So’nggi yangiliklar

11:33"Атлетико" футболчиси КЖЧ ташкилотчилигидан норози  1 11:05Ямаль ва францияликлар: Европанинг 2025 йилдаги энг креатив футболчилари  3 10:42Неймарнинг келажаги маълум  1 10:10“Ал Ҳилол“ Осимхенга сўнгги даҳшатли таклифни юборди  0 09:43“Арсенал“ Виктор Гёкерешни сотиб ололмаган тақдирда кимни харид қилиши маълум  1 09:16Кайл Уокер АПЛнинг бошқа жамоасига ўтиши мумкин  0 08:50Фатининг кейинги жамоаси деярли аниқ  1 08:23Хаби Алонсо “Реал“ футболчиларига ультиматум қўйди  15 07:47CAFA U20 Championship 2025. U-18 терма жамоамиз ҳеч бир учрашувда ғалаба қозонмай мусобақани якунлади  16 07:20Клублар ўртасидаги ЖЧ. Учта қизил кўрсатилган баҳсда “Бенфика“ кичик камбек амалга оширди  2 02:00КЧЖ. "Челси" ишончли ғалабага эришди  3 01:42Фердинанд Фернандешнинг "Ал Ҳилол"га рад жавоби ҳақида: "Бу унинг садоқатидан далолат беради"  0 00:56"Наполи" "Манчестер Сити" футболчисига қизиқмоқда, лекин...  0 00:30Фарҳод Нишонов: "Захирадан тушган футболчиларимиз ўйинни ўзгартириб юборди, фақат ёмон томонга"  3 23:55Григорий Колосовский: "Рақиб ғалаба учун ўйнади. Биз эса ғалабани истадик"  1

O'smirlarimiz 10 yil deganda birinchi marta Osiyo chempionatida ishtirok etmaydi Yangiliklar

O'smirlarimiz 10 yil deganda birinchi marta Osiyo chempionatida ishtirok etmaydi

Saudiya Arabistonida bo'lib o'tgan o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati saralash bosqichi biz uchun muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

Negaki biz guruhda uchinchi o'rinni olib kelasi yil bo'lib o'tadigan Osiyo chempionati yo'llanmasidan bebahra qoldik. Endi keyingi yil Malayziyada bo'lib o'tadigan U-16 Osiyo chempionatida o'n oltita jamoa orasida O'zbekiston bo'lmaydi. Bu albatta biz uchun minus, chunki qita miqyosidagi har qanday turnirda O'zbekiston nima qilib bo'lsayam ishtirok etishi shart. 

O'smirlarimizning Osiyo chempionatiga chiqa olmagani fojeami? Buni fojeadan ko'ra ko'proq xunuk voqea desak yarashadi. Bu natija bizga bolalar futboli orqaga ketayotganini ko'rsatib berdi. Qita birinchiligida ishtirok etmaslik, 2019 yil jahon chempionatiga bormaslikni bildiradi. Endi etibor ikki yildan keyin 2019 yil o'tkaziladigan saralash bahslariga qaratiladi.  

Statistikaga nazar tashlaydigan bo'lsak, O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi shu paytgacha ettita Osiyo chempionatida ishtirok etgan. Eng yuqori natija 2012 yil Eronda bo'lib o'tgan musobaqada qo'lga kiritilgan. Yani, O'zbekiston o'smirlar termasi finalda Yaponiyani yutib chempion bo'lgan. O'shanda bosh murabbiy Dilshod Nuraliev edi. Buni qarangki, oradan besh yil o'tib boshqa bir jamoa shu murabbiy qo'l ostida musobaqa yo'llanmasini qo'lga kirita olmadi. 

Boshqa tomondan hisoblab ko'rganda, biz o'n yil deganda birinchi marta Osiyo chempionatidan quruq qoldik. 2002 yildan buyog'iga esa ikkinchi marta. Negaki 2006 yil Singapurda o'tkazilgan chempionatga ham bora olmaganmiz. O'shanda Nepalda tashkil qilingan saralash bahslarida biz aynan Nepalga yutqazib qo'yib, mezbonlar uloqni ilib ketishgan.  

O'SMIRLAR O'RTASIDAGI OSIYO CHEMPIONATI (U-16)

2002 yil, BAA. O'zbekiston ishtirok etganmi? Ha. 
Yakuniy natija? To'rtinchi o'rin, Xitoy - O'zbekiston 1:0. Bosh murabbiy - Rauf Inileev.

2004 yil, Yaponiya. O'zbekiston ishtirok etganmi? Ha. 
Yakuniy natija? Guruh bosqichi, guruhda 3-o'rin. Bosh murabbiy - Islom Ahmedov.

2006 yil, Singapur. O'zbekiston ishtirok etganmi? Yo'q. 
Sabab? Saralashdan o'ta olmagan. 

2008 yil, O'zbekiston. O'zbekiston ishtirok etganmi? Ha. 
Yakuniy natija? CHorak final, O'zbekiston - Janubiy Koreya 0:3. Bosh murabbiy - Robert Gay.

2010 yil, O'zbekiston. O'zbekiston ishtirok etganmi? Ha. 
Yakuniy natija? Final, O'zbekiston - KXDR 0:2. Bosh murabbiy – Aleksey Evstafeev.

2012 yil, Eron. O'zbekiston ishtirok etganmi? Ha. 
Yakuniy natija? CHempion, O'zbekiston - Yaponiya 1:1 (penaltilar seriyasi 3:1). Bosh murabbiy – Dilshod Nuraliev.

2014 yil, Tailand. O'zbekiston ishtirok etganmi? Ha. 
Yakuniy natija? CHorak final, O'zbekiston - Suriya 2:5. Bosh murabbiy – Aleksandr Mochinov.

2016 yil, Hindiston. O'zbekiston ishtirok etganmi? Ha. 
Yakuniy natija? CHorak final, O'zbekiston - Iroq 0:2. Bosh murabbiy - Temur Olimxo'jaev.

2018 yil, Malayziya. O'zbekiston ishtirok etadimi? Yo'q. 
Sabab? Saralashdan o'ta olmadi. 

X.Xoliqov. 


Reyting: -23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика