курашиш - спорт принципи"  1 01:59Рўзиқул Бердиев: "Нефтчи" чемпион бўлса, қаҳрамонларни майдондан излаш керак эмас. Менинг ҳолатимга тушиб кўрсангиз биласиз"  11 01:00Илёс Зейтуллаев: "Каннаварога 'D’accordo' дея олмайман"  0 00:34Отабек Нарзуллаев: "Қашқадарё чемпион бўлишини хоҳлаймиз"  4 23:22Англиянинг уч топ-клуби "Бавария" футболчисига кўз тикмоқда  2 22:50Эл Классико. "Реал Мадрид" — "Барселона" 2:1  17 22:22Ла Лига. "Реал" "оловли" ўйинда Мбаппе ва Беллингемнинг голи эвазига "Барселона"ни мағлуб этди  346 22:20Суперлига. "Бунёдкор" – "Машъал" 2:1  0 21:00АПЛ. "Ман Сити" Ҳусановсиз меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди, "Арсенал" ўз уйида минимал ғалабага эришди  8 20:53МЮ январь ойидаёқ Беллингемни ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 20:35Суперлига. ОКМК – "Насаф" 1:1   7 20:24Суперлига. Бир киши кам "Бунёдкор" "Машъал"ни мағлуб этди  11

Otabek Narzullaev: "Qashqadaryo chempion bo'lishini xohlaymiz" Yangiliklar

Otabek Narzullaev: "Qashqadaryo chempion bo'lishini xohlaymiz"

Superliganing 26-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" – "Mashal" uchrashuvidan so'ng (2:1) mehmonlar bosh murabbiyi Otabek Narzullaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

 O'yin haqida fikringiz…

– O'yinni yaxshi boshladik. Vaziyatlardan foydalana olmadik. Xatolar evaziga gollar o'tkazib yubordik. Ikkinchi bo'limda vaziyatni o'nglashga harakat qildik. Afsuski, hujumlarda oxirgi nuqtani qo'yishga oqsayapmiz. Qoniqarlisi, ikkinchi bo'lim maydonga chiqqan futbolchilarning barchasi o'yinni kuchaytirdi. Yoshlarga imkon berdik, ular o'zini ko'rsatdi. Ko'pgina vaziyatlarda to'p darvoza ustuni va to'siniga tegdi. O'sha vaziyatlar golga aylanganda, ochko qo'lga kiritardik.

 "Mashal"ning g'alabasiz seriyasi 5 taga etdi. Jamoaning Superligada jon saqlab qolishi uchun ochkolar suv va havodek zarur. Ammo muborakliklarni "Nasaf" va OKMK kabi etakchi jamoalar kutib turibdi. "Mashal" mana shu raqiblarga qarshi "syurpriz" hozirlay oladimi yoki shunchaki mavjud kuch va uslubga tayanadimi?

– Biz har o'yinda g'alaba uchun maydonga chiqamiz. Bizga omad kulib boqmayapti. Shunday o'ylayman. Futbolchilar harakat qilishyapti. Kichik xatolar evaziga gollar o'tkazib yuboryapmiz. Shuning evaziga mag'lubiyatga uchrayapmiz. Lekin o'yin borasida yaxshi harakat qilyapmiz. Bugungi uchrashuvni tahlil qilgan holda keyingisida yaxshiroq harakat qilamiz. Superligada qolishga harakat qilamiz.

 Superligada chempionlik uchun "Neftchi" va "Nasaf" asosiy davogarlar bo'lib turibdi. Bir viloyat vakili sifatida "Nasaf"ning chempion bo'lishini xohlarmidingiz yoki aksincha?

– Albatta, "Nasaf" chempion bo'lishini xohlayman. Ha, "Neftchi" sifatli futbolchilar evaziga kuchaygan, yaxshi sharoitga ega. Biroq "Nasaf" O'zbekistonda o'z o'yin uslubiga ega jamoalardan biri sanaladi. Taqvimga qarasak, "Nasaf"ni qiyinroq raqiblar kutyapti. Qolaversa, bu jamoa Elit Osiyo Chempionlar ligasida ishtirok etyapti. Bu esa futbolchilarning toliqishiga sabab bo'lmoqda. Albatta, biz Qashqadaryo chempion bo'lishini xohlaymiz. 

 Muhammadali Aliqulov, Ergash Ismoilov, Samandar Ochilov va boshqa etakchilarning shartnomasi yil so'ngida yakuniga etadi. Ular bilan bitim uzaytiriladimi yoki tarkibni yangilash ko'zda tutilganmi?

– Kelasi yil tarkibni ancha yoshartirib, yangilashga harakat qilamiz. Selekciya ishlari olib borilmoqda. 

 Tarkibni yoshartirishga to'xtaldingiz. Siz "Mashal"ning yoshlar jamoalarida ham ishlagansiz. Bir vaqtlar "Mashal" akademiyasidan bo'lg'usi terma jamoa futbolchilari etishib chiqardi. Hozirda esa bu jarayon to'xtab qolgandek. Bunga sabab nima deb o'ylaysiz?

– Akademiyada yaxshi saviyadagi futbolchilar bor. Turli yoshdagi terma jamoa murabbiylarni ularni kuzatishi kerak. Bitta o'yinni kuzatish bilan kifoyalanmasliklari kerak. Ularni jalb qilib, sinchkovlik bilan kuzatish kerak. Shundagina ularning qobiliyati haqida tasavvurga ega bo'ladi.

Reyting: -2   

Fikrlar

+1   
27 okt 02:12:22
nerazzuri
Тез орада шуртан ва машал про лигага равона буласанлар шунда насап 12 ачко дан махрум булади.
+1   
27 okt 01:36:28
Xursanbek Abduvaliyev
Ким зур булса уша чемпион булсин деганингда тугрирок узингаям яхши буларди , сабаби насаф билан хам уйнайсизлар агар мабодо ютказиб куйсаларинг ( катта эхтимол насаф ютади реална кучли насаф) атай ютказиб берди деган маломатга коласан чунки кашкадарё чемпион булишини хохлайман деб очик айтяпсан, бу профессионал мураббийни гапимас. Мен анжонлиман лекин насафни хурмат киламан, айрим негативчилар учун тайёр мавзу тайёрлаб куйдинг олдиндан. машъал атайлаб ютказберди деган, чунки мураббийи насаф чемпион булишини хохлашини очик айтган дейишади.
   
27 okt 02:34:52
Real.M & Chelsi
Xursanbek Abduvaliyev foydalanuvchining fikriga javob berish
Ким зур булса уша чемпион булсин деганингда тугрирок узингаям яхши буларди , сабаби насаф билан хам уйнайсизлар агар мабодо ютказиб куйсаларинг ( катта эхтимол насаф ютади реална кучли насаф) атай ютказиб берди деган маломатга коласан чунки кашкадарё чемпион булишини хохлайман деб очик айтяпсан, бу профессионал мураббийни гапимас. Мен анжонлиман лекин насафни хурмат киламан, айрим негативчилар учун тайёр мавзу тайёрлаб куйдинг олдиндан. машъал атайлаб ютказберди деган, чунки мураббийи насаф чемпион булишини хохлашини очик айтган дейишади.
Ochiq aytib qo'ya qoldi,mayli Mashal yutqizib bersa ham Paxtakor,Navbahor va Dinamo qattiq tashlab ochko olishadi,Neftchini chempionligi o'z qo'lida
   
27 okt 01:58:16
From Earth
Насаф Элит лигада ўйнагани билан ғалаба қозонолмаяпти, шуниси ёмон бўляпти.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика