Osiyo chempionati (U-16). Qitamizdan JCH-2019ga boradigan 4 jamoaning nomi malum!
02 okt 2018 00:17
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/456131_original.jpg)
![](/upload/storage/456131_220.jpg)
Osiyo chempionati (U-16). Qitamizdan JCH-2019ga boradigan 4 jamoaning nomi malum!
Malayziyada 16 yoshgacha bo'lgan futbolchilardan iborat terma jamoalar ishtirokida Osiyo chempionati davom etmoqda.
Yakuniga etgan chorak final uchrashuvlaridan so'ng Osiyo qitasidan JCH-2019 final bosqichida ishtirok etadigan 4ta omadli terma jamoaning nomi malum bo'ldi. Yaponiya va Tojikistondan so'ng Janubiy Koreya va Avstraliya o'smirlar terma jamoalari ham mundial chiptasini qo'lga kiritishdi.
Yashil qita vakillari chorak finalda Indoneziyadan 3:2 hisobida ustun kelishdi. Koreyaliklar esa murosasiz bahsda hindistonlik tengqurlarini 1:0 hisobida mag'lub etishdi. Payshanba kuni o'tkaziladigan yarim finalda Avstraliya - Yaponiya, Tojikiston - Janubiy Koreya juftliklari final yo'llanmasi uchun maydonda saf tortishadi.
Malumot uchun, o'smirlar (U-17) o'rtasidagi Jahon chempionatining final bosqichi 2019 yili Peru davlatida bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar