So’nggi yangiliklar

01:16Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария"дан 10та гол қабул қилган "Окленд Сити" "Бенфика" билан ўйинда ҳам кўп гол ўтказиб юборди  0 01:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. Жексон туғилган кунида 4 дақиқадаёқ қизил карточка олган ўйинда "Челси" мағлубиятга учради  9 00:58Асрор Алиқулов: "Айрим футболчиларимиз Суперлига даражасига тайёр эмас"  0 00:38Виртц бу рейтингда учинчи бўлди  0 00:08Рўзиқул Бердиев: "Ёзда камида 2-3 футболчини олиб келамиз"  1 23:49Виталий Левченко: "Бухоро" ўзига муносиб бўлмаган жойда"  11 23:28Расман: "Ливерпуль" Виртцни 136 млн эвазига сотиб олди  9 23:12"Бухоро" ёрдамчи мураббийи: "Ҳакам нега футболчиларимизни сўкади? Ҳакамнинг "Нефтчи"га ёрдам бериши шарт эмасди"  12 22:47ПСЖ "Борнмут"га 55 млн таклиф қилди ва рад жавобини олди  0 22:25Саудия Арабистони клублари Фермин Лопесга қизиқиш билдирмоқда. "Бавария" ҳам футболчини ўз сафида кўрмоқчи  3 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Бухоро" устидан қийин ғалабага эришди  35 22:00Суперлига. Ғузорда кечган воҳа дербисида "Насаф" "Машъал"дан устун келди  49 21:25"Ливерпуль" ва "Кристал Пэлас" ўртасидаги Суперкубок ўйини қачон ўтказилиши аниқ  4 21:06Онанага харидор чиқди. МЮ дарвозабонга ўринбосар топиб қўйган  1 20:45"Вулверхэмптон" 25 миллион евролик трансферни амалга оширди  0

Otabek ham Kapadzening xatosini takrorlamasa bo'lgani Yangiliklar

Otabek ham Kapadzening xatosini takrorlamasa bo'lgani

Yakuniga etgan mavsumning eng yaxshi futbolchilaridan biri Otabek SHukurov "Bunyodkor"ni tark etib, BAAning "SHarja" klubiga qo'shildi.

SHukurov bu yil garchi jamoasi bilan sovrinlarga ega chiqmagan bo'lsa-da, o'zi uchun mavsumni yaxshi o'tkazdi. U ham klubi, ham terma jamoa safida yo'qolib qolmadi. "Lokomotiv" murabbiyi Mirko Yelichich bilan suhbat qilganimda avstraliyalik mutaxassis mavsumning eng yaxshi uchta futbolchisi qatoriga SHukurovni ham qo'shib o'tgandi.

Keyinchalik O'FF taqdirlash marosimida ham Otabek top uchtalikdan joy oldi. Eng yaxshi futbolchi deb Marat Bikmaev topilganini yaxshi bilasiz. Men Otabekni u "Mashal"da o'ynab yurgan kezlaridan beri bilaman. CHiroqchilik yigit "Mashal" futbol maktabi murabbiyi Dilshod Andaevning topilmalaridan biri. Men "Mashal"da ishlagan kezlari SHukurov hali klub akademiyasida o'qir va asosan bolalar va ikkinchi liga bahslarida o'ynab yurardi. Unga Dilshod Andaevning juda katta mehnati singgan, buni futbolchining o'zi ham rad etmasa kerak. 

Muborakda tarbiya topgan yosh futbolchi keyinchalik "Bunyodkor"ga o'tib o'zining yanada yaxshi saviyasiga chiqdi. U Eldor SHomurodov bilan birgalikda endi "Bunyodkor" g'alabalariga hissa qo'sha boshladi. "Bunyodkor" ular uchun yangi tramplin vazifasini bajardi. Otabek qisqa vaqt ichida "Bunyodkor"ning eng muhim o'yinchilaridan biriga aylana oldi. Lekin to'g'risini aytganda, uning "SHarja" klubiga o'tishi meni juda hayron qoldirdi. 

"SHarja" klubida 2012 yil Timur Kapadze ham o'ynagan. Kapadze ko'p o'ynamagan, nari borsa 9ta o'yinda maydonga tushgandir. Kapadze BAAdagi faoliyatini xato bo'lgan deb hisoblaydi, chunki u autsayder klubga borib qo'shiladi. Uning aytishicha, "SHarja"da o'ynagan kezlari jamoaga etibor yuqori bo'lmagan, mashg'ulotlar ham nomiga o'tkazilgan xolos. SHu bois u vaqtni behuda sarflab yurgandan ko'ra tezda ketishni afzal biladi va Qozog'istonning "Aktobe" klubiga borib qo'shiladi. 

Mana endi oradan besh yil o'tib Timur Kapadze izidan Otabek SHukurov ham aynan shu klubga yo'l oldi. Jamoa hamon o'sha-o'sha. 12ta klub orasida 9-o'rinni egallab turibdi. Demak, autsayder. Lekin hozir mashg'ulotlarga bo'lgan etibor kuchayganmi-yo'qmi, buni bilmaymiz, yaxshisi keyinroq Otabek o'zidan so'rab olgan maqul. Fakt shuki, "SHarja" chempionlik uchun kurashadigan jamoa emas, "Bunyodkor" esa har yili yuqori o'rinlar uchun o'ynaydigan jamoa. 

Kapadze "SHarja"ga borganida 31 yosh edi, Otabek esa 22 yoshida bu jamoaga o'tdi. Buning ham farqi bor albatta. Masalan aytishimiz mumkin, Kapadze o'shanda yosh bo'lmagan, balki pul ishlash uchun borgandir deb. Lekin Otabek SHukurov haqida bunday deya olamizmi? U endi-endi o'zimizda xalqqa tanilib kelayotgandi. U endigina "Bunyodkor"ning muqobil o'yinchilaridan biri bo'la boshlagandi. 

Xabarda Otabek SHukurov erkin agent maqomida xorijga yo'l oldi deyilgan. Mana shu joyi ham birmuncha savollarni keltirib chiqaradi. Axir "Bunyodkor"ning unga qo'shgan hissasi ozmunchami. SHartnomasi tugasa bemalol qo'yib yuboraversa jamoaning kelajagi nima bo'ladi? Yana Otabekka o'xshagan futbolchi etishib chiqishini murabbiylar besh yil kutishadimi? Mayli, ketsin chet elga, lekin transfer qilinsa boshqa gap. 

"Bunyodkor"dan ketgan Sardor Rashidov arab tomonlarda yarq etib ko'zga tashlanmadi. Eldor SHomurodov to'g'ri "Rostov" zaxirasiga mixlandi. Hisoblab qarasak, 12ta o'yinda maydonga tushibdi, yana ko'pi zaxiradan va birortayam gol urmagan. Arab, Rossiya klublariga borib o'ynamagandan ko'ra o'zimizda yurgan yaxshi emasmi deb o'ylanib qolasan kishi. Endi SHukurovning taqdiri nima bo'ladi? Axir bu bola uchun "Mashal" va "Bunyodkor" qancha mehnat qilgan. Bu ketishda indamay yana bir istedoddan ayrilib qolmasak bo'lgani.

Biz doim terma jamoa kuchaysin, chempionatimiz saviyasi oshsin deymiz. Lekin buni amalga oshirish uchun bazan yaxshi futbolchilarni o'zimizda olib qolishga to'g'ri keladi. Endilikda PFL hadeb chetdan kelayotgan legionerni shu bizga mosmi, Superliga saviyasi oshishiga yordam bera oladimi kabi shartlarni qo'yish barobarida chetga ketayotgan futbolchilarni ham bu o'zi qaerga ketyapti, yo'qolib qolmasmikan manosida o'z nazoratiga olsa chakki bo'lmasdi.

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика