So’nggi yangiliklar

01:53Суперлига. "Насаф" - ОКМК 2:1  0 01:48Мактомини ва Лукаку "Наполи"ни чемпионга айлантирди!  24 01:29Озарбайжон. "Сумқайит" мавсумни йирик ғалаба билан якунлади, Абдихолиқовдан ассист  0 01:16"Бавария" "Брайтон" ва "Милан" юлдузларига кўз тиккан  0 00:43"Sky Sports" АПЛда мавсумнинг энг яхшиларини аниқлади  6 00:21Миржалол Қосимов: "Ютсак ҳаммамиз зўрмиз, ютқазсак барчамиз айбдормиз"  2 23:52Максим Шацких: "Суперкубок финалига яхши кайфиятда борадиган бўлдик. Танаффусда ўйинни ўзгартириб юборишга келишиб олдик, акс ҳолда "Ультрас" бизни кечирмас эди"  4 23:32Рўзиқул Бердиев: "Шуҳрат Муҳаммадиев 36 ёшида ёш футболчилардан ҳам тез югуради"  4 22:39Февзи Давлетов: "Дуранг бўлиши мумкин эди, аммо мағлубият эмас"  3 22:26Суперлига. "Андижон" - "Сурхон" 2:1. Мезбонлардан супер голлар!  2 22:15Месси ва "Интер Майами" музокараларни давом эттирмоқда  1 21:59Суперлига. "Насаф" тур марказий баҳсида ОКМКни ютиб, жадвалдаги етакчиликни тортиб олди  108 21:23Аморим жамоага тезкор футболчиларни олиб келмоқчи  1 20:54Суперлига. "Андижон" "Бобур Арена"да "Сурхон"ни енгиб ғалабасиз сериясига барҳам берди  53 20:19"Реал" Модричга ўринбосар топди  3

O'rtoqlik uchrashuvi. O'zbekiston U16 - Polsha U16 - 0:1 Yangiliklar

O'rtoqlik uchrashuvi. O'zbekiston U16 - Polsha U16 - 0:1

Bugun O'zbekiston va Polsha o'smirlar terma jamoasi o'rtasidagi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazildi.
Bir hafta davomida Toshkentda yig'in olib borgan O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bugun, 15 aprel sanasida Polsha U16 terma jamoasiga qarshi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.

Temur Olimxo'jaev boshchiligidagi O'zbekiston U16 terma jamoasi ushbu o'yinda kichik 0:1 hisobida mag'lubiyatga uchradi. O'yindagi yagona gol uchrashuvning 75-daqiqasida kiritildi. Himoyachilardan biri to'pni darvozabon Jasurbek Umrzoqovga uzatdi. To'p uchun kurashga kirgan Polsha o'smirlari hujumchisi Kasper Velniakni aldab o'timoqchi bo'lgan darvozabon xatoga yo'l qo'ydi va raqib futbolchisi qiyinchiliksiz O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi darvozasini ishg'ol qildi.

Eslatib o'tamiz, 8 aprel kuni yig'inga kirgan O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi 13 aprel kuni Polsha U16 terma jamoasiga qarshi Toshkentdagi birinchi nazorat uchrashuvini o'tkazgandi va 1:2 hisobida mag'lubiyatga uchragandi.

Malumot uchun, O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi 2016 yilning sentyabr oyida Hindistonda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatida ishtirok etadi.

O'rtoqlik uchrashuvi

15.04. 2016, “Jar” stadioni, Toshkent.


O'zbekiston U-16 – Polsha U-16 0:1

Gol
:  Kasper Velniak (75)

O'zbekiston U16: Jasurbek Umrzoqov, Ixtiyor Xoldorov, Abubakir Mo'ydinov, Oston O'runov, Rasul Yo'ldoshev, Asadbek Sobirjonov, SHuhrat Nematov, Ibrohim G'anixonov, Islom Karimov, Abdug'ani Kamolov.

Zaxira: Abduvohid Nematov, Muhammadali Nomozov, SHohzamon Xayrullaev, G'ayrat Azizxo'jaev, Abdunozir Abdurahmonov, Doniyor Abdumannonov, Ohun Sayfuddinov, Abduqodir Parpiev, Humoyun Abdusattorov, Bahrom Soatov.

Polsha U16: Pavel Sokol, Kasper Tabis, Simon Zalevski, Kasper Laskosh, Mateush Skrzipchak, Marsel Stefanek,  Przemishlav Bargiel, Kasper Velniak, Xubert Sobol, Mixal Skorash, Sebastyan Valukievich.

Zaxira: Bartosh Mrozek, Marcin Grabovski, Matuesh Praszenik,  Javib Kivor, Blazey Starziski, Timoteush Klyupsh, Bartlomey Kukulovich.
Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика