So’nggi yangiliklar

00:47МЮ Мактоминейни АПЛнинг бошқа бир клубига сотмади  0 00:35Кьеза фаолиятини Англияда давом эттиришга яқин турибди  1 00:05"Динамо" Жаҳонгир Ўрозов ва Муҳаммадали Турсуновни ўз таркибига қўшиб олди  0 23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  1 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  51 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  1 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  4 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  14 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3

Oliy liga. Toshkent derbisida "Paxtakor" "Lokomotiv"ni mag'lub etdi Yangiliklar

Oliy liga. Toshkent derbisida "Paxtakor" "Lokomotiv"ni mag'lub etdi

Teglar :  Paxtakorlokomotiv
Oliy liganing 24-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Lokomotiv" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvning ilk daqiqasidayoq mezbonlar hujumga o'tishdi. Jamshid Iskanderovning zarbasini Nesterov qaytardi, qaytgan to'pni Jasur Hakimov darvozaga yo'lladi. Bu safar ham Ignatiy to'pni qaytardi!

8-daqiqada Jeparov o'ziga nisbatan ishlatilgan qo'pollik uchun belgilangan jarima to'pini amala oshirdi, To'xtaxo'jaev boshi bilan zarba berdi, to'p darvoza yuqorisidan o'tib ketdi.

18-daqiqada Ikrom Aliboevning jarimadan yo'llagan zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi. 20-daqiqada Iskanderovning zarbasini Nesterov qaytardi, Jasur Hakimovning yaqin masofadan yo'llagan zarbasini ham Ignatiy qaytardi. Ketma-ket ikkita seyv!

23-daqiqada Jamshid Iskanderovning uzatgan to'pini Jaloliddin Masharipov boshi bilan darvozaga yo'lladi - 1:0. Oradan ikki daqiqa o'tgach Masharipov jarima maydoni ichiga kirib borib Nesterov qo'riqlayotgan darvozani yana ishg'ol qildi - 2:0.

37-daqiqada Marat Bikmaev o'ng qanotdan uzatilgan to'pni yaqin masofadan noaniq zarba berdi. 42-daqiqada Aliboevning pasidan so'ng Sanjar SHoahmedov hisobni qisqartirdi - 2:1.

Dastlabki bo'lim yakunlandi.

50-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Abduxoliqov raqib jarima maydoniga yorib kirdi va to'pni undan Oraxovac olib qo'ydi. 75-daqiqada o'ng qanotdan uzatilgan to'pni Sardor Mirzaev boshi bilan darvozaga yo'lladi, juda xavfli lekin noaniq!

81-daqiqada Zoteevning zarbasi darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi. Qolgan daqiqalarda hisob o'zgarmadi va "Paxtakor" g'alabani saqlab qoldi.


Paxtakor (Toshkent) – Lokomotiv (Toshkent) 2:1
28 sentyabr 2016. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 18:30
Hakamlar:
R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Takent), D. Muxtorov (Toshkent)
Nazoratchi: I. Nexochin (Namangan).
O'zPFL vakili: G. Rtveladze.

Gollar: Jaloliddin Masharipov 23, - 1:0 (Jamshid Iskanderov). Jaloliddin Masharipov 25, - 2:0 (Jamshid Iskanderov). Sanjar SHoahmedov 42, - 2:1 (Ikrom Aliboev).

"Paxtakor": 16.Aleksandr Lobanov, 28.Stanislav Andreev, 21.Kamoliddin Tojiev, 4.Adnan Oraxovac, 24.Davron Hoshimov, 5.Akbar Ismatullaev, 7.Azim Ahmedov, 15.Javohir Sohibov, 9.Jaloliddin Masharipov (48.Temur Tolipov, 89), 10.Jamshid Iskanderov (6.Abbos Otaxonov, 90+3), 55.Jasur Hakimov (14.Jamshid Boltaboev, 60).
Zaxira: 30.Botirali Ergashev, 17.Akobir To'raev, 44.Georgiy Ahmedov, 51.Andrey Sidorov.

"Lokomotiv": 1.Ignatiy Nesterov, 33.Oleg Zoteev, 5.Kaxi Maxaradze, 13.Nemanya Yanichich, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 18.Temur Kapadze (71.Artur Gevorkyan, 58), 28.Ikrom Aliboev, 8.Server Jeparov (70.Ivan Nagaev, 85), 15.Sardor Mirzaev, 22.Sanjar SHoahmedov, 10.Marat Bikmaev (11.Temurxo'ja Abduxoliqov, 50)
Zaxira: 12.Mamur Ikromov, 4.Bobur Yo'ldoshev, 7.Sadriddin Abdullaev, 17.Salim Mustafoev, .

Ogohlantirishlar: Azim Ahmedov 16, Temur Kapadze 28, Adnan Oraxovac 28, Kaxi Maxaradze 70, Davron Hoshimov 76, Stanislav Andreev 90, Aleksandr Lobanov 90+4.

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика