Puerta: "O'zbekistonga qarshi maydonga tushishni xohlayman"

Sherzod Nurmatov
9 iyun 2026, 20:40
Kolumbiya terma jamoasi yarim himoyachisi Gustavo Puerta Iordaniyaga qarshi o'tkazilgan o'rtoqlik o'yini hamda Jahon chempionatining ilk uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

“Jamoaning o'yinidan juda xursandman, shaxsan o'zim ham yaxshi harakat qildim, lekin barcha sheriklarim qilgan mehnat va g'alabani birinchi o'ringa qo'yaman.

To'g'risini aytsam, o'ngda, chapda yoki o'tgan o'yindagidek tayanch yarim himoyachisi poziciyasida o'ynashga to'g'ri kelsa ham, o'zimni juda qulay his qilaman, lekin oldinroqda hujumga o'tish uchun ko'proq erkinlikka egaman va o'ylaymanki, buni juda yaxshi uddaladim.

Tashqaridan qanday ko'ringanini bilmayman, lekin biz to'pni nazorat qildik. Ko'p narsalarni yaxshilashimiz kerakligi aniq, ammo menimcha, biz yaxshi o'yin namoyish etdik.

Shiddat men doim o'zim bilan olib yuradigan xislat, doimo oldinga intilish shiddatini murabbiy mendan har doim talab qiladi, shuningdek, to'p bizda bo'lmagan paytda doimiy pressing qilishni so'raydi. Bu yerda men shu ishni bajarishim kerak, chunki murabbiy shuni talab qilmoqda.

Men o'z ishimni yaxshi bajaryapman, asosiy tarkibda kim o'ynashi haqidagi qarorni murabbiy qabul qiladi, lekin men Jahon chempionatining birinchi o'yinida maydonga tushishni xohlayman”, – dedi Gustavo Puerta.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AS Colombia