Oskar: "Jahon chempionatiga borishimning farqi yo'q, kambag'al bo'lishni istamayman"
12 mar 2018 10:27
Yangiliklar


Oskar: "Jahon chempionatiga borishimning farqi yo'q, kambag'al bo'lishni istamayman"
"SHanxay SIPG" yarim himoyachisi Oskar Xitoy chempionatiga o'tishi hamda JCH-2018da Braziliya terma jamoasi safida o'ynashi haqida fikr bildirdi.
"Jahon chempionatiga boramanmi, yo'qmi, menga baribir. Xitoyga ketganim uchun ko'p tanqid qilishadi, biroq men faqat o'z oilam va kelajagim haqida o'ylayman. Keksayganimda kambag'al bo'lib, faqat jahon chempionatidagi xotiralar bilan yashashni istamayman" - deydi Oskar.
Joriy mavsum Oskar "SHanxay SIPG" safida barcha turnirlarda 6ta uchrashuv o'tkazib, 7ta gol urdi va 3ta golli pas berdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar