So’nggi yangiliklar

00:27Ёзги транфер ойнасида рекорд даражада кўп трансфер амалга оширилди – ФИФА  1 00:08Англиялик уч нафар футболчи жароҳат сабаб терма жамоанинг сентябрь ойидаги ўйинларини ўтказиб юборади  0 23:45Муҳаммад Салоҳ "Ливерпуль" билан ўз келажаги бўйича музокара ўтказади  2 22:52Қирғизистон термаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда  4 22:16Маурисио Почеттино шу ҳафта янги жойда иш бошлайди  1 21:52ОКМК 120 дақиқа давом этган назорат ўйинида "Олимпик"ни мағлубиятга учратди  2 21:23Отабек Шукуров: "Туркиядаги муаммолар сабаб, клубимни ўзгартиришга мажбур бўлдим. Ҳозир янги клубим эмас, терма жамоамиз манфаати ҳақида кўпроқ қайғурмоқдаман"  5 21:00 Ўзбекистон миллий термаси машғулоти: Ҳусанов, Шомуродов ва Турғунбоев жамоага қўшилди  0 20:44Ўзбекистон миллий терма жамоасининг тўлиқ таркибдаги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  3 20:31Ўзбекистон футзал терма жамоаси Бразилияга қарши иккита ўртоқлик ўйини ўтказади!  5 20:05"Реал"нинг яна икки футболчиси жароҳат олди  0 19:55ЎФА президенти Абдусалом Азизов Ўзбекистон терма жамоаси билан учрашди  8 19:37Дешам: "Килиан Мбаппе робот ёки супермен эмас"  5 19:14Жоан Лапорта: "Флик баҳона изламайди ва бор имкониятидан максимал фойдаланишга уринади"  5 18:50Куман Бергвейннинг "Ал Иттиҳод"га трансфери ҳақида: "26 ёшда пул — асосий мақсадингиз бўлмаслиги керак"  2

"Osiyodan kelgan takliflarni rad qildim, Arveladzeda ginam yo'q". Jasur Yaxshiboev bilan to'liq intervyuni o'qing Yangiliklar

"Osiyodan kelgan takliflarni rad qildim, Arveladzeda ginam yo'q". Jasur Yaxshiboev bilan to'liq intervyuni o'qing

O'zbekiston terma jamoasi va Belarusning "SHaxtyor" klubi azosi Jasur Yaxshiboev championat.asia saytiga eksklyuziv intervyu berdi.

To'liq intervyuni quyida o'qing.


− Assalom-u alaykum! Jasur, xush kelibsiz Championat.asia ofisiga. Avvalo, intervyuga rozilik bildirganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.

Keling, odatiy savoldan boshlaymiz: 2020 yil Jasur Yaxshiboev uchun qanday o'tdi?  

− Barcha davlatlarda koronavirus pandemiyasining yirik to'lqini kuzatilgani bois faqat Belarus chempionati davom ettirildi. Bu men uchun foydadan holi bo'lmadi. Musobaqani Osiyo ham, Evropa ham tomosha qildi − bu katta reklama. O'yinlar orqali o'zimni ko'rsatishga harakat qildim.

− Ilk bor legionerga aylanib, yangi mamlakat, yangi muhit, yangi chempionatga qadam qo'ydingiz. "Energetik-BGU"da sizni qanday kutib olishdi?

− "Energetik-BGU"da asosan yoshlar yig'ilgan. Bu jamoa odatda yosh iqtidorlarni yuqoriroq darajaga chiqarib berish vazifasini bajaradi. Jamoadoshlarim va murabbiy juda yaxshi edi. SHu tufayli klubga moslashish qiyin bo'lmadi.

− Terma jamoalarda ham, "Paxtakor"da ham qanot yarim himoyasida o'ynagansiz. "Energetik-BGU"da birdan markaziy hujumchiga aylandingiz. Bu qanday sodir bo'ldi?

− Jamoa tarkibiga qo'shilgan paytimda Vladimir Belyavskiy menda qandaydir xususiyat ko'rdi, shekilli, o'rtoqlik o'yinlarida hujumning oldingi chizig'iga qo'ya boshladi. Bu poziciya menga butunlay begona edi. Ammo, murabbiyning to'g'ri ko'rsatmalari natijasida o'zimning yaxshi tomonlarimni ko'rsata boshladim.

− Belarus chempionatidagi 1-o'yiningizni eslaylik. BATE darvozini 2 bor ishg'ol qilgandingiz...

− BATE grand jamoalardan hisoblanadi, Evropada ham kichik bo'lsa-da, o'z mavqeyiga ega. O'sha o'yinda bizni mensimadimi yoki kuchimizga to'g'ri baho bermadimi, o'z o'yinini 100% ko'rsata bilmadi. Jamoamiz azolari bir-biri uchun "jonini berib" harakat qildi va g'alaba qozondi.

− SHohboz Umarov yoningizdaligi sizga yordam berdimi?

− Albatta, begona yurtda ekansiz, oldingizda vatandoshingiz borligi sizga dalda beradi. O'yinlarda ham SHohboz bilan bir-birimizga imkon qadar yordamlashishga intildik. 

− Mavsum o'rtasida Belarusning o'rtamiyona jamoasidan Soligorskning "SHaxtyor" klubidek mahalliy grand tarkibiga qo'shildingiz. Bu jarayon qanday sodir bo'ldi?

− "Energetik"dagi o'yinlarimdan keyin ko'p klublar qiziqa boshladi: BATE, "Dinamo" (Minsk), Dinamo (Brest)... Muzokaralar jarayonida to'liq qatnashmaganman, agentim hal qildi. Ayni paytda "SHaxtyor" moliyaviy jihatan boshqalardan ustun hisoblanadi, shuning uchun aksar yaxshi futbolchilar Soligorsk klubiga o'tmoqda, biz ham shu variantni tanladik. Menga BATE 5 yillik shartnoma taklif qildi, ammo "SHaxtyor" bilan 6 oylik bitim tuzdik.

− Demak, o'sish niyatida kuchliroq chempionatning kuchiliroq klubiga o'tish niyati bor?

− SHunday.

− Sir bo'lmasa, qaysi mamlakatlardan takliflar bo'lyapti?

− Ukraina va Rossiyaning yaxshi jamoalaridan takliflar kelmoqda. Osiyo klublari ham bir necha bor murojaat qildi, biroq, barchasini rad qildik.

− Demak, sizga slavyanlar namoyish qiladigan futbol yaqinroq?

− SHunday, niyatim Evropada o'ynash. 

− Mish-mishlar tarqaldi. "Energetik-BGU" talabalar jamoasi bo'lgani bois maoshlar ancha kam egan. Eshitishimizga qaraganda, Yaxshiboevning oylik ish haqi 100$ atfrofida bo'lgan ekan. SHu gap rostmi?

− Yo'q, undan ancha ko'p.

− "SHaxtyor"ni "Energetik" bilan solishtirsak, necha barobar ko'proq maosh olyapsiz.

− 10 barobar.

− Jamoa so'nggi turda chempion bo'ldi. Jamoada vaziyat qanday edi, murabbiylar qanday ko'rsatma berishdi?

− Juda ham murakkab holat. Bizning oldimizda faqat g'alaba qozonish varianti bor edi. BATE esa "Dinamo" (Minsk) bilan o'ynadi. O'sha o'yinda minskliklar kamida durang o'ynashiga ishonardik. Amalda ham shunday bo'ldi. Biz o'z o'yinimizda dastlab gol o'tkazib yubordik, bu ruhiy tomondan zarba bo'ldi. Lekin, vaqtida o'zimizni qo'lga olib g'alaba qozondik va chempion bo'ldik.

− Jasur, "SHaxtyor" tarkibida ham gollar urganingizga qaramay, tashqi tomondan jamoaga kirishib ketolmaganday ko'rindingiz. Bu klublar orasidagi farq bilan bog'liqmi?

− Albatta, "Energetik"dagi o'yinchilar bilan tengdosh edim. CHempionlik uchun kurashayotgan klubda talablar boshqacha bo'ladi, bosim ham nisbatan yuqori. "SHaxtyor"da tajribali o'yinchilar ko'p, ular bilan kelishmovchiliklar ham bo'lib turdi.

− SHu haqda savol bor. Belarus nashrlarining yozishicha, Yaxshiboevning "SHaxtyor"dagi tajribali futbolchilar bilan munosabatlari yomonlashib qolgan. SHunga oydinlik kirita olasizmi?

− To'g'ri, kelishmovchiliklar bo'ldi. Lekin, bunga chuqurroq to'xtala olmayman. Hamma jamoalarda bunaqa holatlar bo'ladi, etibor qilmaslik kerak.

− Belarusda "SHaxtyor" chempionlikni nishonlaganida Jasur unchalik xursand bo'lmagani va o'yindan keyin klubning telegramdagi guruhini darhol tark etgani haqida gap-so'zlar tarqaldi...

− Nega xursand bo'lmay? Xursand edim. Taqdirlash marosimiga qatnasholmaganimning sababi esa oldindan O'zbekistonga uchish uchun chipta buyurtma qilib qo'yilgandi va uyga qaytishga majbur bo'ldim. O'sha o'yindan keyin klubdan ketdim. Klubdan ketgach, jamoaning guruhini ham tark etishim kerak edi-ku.

− "Energetik"da SHohboz Umarov eng yaqin do'stingiz edi. "SHaxtyor"da kim bilan boshqalarga nisbatan yaqinroq aloqada bo'ldingiz?

− Serbiyalik va braziliyalik legionerlar bilan yaqinroq edik.

− O'zbekiston va Belarus chempionatining farqlari, o'xshashliklari haqida nima deya olasiz?

− Taqqoslamoqchi emasman. Faqat Belarusda jismoniy tayyorgarlikka ko'proq etibor qaratiladi.

− "SHaxtyor"ning chempionlik tadbirida sababli qatnasha olmaganingiz haqida aytdingiz. Oltin medal sizga yuborildimi yoki...

− Medal agentimga taqdim qilingan. Mengacha hali etib kelgani yo'q.

− Muxlislardan kelgan savol bor: Jasur "Paxtakor"dan yoki Arveladzedan xafa bo'lib ketdimi?

− Yo'q, hech kimdan xafa emasman. "Paxtakor"da juda kuchli tarkib yig'ilgan. O'yinlarni kuzatyapman, ko'plab futbolchilar zahirada o'tirib qolishdi. Ketmasam, men ham hozir zahira futbolchisi bo'lardim. Belarusga ketishim o'zim uchun yaxshi bo'ldi, oz bo'lsa-da, tanildim.

− Demak, SHota Arveladzega nisbatan ginangiz yo'q?

− Yo'q, hech qanday ginam yo'q. SHota Yustunovichni yaxshi inson deb bilaman. OCHLdagi kelishmovchilikda o'zim aybdor edim, murabbiyga qo'l uzatmaganman. Lekin, shundan keyin ham menga imkon berdi, maydonga tushirdi. Baribir kishining ko'ngli qoladi, mendan sovigan bo'lsa kerak. Men SHotadan xafa emasman.

− Jasur, terma jamoaning oktyabr oyidagi yig'iniga jalb etildingiz. Keyingi yig'inlarga sizni chaqirishmadi. Abramovdan shu haqda so'ralganida shunday dedi: "Yaxshiboevda milliy jamoada o'ynash uchun kuchli xohish ko'rmadim". SHu vaziyatga oydinlik kiriting.

− Terma jamoada o'ynash barcha futbolchilarning orzusi hisoblanadi. Dubayga ketishdan 2 kun oldin issig'im ko'tarilib, tomog'im og'riy boshladi. SHuni murabbiyga aytdim. Bilmadim, u meni bahona qilyapti deb o'ylagandir. Ammo, men to'g'risini aytgandim. Qolgani murabbiyning fikri.

− Eron bilan o'yinda maydonga tushdingiz. Klubda hujum markazida o'ynab yurgandingiz, Abramov sizni o'ng qanotga qo'ydi. Qiyin bo'lmadimi?

− Yarim yil forvard sifatida o'ynadim, moslashib qolgandim. Hozir o'ng qanotda o'yinim chiqmadi, desam bahona bo'ladi. Murabbiy menga o'ynash imkonini berdi, o'zimni ko'rsatolmadim. SHu tufayli 2-taymda almashtirdi. O'yindan keyin menga nisbatan yomon fikrlar bildirmadi.

− Belarusda sizdan tashqari, yana 2 nafar legioner o'ynadi: SHohboz Umarov va Humoyunmirzo Iminov. SHohboz BATEga o'tdi, Iminov esa "Energetik"da qoldi. Ular haqida fikrlaringiz?

− Iminov yaxshi futbolchi. Jimoniy tayyorgarligini oshirsa, ajoyib o'yinlar ko'rsatadi degan umiddaman. Umarov esa hozir ajoyib formada. Bu yil BATEni etakchilar tark etganini hisobga olsak, SHohboz o'zini asosiy tarkibda ko'rsata oladi.

− 2020 yilgi mavsum siz uchun omadli o'tdi. SHunga qaramay, O'FA yilning eng yaxshilarini aniqlash uchun so'rovnomaga sizni kiritmadi... Sizning fikringizcha, bu yil kimlar eng yaxshi bo'ldi?

− Masharipov, CHeran, Abdixoliqov, Bozorov...

− Eng yaxshi o'yinchi bo'lish uchun nomzodlar qatoriga kiraman deb o'ylagandingizmi?

− Hamma futbolchi kiraman deb o'ylaydi, men ham kutgandim. U xalqning fikri, ular tanlaydi kim  yaxshiligini.  Xudo xohlasa, keyingi yil harakat qilaman eng yaxshi bo'lish uchun. Bu ham o'ziga xos motivaciya.

− Jasur, OFK rasmiy saytiga bergan intervyungizda "Paxtakor"ga boshqa qaytmayman", degansiz. Bu sizning fikringizmi yoki noto'g'ri tarjima qilinganmi?

− "Paxtakor"ga qaytmayman, demaganman. Ammo, niyatim Evropada o'ynash. "SHerlar" men uchun qadrli jamoa. Bugungi darajaga etishimda klubning o'rni beqiyos. Ehtimol, faoliyatimning oxirida "Paxtakor"ga qaytarman.

− Oston O'runov va Jasur Yaxshiboev singari futbolchilarni murabbiylar o'ziga xos xarakterli o'yinchilar deyishadi. Haqiqatan ham xarakteringiz og'irroqmi?

− Bilmadim. Xarakter o'zimga bilinmaydi, chetdagilarga yaxshiroq ko'rinadi. O'zimning qanaqa insonligimni tushuntirib bera olmayman. Hamma xarakteri juda og'ir deb o'ylashi mumkin. Odamlar meni qanday qabul qilsa, shunday ko'rinsam kerak.

− Jonkuyar muxlislaringizga tilaklar...

− Barcha qo'llab-quvvatlagan muxlislarga rahmat. Xudo xohlasa, kelasi yil yaxshiroq o'yin ko'rsataman. Hammani kelayotgan Yangi yil bilan tabriklayman. Barchaga tashakkur!

− Bu yil uylandingiz. Kelasi yil farzand to'ylaringizni o'tkazish nasib qilsin, yaxshi klublarda o'ynab, gollar urib muxlislarni xursand qilishda davom eting. Terma jamoaga loyiqligizni isbotlab, kelasi yil eng yaxshilar qatoridan joy oling.

− Rahmat!

Narzulla Saydullaev suhbatlashdi

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика