So’nggi yangiliklar

00:55Дэвис ёздаёқ "Реал"га ўтиши мумкин  0 00:29Пол Скоулз тен Хагдан хавотир олаётганини айтди  0 23:56"Вильярреал" рекордчиси жамоадан кетди  0 23:35"Ювентус" "Аталанта" футболчисини А Сериянинг энг қиммат ярим ҳимоячисига айлантириши мумкин  0 23:16Алексей Естафеев: "ЎзПФЛ шу стадионни қабул қилганми, демак шу ерда ўйнаймиз"  5 22:59Неъматилло Қуттибоев: "Қийин ўйин бўлишини билардик"  0 22:33Скоулз: "Манчестер Юнайтед" доим марказда эшикларни очиб қўяди"  2 22:07Анвар Бердиев: "Бухоро" стандарт вазиятлардан фойдаланиб кетди"  2 21:58Париж-2024. 3-ўрин учун баҳсда Марокаш Миср дарвозасига 6та гол урди  10 21:23Улуғбек Бакаев: "Натижадан қониқдим, ўйиндан эса йўқ"  10 21:14Ришарлисон нима сабабдан Саудияга кетмаганини айтди  2 20:51Пепе фаолиятини якунлади  6 20:33Про лига. "Бухоро" ва "Арал" бир хил ҳисобда ғалабага эришди  1 20:16Ўзимизнинг карикатура. Йил ўйинида "навбаҳор" зафар қучди  19 20:00Анчелотти "Олтин тўп" учун кураш ҳақида гапирди  9

Osiyo Kubogi-1996. O'zbekiston ishtirokidagi birinchi Osiyo Kubogi Yangiliklar

Osiyo Kubogi-1996. O'zbekiston ishtirokidagi birinchi Osiyo Kubogi

Xabaringiz bor, 2019 yilning 5 yanvarida Birlashgan Arab Amirliklarida hisob bo'yicha XVII Osiyo Kubogi start oladi.

SHu munosabat bilan o'quvchilarimizga oldingi 16ta qita chempionati haqida malumotlar berib borishga qaror qildik.

Dastlabki 10 Osiyo Kubogi haqida malumot bergan edik. 


Osiyo Kubogi-1960. Janubiy Koreya ikki karra qita chempioni

Osiyo Kubogi-1956. Dastlabki musobaqada Janubiy Koreya g'olib

Osiyo Kubogi-1964. Uchinchi urinishda chempion bo'lgan Isroil

Osiyo Kubogi-1968. Eron ham o'z uyida chempion

Osiyo Kubogi-1972. Final o'yini bo'lgan dastlabki chempionat

Osiyo Kubogi-1976. Erondan “xet-trik” + VIDEO

Osiyo Kubogi-1980. Karlos Alberto Parreyra boshchiligidagi Kuvayt o'z uyida chempion 

Osiyo Kubogi-1984. Debyutant Saudiya Arabistoni – chempion

Osiyo Kubogi-1988. Saudiya Arabistoni va Karlos Alberto Parreyradan "dubl"

Osiyo Kubogi-1992. Yaponiyaning ilk chempionligi


Navbat 1996 yilgi qita chempionatiga etib keldi.

1996 yilgi Osiyo Kubogi Birlashgan Arab Amirliklarida tashkil etilgan. Musobaqa tarixida ilk bor 12ta jamoa qatnashdi. 4tadan jamoa uchta guruhga bo'lingan holda chempionlik uchun kurashdi. BAAdagi Osiyo Kubogida mezbonlardan tashqari Kuvayt, Janubiy Koreya, Indoneziya, Eron, Saudiya Arabistoni, Iroq, Tailand, Yaponiya, Xitoy, Suriya va O'zbekiston terma jamoasi ishtirok etdi.

Mezbon va amaldagi chempion Yaponiya saralashsiz Osiyo Kubogiga yo'llanmani qo'lga kiritgan. Mustaqil O'zbekiston terma jamoasi o'z tarixida ilk bor qita chempionati saralashida ishtirok etgan. Unda jamoamiz Tojikiston bilan uy-safar tizimida o'yinlar o'tkazgan. Dushanbedagi ilk o'yinda vakillarimiz 0:4 hisobida yutqazib qo'yishgan. Toshkentda o'tgan javob bahsida terma jamoamiz asosiy vaqtda 4:0 hisobida g'alaba qozongan. Qo'shimcha taymlarda Zafar Musaboevning urgan goli bizni Osiyo Kubogi final bosqichiga olib chiqqan edi. O'sha paytlarda qo'shimcha taymlarda "oltin gol" qoidasi amalda edi. Bunda qaysi jamoa birinchi gol ursa o'sha zahoti bahs yakuniga etardi.

Ushbu musobaqa Abu Dabi, Dubay va Al Ayn shaharlarida bo'lib o'tgan. Uchrashuvlar “SHayx Zayd”, "Tanun bin Muhammad", "Al Maktum" stadionlarida o'tkazilgan.



O'zbekiston terma jamoasi "C" guruhida Yaponiya, Xitoy va Suriya bilan kurash olib bordi. Birinchi o'yinda Xitoy 2:0 hisobida mag'lub etildi. Igor SHkvirin Osiyo Kubogida gol urgan birinchi o'zbekistonlik futbolchi bo'ldi. Yana bir golga Oleg SHackix mualliflik qilgan.  
Ikkinchi turda Bahodir Ibragimov boshchiligidagi vakillarimiz amaldagi Osiyo chempioni Yaponiyaga 0:4 hisobida yutqazib qo'yishgan.

So'nggi turda futbolchilarimiz Suriyani mag'lub etishsa guruhdan chiqishardi. Ammo bahs 1:2 hisobida tugagan va O'zbekiston guruhda qolib ketgan. O'sha uchrashuvda bizdan yagona golni Sergey Lebedev penaltidan urgandi.

Finalda mezbon BAA hamda ikki karra chempion Saudiya Arabistoni to'qnash kelishdi. Asosiy va qo'shimcha taymlarda hisob ochilmadi. G'olib nomi penaltilar seriyasida aniqlandi. Futbol lotoreyasida Saudiya Arabistoni omadliroq chiqib uchinchi bor Osiyoda tengsiz bo'ldi. Aynan shu chempionlik hozirga qadar Saudiya Arabistoni uchun oxirgisi bo'lib turibdi.

Eronlik Xudodod Azizi musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi. Eronlik afsonaviy hujumchi Ali Dayi 8ta gol bilan musobaqa to'purariga aylangan.


Osiyo Kubogi-1996
Mezbon mamlakat: 
BAA
Muddati: 4–21 dekabr
Jamoalar soni: 12ta
Mezbon shahar: 3ta

Musobaqa statistikasi:
O'yinlar soni:
26ta
Gollar soni: 80ta (o'rtacha 3,08tadan)
Tomoshabinlar tashrifi: 448000 (17231 o'rtacha)
To'purar: Ali Dai (Eron) - 8ta gol
Eng yaxshi futbolchi: Xudodod Azizi (Eron)
Eng yaxshi darvozabon: Muhammad Al Deayya (Saudiya Arabistoni)
Feyr-pley sovrini: Eron

Osiyo Kubogi-1996 ramziy terma jamoasi:
Darvozabon
: Muhammad Al Deayya (Saudiya Arabistoni)
Himoyachilar: Abdulloh Zubromavi (Saudiya Arabistoni), Yusuf Solih (BAA), Muhammad Haqpur (Eron)
Yarim himoyachilar: Mehrdod Minavand (Eron), Muhammad Ali (BAA), Xolid Al Muvallad (Saudiya Arabistoni), Saad Baxit Muborak (BAA)
Hujumchilar: Fahad Al Mehallel (Saudiya Arabistoni), Jasim Al Xuvaydi (Kuvayt), Ali Dayi (Eron)



“A” guruhi

O'

YU

D

M

T-N

O

BAA

3

2

1

0

6:3

7

Kuvayt

3

1

1

1

6:5

4

Janubiy Koreya

3

1

1

1

5:5

4

Indoneziya

3

0

1

2

4:8

1


“B” guruhi

O'

YU

D

M

T-N

O

Eron

3

2

0

1

7:3

6

Saudiya Arabistoni

3

2

0

1

7:3

6

Iroq

3

2

0

1

6:3

6

Tailand

3

0

0

3

2:13

0



“C” guruhi

O'

YU

D

M

T-N

O

Yaponiya

3

3

0

0

7:1

9

Xitoy

3

1

0

2

3:3

3

Suriya

3

1

0

2

3:6

3

O'zbekiston

3

1

0

2

3:6

3



CHorak final
BAA - Iroq 1:0
Gol: 
Ibrohim 103 (oltin gol)

Kuvayt - Yaponiya 2:0
Gollar: 
Jasim Al Xuvaydi 17, 54

Janubiy Koreya - Eron 2:6
Gollar:
Kim Do Xun 11, SHin Te Yong 35 - Karim Bageri 31, Xudodod Azizi 52, Ali Dayi 66, 76, 83, 89 (penalti).

Saudiya Arabistoni - Xitoy 4:3
Gollar:
Al Tuanyan 31, 65, Sami Al Jobir 34, Al Mehallel 43 - Zang Enxua 6, 89, Peng Veiguo 16.

Yarim final
BAA - Kuvayt 1:0
Gol
: Hassan Said Ahmad 69

Eron - Saudiya Arabistoni 0:0 (penaltilar seriyasi 3:4)


Uchinchi o'rin uchun bahs
Eron - Kuvayt 1:1 (penaltilar seriyasi 3:2)
Gollar:
Ali Dayi 40 - Jasim Al Xuvaydi 15.

FINAL
BAA - Saudiya Arabistoni 0:0 (penaltilar seriyasi 2:4)
21 dekabr 1996. Abu Dabi. "SHayx Zayd" stadioni. 60000 tomoshabin.
Bosh hakam: 
Mohd Nazri Abdulloh (Malayziya)

BAA: Muhsin Musabah, Yusuf Solih, Ismoil Rashid, Hassan Muborak, Munter Abdulloh, Adnan Al Talyani (Hamis Saad Muborak, 91), Hassan Ahmad, Ahmad Ibrohim Ali, Saad Baxit Muborak (Zuxayir Baxit, 46), Muhammad Ali, Abdul Ahmad (Abdulaziz Muhammad, 46)
Bosh murabbiy: Tomislav Ivich (Xorvatiya)

Saudiya Arabistoni: Muhammad Al Deayya, Muhammad Al Jahoni, Muhammad Al Xilaivi (Ibrohim Al Xarbi, 77), Abdulloh Zubromavi, Hussayin Abdulg'ani, Holid Al Temavi, Sami Al Jobir (Abdulloh Al Dosari, 62), Xolid Al Muvallid, Hamis Al Dosari, Fahad Al Mehallel (Hamza Idris, 80), Yusuf Al Tunayan.
Bosh murabbiy: Nelu Vingada (Portugaliya)



Osiyo Kubogi-1996 chempion tarkib
Darvozabonlar

Muhammad Al Deayya
Hussayin Al Sodiq

Himoyachilar
Muhammad Al Jahoni
Muhammad Al Hilaivi
Abdulloh Zubromavi
Ahmad Jamil Madani
Hussayin Sulimani
Xolid Al Rashaid

Yarim himoyachilar
Fuad Amin
Xolid Al Temavi
Ibrohim Al Xarbi
Xolid Al Muvallid
Hamid Al Ovayron
Abdulloh Al Qarni
Hamzah Falatah
Hamis Al Zahroni
Abdulloh Al Dossari

Hujumchilar

Sami Al Jobir
Fahad Al Mehallel
Yussif Al Tunaian



Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика