So’nggi yangiliklar

01:41Паоло Мальдини: "Роналду – топ ўйинчи ва кучли шахсият, аммо мен Мессини афзал кўраман"  6 01:05Лукакунинг янги клуби деярли маълум  0 00:29Ўртоқлик учрашуви. "Дўстлик" Тожикистон Олий лигаси жамоасини мағлуб этди  0 23:55Ўртоқлик учрашуви. "Навбаҳор" "Хоразм"ни минимал ҳисобда таслим этди  0 23:40Қозоғистон Лига кубоги. "Турон" ва "Ордабаси" ўртасидаги ўйинда жанговар дуранг қайд этилди  0 23:27"Тоттенхэм" 60 млн фунтлик ўйинчисини Саудия Арабистонига қўйиб юборишга тайёр  0 22:47Расман: Санжар Қувватов "Нефтчи"ни тарк этди  9 22:39Ўртоқлик учрашуви. "Пахтакор" Чераннинг голи эвазига "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  8 22:30Назорат учрашуви. "Бунёдкор" "Арал"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  3 21:58МЮ товон пули 60 млн евро бўлган испаниялик хавбекка қизиқмоқда  1 21:32"Ман Юнайтед" Маунтни сотишни режалаштирмаяпти. Хавбек янги мавсумда ўзини кўрсатмоқчи  1 21:06"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон Қирғиз Республикасини мағлуб этди, Нишоновдан хет-трик!  3 21:01Фюллькруг Ла Лига гранди сафига ўтиши мумкин  1 20:27Назорат учрашуви. "Андижон" ва "Қизилқум" ўртасидаги ўйинда 4та гол урилди  7 19:59"Фенербахче" "Севилья" билан Юссеф Эн-Несири трансфери бўйича келишувга эришди, аммо...  1

Osiyo kubogi-2011. O'zbekistonni ortda qoldirgan Katanecning debyuti, fotograf tufayli jazolangan arablar hamda finalga kiritilmagan muxlislar to'g'risida hikoya qilamiz Yangiliklar

Osiyo kubogi-2011. O'zbekistonni ortda qoldirgan Katanecning debyuti, fotograf tufayli jazolangan arablar hamda finalga kiritilmagan muxlislar to'g'risida hikoya qilamiz

Turnirning hal qiluvchi uchrashuvini Ravshan Ermatov boshchiligidagi o'zbekistonlik hakamlar brigadasi boshqarib borgan.

15-Osiyo kubogi 2011 yil 7–29 yanvar kunlari Qatardagi Al Rayyan va Doha shaharlaridagi beshta stadionda o'tkazildi. Musobaqani o'tkazishga Hindiston va Eron ham davogarlik qilishgandi, biroq keyinchalik Hindiston o'z arizasini qaytarib oldi, Eron esa tegishli hujjatlarni o'z vaqtida taqdim eta olmadi.

Turnirni butun dunyo bo'ylab 484 million tomoshabin kuzatib bordi. 


2007 yilgi Osiyo kubogida dastlabki uch o'rinni egallagan jamoalar mazkur qita birinchiligida to'g'ridan to'g'ri ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi. 

O'zbekiston terma jamoasi saralash bosqichida BAA va Malayziya bilan ro'baro' kelib, guruhda ikkinchi o'rinni egalladi. Qayd etish joiz, o'shanda BAA terma jamoasida Srechko Katanec bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritardi. BAA maydonida 1:0 hisobida zafar quchgan hamyurtlarimiz o'z maydonida xuddi shu hisobda yutqazib qo'ygan. Saralash bahslarida O'zbekiston MTJga Mirjalol Qosimov ustozlik qilgan. Unga yordamchi bo'lgan Vadim Abramov keyinchalik Qosimov o'rniga tayinlangan.

"A" guruhida raqiblari tomonidan imkoniyati yuqori baholanmagan O'zbekiston kutilmaganda hujumkor o'yinlari bilan raqiblarini dog'da qoldirib, guruh peshqadamiga aylandi.

Turnirdan oldin O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov uni qo'llab-quvvatlamayotgan muxlislarni odatiy hol deb aytdi: 

"Bu tabiiy jarayon va bu hodisa futbolni sevadigan barcha mamlakatda mavjud. Ammo Qatarda hammasi yaxshi bo'ladi, biz to'g'ri yo'ldamiz. Osiyo kubogidan keyin meni qo'llab-quvvatlamaganlarga bu qaror noto'g'ri ekanligini isbotlamoqchiman.

Umuman olganda, turnir arafasidagi yig'in davomida yoshlarning o'yinidan qoniqish hosil qildim. Asosiy tarkibdan joy olish uchun katta raqobat mavjud va bu normal holat."

O'zbekiston terma jamoasi qaydnomasi

Darvozabonlar: 1. Temur Jo'raev ("Paxtakor"), 12. Ignatiy Nesterov ("Bunyodkor"), 21. Murod Zuhurov ("Nasaf").

Himoyachilar: 3. SHavkat Mullajonov ("Olmaliq"), 4. Anzur Ismoilov ("Bunyodkor"), 5. Aziz Ibragimov ("Boeminas", CHexiya), 6. Sahob Jo'raev ("Bunyodkor"), 20. Farruh Nurliboev ("Olmaliq"), 22. Viktor Karpenko ("Bunyodkor").

Yarim himoyachilar: 7. Aziz Haydarov ("Bunyodkor"), 8. Server Jeparov ("Seul", Janubiy Koreya), 9. Odil Ahmedov ("Paxtakor"), 10. SHavkat Salomov ("Nasaf"), 13. Olim Navkarov ("Qizilqum"), 14. Stanislav Andreev ("Paxtakor"), 17. Sanjar Tursunov ("Volga", Rossiya), 18. Timur Kapadze ("Bunyodkor"), 19. Jasur Hasanov ("Lahviya", Qatar), 23. Vagiz Galiulin ("Sibir", Rossiya).

Hujumchilar: 2. Ulug'bek Bakaev ("Tobol", Qozog'iston), 11. Marat Bikmaev ("Alaniya", Rossiya), 15. Aleksandr Geynrix ("Paxtakor"), 16. Maksim SHackix ("Arsenal", Ukraina).

Ochilish o'yinidan avvalgi matbuot anjumanida Abramov quyidagicha fikr bildirdi:

"Tayyorgarlikdan qoniqish hosil qildik. Qolgan jamoalarda bo'lgani kabi biz ham ushbu turnirda chempionlikni maqsad qilgan holda ko'p yig'in o'tkazdik. Barcha jamoaning imkoniyati teng.

Ochilish o'yini tarix sanaladi. Ertaga bor kuchimizni ishga solamiz. Muxlislar uchun yaxshi o'yin namoyishga harakat qilamiz va Osiyo futboli darajasi rivojlanayotganini tasdiqlamoqchimiz."

Musobaqaning ochilish o'yinida mezbon Qatar 2:0 hisobida mag'lub etildi. Dastlab Odil Ahmedov 35 metrlar chamasi masofadan raqib darvozasini ajoyib tarzda ishg'ol qilgan bo'lsa, keyinchalik Server Jeparov raqib futbolchilarining xatosidan unumli foydalanib, hisobni ishonchli ko'rinishga keltirdi.

Qatar-O'zbekiston 0:2
07.01.2011. Doxa. "Xalifa" stadioni. 37143 tomoshabin.
Bosh hakam:
Yuichi Nishimura(Yaponiya)
Gollar: Odil Ahmedov 59, Server Jeparov 77.
O'zbekiston: Ignatiy Nesterov, Anzur Ismoilov, Odil Ahmedov, Sahob Jo'raev (Stanislav Andreev 54), Viktor Karpenko, Aziz Haydarov, Temur Kapadze, Server Jeparov, Jasur Hasanov (Sanjar Tursunov 66), Aleksandr Geynrix (Olim Navkarov, 66), Maksim SHackix.

Abramov o'yindan keyingi matbuot anjumanida shunday dedi: "Bugun uch ochkoga ega bo'ldik. G'alabadan xursand ekanligimizga qaramay, yigitlarga xotirjamlikka berilmaslik va kelgusi o'yinga tayyorgarlikni boshlash kerakligini aytdim.

O'yin ikkala jamoa uchun ham qiyin o'tdi. Bugungi bayramdan mosuvo bo'lgan Qatardan uzr so'rayman, ammo biz g'alabaga erishdik. Qatar terma jamoasini yaxshi bilganim uchun o'yinga mos rejam bor edi va futbolchilar bunga amal qilishdi."

SHuningdek, Server Jeparov ham matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Raqibimizni mukammal o'rgangandik. Bu g'alabaga asosiy omil bo'ldi. Dastlabki o'yin hamisha qiyin o'tadi, shu bois, uch ochko qo'lga kiritganimizdan xursandmiz. Hali ko'p o'yinlar bor va oldindan bashorat qilishga erta, lekin biz chempionlikni qo'lga kiritish uchun bu erga keldik."

Timur Kapadze ham o'yin haqida qisqa fikr bildirdi: "Menimcha, musobaqaga tayyorgarlik yaxshi bo'ldi. Biz raqib o'yinchilariga qarshi qanday harakatlanishni bilardik. Qatar terma jamoasi katta bosimga duchor bo'lgan bir paytda biz xotirjam o'yin namoyish etdik. SHu tariqa, raqib o'yinni boy berdi."


Vadim Abramov 2-turdan avvalgi matbuot anjumanida quyidagicha fikr bildirdi:

"Kuvayt terma jamoasiga qarshi qiyin o'yin bo'ladi. Raqiblar musobaqadagi ishtirokini davom ettirish uchun so'nggi imkoniyat bo'lgani uchun bor kuchini safarbar qiladi. 

Birinchi o'yinda g'alaba qozongan bo'lsak-da, uch ochkoning o'zi etarli emas. Bor etiborimizni mazkur o'yinga qaratamiz, chunki g'alaba chorak final yo'llanmasini taqdim etadi.

SHogirdlarim final haqida o'ylayapti, shunday ekan Qatarga qarshi o'yindagi g'alaba tasodif emas. Biz muxlislarning orzusini ro'yobga chiqarishga harakat qilamiz."

Ikkinchi turda Kuvayt 2:1 hisobida mag'lub etildi. Vakillarimizdan SHackix va Jeparovning goliga Badir Al Mutva penaltidan javob qaytardi.

O'zbekiston – Kuvayt 2:1
12.01.2011. Doxa, “Al G'arafa” stadioni. 3481 tomoshabin
Bosh hakam:
Navaf SHukrulla (Bahrayn)
Gollar: Badir Al Mutva 49 - Maksim SHackix 40, Server Jeparov 65.
O'zbekiston: Ignatiy Nesterov, Anzur Ismoilov, Stanislav Andreev, Viktor Karpenko, Odil Ahmedov, Aziz Haydarov, Temur Kapadze, Server Jeparov, Sanjar Tursunov (Vagiz Galiulin, 90), Aleksandr Geynrix (Olim Navkarov, 74), Maksim SHackix (Jasur Hasanov, 54). 

"Bu katta turnir, undagi har bir jamoa kuchli. O'ylaymanki, biz syurpriz ko'rsatib, turnirda g'olib chiqamiz. Biroq kuchli jamoalar etarlicha, shu bois bu ishni uddalash qiyin bo'ladi. Menda Xitoyga qarshi o'yin rejasi bor, biroq ilk navbatda vaziyatni o'rganishimiz kerak", — dedi Vadim Abramov o'yindan keyingi matbuot anjumanida.


Xitoyga qarshi o'yindan avvalgi matubot anjumanida Vadim Abramov va Odil Ahmedov ishtirok etdi.

Vadim Abramov: "Umid qilamanki, bo'lajaka qarama-qarshilikda ijobiy natija qayd etamiz. Ochkolari qanday bo'lishidan qati nazar barcha jamoalar guruhdan chiqish imkoniyatiga ega. Raqibni o'rgandik, ularda yaxshi saviyadagi o'yinchilar etarlicha. Biz raqibimizni hurmat qilamiz, lekin avvalgi uchrashuvlarda bo'lgani kabi Xitoyni ham mag'lub etamiz."

Odil Ahmedov: "Jamoadoshlarimiz jismonan, texnik va ruhan tetik holatda. Xitoyga qarshi o'yinga tayyormiz. Garchi bizga durang etarli bo'lsa-da, g'alaba uchun harakat qilamiz. Hisob-kitoblarga ahamiyat bermasdan, uch ochko uchun o'ynaymiz. Mening eng sevimli poziciyam — yarim himoya, biroq men har qanday poziciyada o'ynashni yaxshi bilaman. Agar murabbiy menga himoyada o'ynashni buyursa, muammo bo'lmaydi. Biroq bu ikkinchi darajali masala, eng muhimi, 3-turda g'alaba qozonishimiz kerak."

Uchinchi turda Xitoy bilan 2:2 hisobidagi jangovar durang qayd etildi. Ahmedov va Geynrixning goliga CHin o'lkasidan YU HAi va Hao Jun Min javob qaytardi.

Xitoy — O'zbekiston 2:2

Gollar: YU Hai (6), Hao Jun Min (56) — Odil Ahmedov (30), Aleksandr Geynrix (46)

O'zbekiston: Ignatiy Nesterov, Anzur Ismoilov, Aziz Haydarov, Server Jeparov (SHavkat Salomov, 85), Odil Ahmedov, Stanislav Andreev, Timur Kapadze, Viktor Karpenko (SHavkat Mullajonov, 74), Olim Novkarov (Sanjar Tursunov, 62), Aleksandr Geynrix, Maksim SHackix.


Uchrashuvdan keyin Vadim Abramov jamoasi guruh peshqadami sifatida chorak finalga yo'l olganidan xursandligini takidladi: 

"Ajoyib uchrashuv o'tkazdik va barcha bundan xursand. Yigitlarni tabriklayman, ular guruh bosqichida ajoyib o'yin ko'rsatishdi. Natija biz uchun qoniqarli bo'ldi, chunki biz himoyaviy o'yin namoyish etdik.  Keyingi bosqichda qaysi jamoaga ro'baro' kelishimizning ahamiyati yo'q, chunki ushbu bosqichda jamoalarning barchasi kuchli hisoblanadi."

O'yindan keyin Server Jeparov keyingi bosqichda har qanday raqib bilan to'qnash kelishga qodirligini aytdi:

"Endilikda bizdan yarim finalga chiqish talab etiladi. Maqsadimiz — finalga yo'l olish. Keyingi bosqichda Yaponiya bo'ladimi, Iordaniya yoki Suriya, har qanday raqib bilan to'qnash kelishga qodirmiz."

O'zbekistonga imkoniyatni boy bergan Qatar guruhdagi qolgan o'yinlarda g'alaba qozonib, 2-o'rin bilan chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Xitoy terma jamoasi azolari musobaqaga har biri 100 ming yuan (14 ming AQSH dollari) kostyumlarda tashrif buyurdi, biroq natija shunga yarasha bo'lmadi.

O'zbekistonga qarshi o'yindan keyin akkreditaciyadan o'tmagan fotografni kiyim almashtirish xonasiga kiritgani uchun Kuvayt futbol associaciyasi 1000 dollar jarimaga tortildi.

"B" guruhida Alberto Zakkeroni murabbiyligidagi Yaponiya hamda Iordaniya keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Turnir avvalida yaponiyalik futbolchilar mukofot pullarining yaxshi emasligi sababli xalqaro o'yinlarga boykot elon qilishi mumkinligini malum qildi. Keyinchalik futbol associaciyasi bu holatni bartaraf etishini malum qildi. Suriya ushbu guruhda 3-o'rin bilan cheklangan bo'lsa, Saudiya Arabistoni kutilmaganda barcha o'yinda mag'lubiyatga uchrab, so'nggi o'rinda qolib ketdi.

Suriyaga qarshi mag'lubiyatdan keyin Saudiya Arabistonining portugaliyalik bosh murabbiyi Xose Peseyru istefoga chiqarildi. Uning o'rniga tayinlangan Nosir Al Johar matbuot anjumaniga qora ko'zoynakda tashrif buyurdi. Jurnalistlar buning sababini so'raganda, ko'z bilan bog'liq allergik muammosi bo'lgan Johar "Menga "ko'z tegdi". Bazi hamyurtlarim bosh murabbiy etib tayinlanganimdan so'ng menga hasad qilishdi", — deya fikr bildirdi.

"C" guruhida Avstraliya va Janubiy Koreya keyingi bosqich yo'llanmasini naqd qilishdi. Bahrayn va Hindiston guruhda qolib ketdi.

"D" guruhida Eron peshqadamga aylandi, Iroq esa 2-o'rin bilan kifoyalandi. SHimoliy Koreya va Katanec boshqaruvidagi BAA 1 ochko bilan guruhda qolib ketdi.

CHorak finalda Yaponiya Qatarni 3:2 hisobida mag'lub etdi. 

Iordaniyaga qarshi chorak final uchrashuvidan avvalgi matbuot anjumanida Vadim Abramov va Odil Ahmedov ishtirok etdi.

Vadim Abramov: "Ertangi o'yin juda qiyin bo'ladi. Mag'lub jamoa musobaqani tark etadi. Iordaniya kuchli va uyushqoqlik asosida o'yin namoyish etadi. Raqib imkoniyatlarini past baholamayman va ularni chorak finaldagi eng kuchsiz jamoa deysh fikridan yiroqman."

Odil Ahmedov: "Iordaniya terma jamoasining turnirdagi o'yinlarini tomosha qildik. Ularni bizdan kuchli yoki kuchsiz deb bo'lmaydi. Biz faqat g'alaba uchun maydonga chiqamiz."

Uchrashuv avvalida braziliyalik yulduz Bebeto Dohadagi Iordaniya terma jamoasi qarorgohiga tashrif buyurdi va futbolchilar bilan muloqot qilib, o'z libosini tuhfa qildi.

O'zbekiston terma jamoasi Ulug'bek Bakaevning dubli evaziga Iordaniyani 2:1 hisobida taslim etib, o'z tarixida ilk marotaba yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Qiziq tomoni, ikki jamoa turnirga oz muddat qolganda o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib, 2:2 hisobida durang o'ynagandi. Mazkur uchrashuvda O'zbekiston terma jamoasining 2-raqamli himoyachisi Yaroslav Krushelnickiy jarohat olib, turnirni o'tkazib yuborishi malum bo'ldi. Aynan uning o'rniga jalb etilgan Ulug'bek Bakaev esa Iordaniyaga qarshi chorak final qahramoniga aylandi.

O'zbekiston – Iordaniya 2:1
21.01. 2011. Doxa. “Xalifa” stadioni. 16073 tomoshabin.
Bosh hakam:
Abdul Malik Bashir (Singapur)
Gollar: Ulug'bek Baqoev 46, 49 - Bashar Bani Yosin 58.
O'zbekiston: Ignatiy Nesterov (Temur Jo'raev, 62), SHavkatjon Mullajonov, Sahob Jo'raev, Odil Ahmedov, Aziz Haydarov, Temur Kapadze, Server Jeparov, Sanjar Tursunov, Jasur Hasanov (Stanislav Andreev, 57), Aleksandr Geynrix (Anzur Ismoilov, 70), Ulug'bek Baqoev.


O'yindan so'ng Vadim Abramov shunday dedi: "O'yin juda qiyin bo'ldi, ayniqsa, chorak final bo'lgani uchun qo'shimcha mashaqqat yukladi. Biz yarim finaldamiz va endi finalga chiqishni xohlaymiz. Buni turnirning ilk kunidan beri aytib kelaman. 

Birinchi bo'limdagi xatolardan kerakli xulosa chiqardik. Ikkinchi bo'limda esa ularni to'g'rilab, ikkita gol urdik va bu o'yinni ancha osonlashtirdi."

SHuningdek, Odil Ahmedov, Stanislav Andreev, Ignatiy Nesterovlar ham o'yin taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

Odil Ahmedov: "Murabbiy o'yin uslubini o'zgaritirishga qaror qildi va bu yordam berdi. Iordaniyaning guruh bosqichidagi o'yinlarini kuzatdik va ularning himoyaviy o'yin asnosida qarshi hujumlarga tayanishini yoqtirishini bilib oldik. SHu bois, raqib himoyasini buzish uchun boshqa uslubdan foydalandik."

Stanislav Andreev: "Murabbiy tarkib va uslubda bir qator o'zgarishlar amalga oshirdi va bu yordam berdi, chunki Iordaniya buni kutmagandi."

Ignatiy Nesterov: "Murabbiydan ikkinchi bo'limda meni o'zgaritirishni so'radim, chunki birinchi bo'limda 21-raqamli raqib futbolchining zarbasini bartaraf etganimdan so'ng biroz og'riq seza boshladim. Bu jiddiy jarohat deb o'ylamayman. 

Avstraliyaga qarshi o'yinda penaltilar seriyasiga qadar etib bormaymiz, masalani asosiy vaqtda hal qilishimizga ishonaman. Jamoadagi ishonch yuqori. Keyingi o'yinni intiqlik bilan kutyapmiz."

Avstraliya va Janubiy Koreya qo'shimcha bo'limlarda Iroq va Eronni 1:0 hisobida engishga muvaffaq bo'ldi.

Yarim finalning dastlabki uchrashuvida Yaponiya va Janubiy Koreya to'qnash keldi. G'olib penaltilar seriyasida aniqlandi va "samuraylar" final ishtirokchisiga aylandi.

Vadim Abramov yarim final avvalida jamoasi Avstraliyani kuchliligini, biroq Braziliya darajasida emasligini aytdi: "Avstraliyaga qarshi o'yinni intiqlik bilan kutyapmiz. Jamoadagi ko'pgina o'yinchilar tajribaga ega, shu bois ular bosimni engib o'tishga qodir. To'g'ri, Avstraliya kuchli jamoa, lekin ular Braziliya emas. Bizning jamoa ularga qarshi kurashishga qodir. Raqib inglizlarga o'xshab o'yin namoyish etadi, biroq men yigitlarni xotirjam va diqqat bilan maydonda harakatlanishni talab qilaman."

Server Jeparov esa o'zini chempion kabi his qilayotganini aytdi: "Turnirda g'alaba qozonish imkoniyati bor va men o'zimni chempiondek his qilpyaman. Avstraliya kuchli raqib, ammo ambiciyaningiz mavjud bo'lsa, har qanday raqibni mag'lub eta olasiz. SHuning uchun hech kim bizni to'xtata olmaydi va finalga chiqishimizga to'sqinlik qila olmaydi."

Iordaniyaga qarshi o'yinda g'alaba qozongan bo'lsak-da, jiddiy ikkita yuqotishga uchradik: Nesterov va Geynrix jarohat oldi. Buning natijasida O'zbekiston Avstraliyadan qashqatqich oltita gol qabul qilib oldi.

O'zbekiston — Avstraliya 0:6

Gollar: Kyuell (5), Ognenovski (35), Karney (65), Emerton (73), Valeri (82), Kruz (83)

O'zbekiston: Timur Jo'raev, Anzur Ismoilov, Sahob Jo'raev, Aziz Haydarov, Server Jeparov, Odil Ahmedov, Timur Kapadze, Jasur Hasanov (Marat Bikmaev, 55), Viktor Karpenko (Aziz Ibragimov, 71), Ulug'bek Bakaev, Maksim SHackix (Sanjar Tursunov, 59).


Vadim Abramov: "Bunday mag'lubiyatdan keyin nima deyishni bilmayman. G'alaba va mag'lubiyat futbolning bir bo'lagi ekanligini tushunaman, biroq bitta gol bilan oltita gol o'rtasida ulkan farq mavjud. Himoyada ko'p xatolarga yo'l qo'ydik. SHuni aytishim mumkinki, biz "yomon kunda maydonga tushdik. Butun jamoada xatolar bo'ldi. Bo'lib o'tgan voqealar uchun uzr so'rayman."

OFK musobaqaning yarim finalidan tushgan mablag'larni Avstraliya, Tailand va SHri-Lankada yuz bergan toshqinlardan jabrlanganlar uchun xayriya qilishga qaror qildi.


Vadim Abramov: "Janubiy Koreyaga qarshi munosib o'ynashga harakat qilamiz. Muammo shundaki, oltita to'p farqi bilan qabul qilingan mag'lubiyat barchaga og'ir tasir qildi, lekin buni engib o'tamiz."

Uchinchi o'rin uchun bahsda Janubiy Koreya O'zbekistonni 3:2 hisobida mag'lub etdi. Hamyurtlarimiz safida Aleksandr Geynrix dublga erishdi. Mazkur turnir yakunlangach, koreyalik afsonaviy futbolchi Park Ji Sun terma jamoadagi faoliyatini yakunladi.

O'zbekiston – Janubiy Koreya – 2:3

28.01.2011. Qatar. “Jassim Bin Hamad” stadioni.

Bosh hakam: Abdul Malik Bashir (Singapur).

Gollar: Geynrix 45 (pen), 53 – Ku Ja CHol 17, Ji Dong Von 28, 39.

O'zbekiston: Ignatiy Nesterov, SHavkat Mullajonov, Odil Ahmedov, Stanislav Andreev, Viktor Karpenko (Jasur Hasanov, 87), Temur Kapadze, Aziz Haydarov, Olim Navkarov (SHavkat Salomov, 77), Sanjar Tursunov, Server Jeparov, Aleksandr Geynrix.


Vadim Abramov: "Psixologik jihat tasir o'tkazdimi, birinchi bo'limda futbolchilar ko'p xatoga yo'l qo'ydi. Ikkini bo'limda esa yigitlar ancha yaxshi o'ynashdi. Hatto durang qayd etishimiz mumkin edi, ammo vaqt etishmadi."

Final uchrashuvi oldidan tartibni saqlash uchun ko'plab policiya xodimlari jalb etilgan. Tartibsizliklar natijasida 5 mingga yaqin chiptasi bor tomoshabin stadionga kira olmagan. Sababi, ko'pchilik soxta chiptalar bilan stadionga kirgan.

Finalda Yaponiya asli kelib chiqishi Janubiy Koreyaga borib taqaladigan Tadanari Lining 109-daqiqada urgan goli evaziga Avstraliyani mag'lub etib, chempionlikni qo'lga kiritdi. 

FINAL

Avstraliya — Yaponiya 0:1

Gol: Tadanari Li (109).


Darvoqe, musobaqaning hal qiluvchi uchrashuvini o'zbekistonlik Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib bordi. Unga qanotlarda hamyurtlarimiz Abduhamidillo Rasulov hamda Rafael Ilyosov yordam berdi. 

Yana bir qiziq jihati shundaki, guruh bosqichi davomida barcha hakam istiqomat qilayotgan mehmonxonada yong'in sodir bo'lgan, ammo hech kimga shikast etmagan.

Janubiy Koreya hujumchisi Ku Ja CHeol 5 ta gol bilan turnir to'purariga aylandi. 

Yaponiyalik Keisuke Honda musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Feyr-pley sovrini Janubiy Koreya terma jamoasiga nasib etdi.

Bu gal negadir ramziy jamoa tuzilmadi (arab mamlakatlaridan birortasi hatto yarim finalga ham chiqolmagani uchun bo'lsa kerak — muallif fikri). Biroq to'rtta futbolchi etirof etildi: Keisuke Honda (Yaponiya), Park Ji Sung (Janubiy Koreya), Harri Kyuell (Avstraliya), Server Jeparov (O'zbekiston).

Turnirning asosiy voqealari

Eng ko'p muxlis tashrif buyurgan o'yin: Yaponiya — Avstraliya (final), 37174 tomoshabin.

Eng kam muxlis tashrif buyurgan o'yin: Saudiya Arabistoni — Yaponiya, 2022 tomoshabin.

Eng ko'p gol urilgan o'yin: Bahrayn — SHimoliy Koreya 5:2 (7 ta gol).

Eng kam gol urilgan o'yin: SHimoliy Koreya — BAA 0:0

Musobaqa davomida 90 ta gol urildi.

Eng yaxshi hujumkor jamoa: Yaponiya, 14 ta gol

Eng yomon hujumkor jamoa: SHimoliy Koreya va BAA, 0 ta gol

Eng yaxshi himoya chizig'i: Avstraliya va SHimoliy Koreya, 2 tadan gol o'tkazib yubordi.

Eng yomon himoya chizig'i: Hindiston va O'zbekiston, 13 tadan gol o'tkazib yubordi.

Eng ko'p ofsaydga tushgan jamoa: Avstraliya, 27 ta.

Eng qo'pol futbolchi: Sebastyan Soriya (Qatar) — 18 ta qo'pollik.


Uchrashuvlar 80 daqiqa davom etgan ilk Osiyo kubogi tarixi hamda turnirning urushdan tashrif buyurgan g'olibi haqida hikoya qilamiz

Unutilgan va yo'qolgan kuboklar, soxta medallar hamda halok bo'lgan bolakay — ikkinchi Osiyo kubogi haqida hikoya qilamiz

Osiyo kubogi-1964. CHempioni OFK tarixidan tushib qolgan turnir haqida hikoya qilamiz

Osiyo kubogi-1968. Muammolar girdobidagi Eron "Oltin davr"ini chempionlik bilan boshladi

Osiyo kubogi-1972. Mezboni almashgan turnir omadli kunda o'ynagan jamoaning chempionligi bilan yakunlandi

Osiyo kubogi-1976. Raqib liboslarini kiygan holda oxirgi kubogini ko'targan chempion haqida hikoya qilamiz

Osiyo kubogi-1980. Kubokka ega chiqqan mezbonlar, ikkinchi o'rin uchun uyushtirilgan parad hamda urushda ukasini boy bergan sovrindor haqida hikoya qilamiz

Osiyo kubogi-1984. Saudiya Arabistoni debyutidayoq chempionlikka erishdi 

Osiyo kubogi-1988. Kuvayt libosida o'ynagan Platini, talabalari bilan kelgan Yaponiya hamda operaciyadan keyin finaldagi hal qiluvchi golni urgan futbolchi haqida hikoya qilamiz

Osiyo kubogi-1992. 56 yoshida faoliyatini davom ettirayotgan eng yaxshi futbolchi, legioner Ramos, o'yinchilarini almashtirmagan hamda raqib mag'lubiyati uchun 500 dollar bermoqchi bo'lgan murabbiy haqida hikoya qilamiz

Osiyo kubogi-1996. Debyutant O'zbekiston, uning dimog'dor va karta o'ynaydigan raqiblari hamda tayinlanganidan ikki oy o'tgach, chempionga aylangan murabbiy haqida hikoya qilamiz 

Osiyo kubogi-2000. Braziliyaliklardan iborat mezbon, O'zbekistonning sharmandali natijasi hamda Qosimovdan supergol 

Osiyo kubogi-2004. Debyutant Ermatov va ustasi o'zbek Qosimov, yoqib yuborilgan bayroqlar hamda penaltilar seriyasi o'rtasida darvozani almashtirgan hakam to'g'risida hikoya qilamiz

Osiyo kubogi-2007. Yon hakam tufayli yarim finaldan quruq qolgan O'zbekiston, aholisining halokatiga olib kelgan g'alaba, chiroqsiz qolgan stadion hamda ichkilikbozlik qilgan futbolchilar to'g'risida hikoya qilamiz


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.  

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика