So’nggi yangiliklar

14:11Меринонинг келажаги яқин орада ҳал бўлади  0 13:47"Барселона" Фати билан хайрлашмоқчи эмас  3 13:23"Арсенал"нинг икки ҳимоячиси мавсумолди тайёргарликни ўтказиб юборади  1 12:58Расман: "Арсенал" "Аякс" дарвозабони билан шартнома имзолади  1 12:33"Сурхон" назорат ўйинида "Олимпик"дан устун келди  3 12:10"Манчестер Юнайтед" 26 ўйинда 32 та гол урган "Арсенал" ёш футболчисига қизиқмоқда  2 11:46Эшитдик-да! "Навбаҳор" қизиқаётган футболчига "Насаф" ҳам таклиф билан чиқди  19 11:30Хорватия термаси ҳимоячиси миллий жамоадаги фаолиятини якунлади  1 11:10Париж-2024. Рекордлар ва статистика  5 10:59«Барселона» Европа чемпионларининг трансфери учун катта таваккал қилади  7 10:32Месси «Интер Майами» сафида нечта ўйин ўтказиб юбориши маълум  9 10:04Ўзбекистонлик яна бир футболчи легионерга айланди  13 09:25«Нефтчи» Азизбек Амонов билан неча йиллик шартнома тузгани маълум  7 08:57«Ал Иттиҳод» «Ман Сити» афсонаси билан шартнома тузишга яқин  5 08:30Алекс Фергюсон Роналду ва Месси ҳақида ажойиб фикр билдирди  47

Onananing MYUdagi muammolari: CHLdagi muvaffaqiyatsizlik, APLdagi yorqin o'yin (mutolaa uchun) Yangiliklar

Onananing MYUdagi muammolari: CHLdagi muvaffaqiyatsizlik, APLdagi yorqin o'yin (mutolaa uchun)

Kamerunlikning "Old Trafford"dagi g'alati faoliyati haqida gaplashamiz.

Andre Onana o'tgan yoz "Manchester Yunayted"ning uchinchi eng qimmat transferi bo'ldi. MYU 27 yoshli darvozabon uchun "Inter"ga 50 mln evro to'ladi. David De Xea o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra Premer-liganing eng yaxshi darvozaboni nomiga loyiq ko'rildi, ammo baribir bosh murabbiy Erik ten Xagga to'g'ri kelmadi. Mutaxassis oyoq bilan yaxshi o'ynaydigan darvozabonni xohladi va kamerunlik bilan shartnoma imzolashni talab qildi. U esa o'zini "Inter"da yomon ko'rsatmagandi.

Onana o'tgan mavsum vaqti-vaqti bilan o'z o'rnini Samir Xandanovichga bo'shatib bergan holda A Seriyada 24ta o'yinda ishtirok etdi. Darvozabonning "quruq" seriyalari soni uncha yuqori emasdi – 33,3%. SHu bilan birga, futbolchi jamoasiga CHempionlar ligasi finaliga qadar borishga yordam berdi. Kamerunlik CHL doirasidagi barcha 13 o'yinda harakat qildi, ulardan sakkiztasida esa darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi. U "Milan"ga qarshi har ikki yarim final o'yinida to'p o'tkazmadi va pley-offda "Portu"ga qarshi o'yinlarda darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi. Ammo, bu CHempionlar ligasida umuman boshqa o'yinchidek tasavvur uyg'otmoqda.



Onana CHLda juda yomon ishtirok etmoqda. Oldingi o'ziga ishonchdan asar ham qolmagan. MYU CHempionlar ligasidagi 5ta o'yinda 14ta to'p o'tkazib yubordi. Undan ko'proq faqatgina "Antverpen" o'tkazgan. SHu bilan birga, "Yunayted"ning guruhi unchalik qiyin emasdi. "Bavariya" avvaldan favorit edi, ammo mankunianlar o'zlari uchun 2-o'rinni ancha oldin band qilishlari kerak edi. Ammo, ular so'nggi, aniqrog'i 4-o'rinda joylashishgan va endilikda hammasi ham ularga bog'liqmas. Ten Xag jamoasi guruhdan chiqish uchun myunxenliklarni engishi va "Kopengagen" – "Galatasaroy" o'yinidagi durangga umid qilishlari kerak.

CHLdagi o'tkazib yuborilgan barcha gollarda ham Onananing aybi yo'q, ammo u muhim pallalarda "qovun tushirdi". Gap hamma tahlil qilgan "Galatasaroy"ga qarshi o'yin haqida ketmoqda. MYU darvozaboni Xakim Zieshning zarbalaridan so'ng "sherlar"ning o'yinga qaytishiga yordam berdi. Bahs durang bilan yakunlandi – 3:3. Etiborga molik jihati shuki "Yunayted" CHempionlar ligasidagi faqat bitta o'yinda to'p o'tkazmadi ("Kopengagen"ga qarshi minimal g'alaba). MYU qolgan to'rtta bahsda kamida 3ta to'p o'tkazdi.

Onana CHLda 2018 yildan beri golga olib kelgan 7ta xatoga yo'l qo'ydi – bu darvozabonlar ichida bu davrdagi eng yomon ko'rsatkich. Ikkinchi o'rinda ancha pastroqda "Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer ketmoqda, u 5 yil ichida 3ta golga olib keladigan xato qilgan. Kamerunlik joriy CHempionlar ligasida xG (expected goals) bo'yicha 11-12ta gol o'tkazishi kerak edi. Ammo, u o'z darvozasidan 14ta to'p olib chiqqan, bu esa kutilgan natijadan 2-3taga ko'p. XG bo'yicha "Antverpen" darvozaboni Jan Byutening natijalari eng yomon (-3,59 gol).



SHu bilan birgalikda Onana Premer-ligada boshqacha o'ynaydi. U ko'p holatlarda jamoasini qutqaradi. MYU APLda hozirda 17ta gol o'tkazdi ("Man Siti"dan 1taga ko'p) – bu ligadagi beshinchi natija. Jadvalda yuqoriroqda joylashgan "Tottenxem" va "Aston Villa" ko'proq o'tkazishgan. Bundan tashqari, kamerunlik seyvlar soni (54) bo'yicha Premer-Liganing eng yaxshi darvozabonlari uchligiga kiradi. Undan ko'proq seyvlar faqatgina Bernd Leno ("Fulxem", 60) va Uesli Foderingem ("SHeffild Yunayted", 67)ga tegishli.

U shuningdek "quruq" o'yinlar (5) bo'yicha APLdagi eng yaxshi uch darvozabondan biridir. Undan ko'proq "quruq" o'yinlar faqatgina "Nyukasl"dan Nik Poupda (6). Barchasi kamerunlikning Angliyadagi ishlari Evropa arenalaridan ko'ra yaxshiroq ketayotganini ko'rsatmoqda. Onana Premer-ligada o'yin davomida o'rtacha 0,28ta golga yo'l qo'ymaydi. Bu APLda Neto ("Bornmut", 0,32) va Tomas Kaminski ("Luton", 0,48)dan keyingi uchinchi ko'rsatkich. MYU posboni barcha muhim ko'rsatkichlar bo'yicha Premer-ligada eng yaxshilar orasida. SHu bilan birga, u CHempionlar ligasida eng yomonlardan. Futbolchining etarlicha tajribasi borligini hisobga olganda g'alati holat.

Onananing APL va CHLdagi statistikasi – umuman turli narsalar. Darvozabon Angliyada bir o'yinda o'rtacha 1,23ta gol, Evropada esa 2,8ta o'tkazib yuboradi. U Premer-ligada 90 daqiqada 0,28ta golni bartaraf qiladi, CHempionlar ligasida esa bu ko'rsatkich minus (-0,48). Seyvlar soni bo'yicha ustunlik ham APL tomonida (3,92/3,60). Yana bir ko'rsatkich bor. Onana Premer-ligada hali biror marta golga olib keladigan xato qilmadi. U bu ko'rsatkich bo'yicha APLdagi eng zo'ri. Kamerunlik shu bilan birga CHL doirasida o'yinda o'rtacha 0,8ta golli xato qilgan holda eng yomonlaridandir.



Futbolchining "Old Trafford"dagi faoliyati hozircha juda nostabil ketmoqda. Onana "Inter"da CHempionlar ligasi uchun jamoaning tayanch bo'lgandi. Bu esa MYU u bilan shartnoma imzolashining sabablaridan edi. Ishonchli darvozabonga ega bo'lish CHLdagi muvaffaqiyat uchun juda muhim, ammo darvozabon uchun ham, jamoa uchun ham evrokuboklardagi ishlar yomon ketmoqda. APLda darvozabonga jamoa pand bermoqda, CHempionlar ligasida esa aksi. Mankunianlarda haligacha biror bir chiziqda balans yo'q. Darvozabonning o'ziga bo'lgan ishonchini nimadir to'ldirishi mumkin edi, ammo kamerunlik turli musobaqalarda umuman turlicha ko'rinmoqda va shu sabab tanqidlarga uchramoqda.

Hech narsaga qaramay Onana ten Xag uchun birinchi raqam hisoblanadi. Gap faqat mutaxassisning gaplarida emas. Niderlandiyalik o'tgan yozda "Fenerbaxche"dan 5 mln evro evaziga xarid qilingan turkiyalik darvozabon Altay Bayindirga umuman ishonmaydiganga o'xshaydi. Ten Xag joriy mavsum ikkinchi darvozabonni umuman, hatto Liga kubogida ham maydonga tushirmadi. Balki vaziyat Onana Afrika kubogiga borganda o'zgarar, ammo kamerunlikning asosiy tarkibdagi o'rnini yo'qotishi qiyin masala. MYU ustozi o'zi oldin ishlagan o'yinchilarga juda ham ishonmoqda va bu raqobatda unchalik yaxshi ko'rinmasligi mumkin. Ammo, futbolda barchasi tez ro'y beradi. Bitta o'yin vaziyatni o'zgartirish uchun etarli bo'lishi mumkin.


P.S. - maqolada MYU - "CHelsi" o'yiniga qadar bo'lgan statistikalar keltirilgan.


Footballhd.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика