“Spartak” Dubaydagi so'nggi o'rtoqlik o'yinida yirik g'alabaga erishdi, O'runov esa zaxiradan tushdi
07 fev 2021 20:00
Yangiliklar


“Spartak” Dubaydagi so'nggi o'rtoqlik o'yinida yirik g'alabaga erishdi, O'runov esa zaxiradan tushdi
Mazkur o'rtoqlik uchrashuvida “Spartak” Roman Zobnin, Esekel Ponse, Viktor Mozes hamda Jordan Larssonning gollari evaziga 4:0 hisobida zafar quchdi. Oston O'runov esa 79-daqiqada yarim himoyachi Mixail Ignatovning o'rniga zaxiradan maydonga tushdi.
SHu tariqa, “Spartak”ning BAAdagi yig'ini yakunlandi va jamoa ertaga Moskvaga qaytib boradi. 20 fevralda esa Domeniko Tedesko shogirdlarini Rossiya Kubogi 1/8 finalidan o'rin olgan “Dinamo”ga qarshi o'yin kutmoqda.
"Spartak" — "Riga" (Latviya) — 4:0 (0:0)
Dubay. "Jebel Ali" sport kompleksi
Gollar: 1:0 Zobnin (58, pas Ponse). 2:0 Ponse (65, penalti). 3:0 Mozes (85, penalti). 4:0 Larsson (90+1, pas Zobnin).
"Spartak": Selixov (Rebrov, 46), Eshhenko (Jikiya, 70), Markitesov, Kutepov (Gaponov, 79), Ayrton (Maslov, 70), Bakaev (Umyarov, 46), Zobnin, Xendriks (Kral, 70), Ignatov (O'runov, 79), Pedro Rosha (Mozes, 70), Sobolev (Ponse, 20, Larsson, 70).
"Riga": Purinish (Isaev, 46), Fyodorov (Petersons, 66), Vranyanin, CHernomordyy, Rugins, Kamesh (Filippov, 66), Pischevich, Vesli (Soysaylo, 46), Ramos, Miloshevich, Brizola (Mbombo, 66).
Reklama
O’xshash yangiliklar

Fikrlar