So’nggi yangiliklar

21:35Ўзбекистон Кубоги. "Шўртан" "Арал"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди  3 21:14Решфорд "Барса"да ўйнаш учун маошини қисқартиришга ҳам тайёр  0 21:00Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" - "Видад Касабланка" (онлайн ҳисоб)  17 20:21Фабио Каннаваро ЦСКА бош мураббийига айланиши мумкин  1 19:28Ичкарида ким ўтирибди? Ўқитувчилар? Чиқар ҳаммасини ташқарига!   3 19:22"Арсенал" Родриго билан боғланди. "Реал" вингер учун 90 миллион евро сўраяпти  1 18:4059 ёшли дунёнинг энг кекса профессионал футболчиси билан интервью: "Ўзимга чеклов қўймайман"  0 18:03Капелло: "Бу Италия терма жамоасида "дух" йўқ"  2 17:33Расман: Жоан Гарсия - "Барселона" футболчиси  11 17:04Афғонистон Россияга ўртоқлик учрашуви ўтказишни таклиф қилди  9 16:32Қасим-Жомарт Тоқаев Шавкат Мирзиёевни миллий жамоа жаҳон чемпионатига чиққани билан табриклади  5 16:15Эрон билан можаро туфайли легионерлар Исроил клубларини ортиқча шартларсиз тарк этиши мумкин  6 15:55Жоан Гарсия "Барселона"га ўтиш учун ўз шартномасини сотиб олди  2 15:18Клублар ўртасидаги ЖЧ учрашувига уч минг мухлис келди. Бу турнирдаги энг ёмон натижа  7 15:12ВАР ва АВАР ҳакамлари учун ФИФА семинари бўлиб ўтади  1

Otabek G'ulomxo'jaev: "Meksikalik futbolchi???" Yangiliklar

Otabek G'ulomxo'jaev: "Meksikalik futbolchi???"

Superliganing 1-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Andijon" (1:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Otabek G'ulomxo'jaev o'z fikrlarini bildirdi.

- Bugungi uchrashuv haqida nima deya olasiz?
- Avvalambor “Qizilqum” jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. O'yinni ko'rdinglar, yaxshi o'tdi, kurashlarga boy bo'ldi. To'g'risi, yaxshi o'ynab turib yutqazish alam qiladi. Uch ochkoni qo'ldan chiqardik.

- Bugun ikki xil futbol ko'rdik. Birinchi bo'limda “Qizilqum” yaxshi o'ynadi. Ikkinchi bo'limda esa “Andijon”. Buning sababi nimada?

- Jamoamiz o'tgan yilgidan ko'ra 90 foizga yangilandi. Yangi o'yinchilar kelgan, endi shakllanyapti. Balki moslashish uchun vaqt kerak bo'lgandir. Lekin dastlabki 15 daqiqada ham to'pning nazorati bizda edi. Belgilangan penalti biroz bo'lsa-da, yigitlarga tasir qildi. Futbolchilar sarosimaga tushishdi. Ikkinchi bo'limda ancha hujumkor o'yin namoyish etdik. Yigitlarga qo'rqmasdan oldinga o'tishlarini aytdik.

- Jasur Jaloliddinovning o'yinidan qanchalik qoniqish hosil qildingiz?

- Jasurning hozirgi holatini bilganim uchun aytamanki, u bugun 50 foiz kuchi bilan o'ynadi. CHunki malum vaqt jamoasiz, mashg'ulotsiz qolib ketdi. To'g'ri, individual tarzda shug'ullandi. Ammo jamoamizga qo'shilganiga bugungi o'yinni ham hisoblasak bor-yo'g'i besh kun bo'ldi. Uning individual mahoratini hamma biladi. Boya aytganimdek, 50 foiz kuchi bilan to'p tepdi. Ammo Jaloliddinov hali chempionatda o'z so'zini aytadi.

- Yaqinda jamoaga meksikalik futbolchining kelib qo'shilishi haqida xabar chiqdi. Ertaga O'zbekistonda transfer oynasi yopiladi. Meksikalik futbolchini "Andijon"da ko'ramizmi?
- To'g'risi bu malumotni sizlardan eshitmoqdaman. Lekin sizlar bilguningizgacha ham shunday gaplar yurgandi. Hozir bu borada aniq fikr bildira olmayman. Barchasini klub sport direktoridan so'rab ko'rishim kerak.


Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика