So’nggi yangiliklar

02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  2 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  0 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  0 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  43 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1

Oliy liga-2015. Mavsumning eng yirik natijalari Yangiliklar

Oliy liga-2015. Mavsumning eng yirik natijalari

Yakuniga etgan mavsum yakunlari haqida malumotlar berishda davom etamiz.

240ta o'yinning 31tasida yirik natija qayd etildi. Biz mavsumning eng yirik g'alabalarini eslab o'tamiz.

1. "Buxoro" - "Olmaliq" 0:4

Oliy liganing 6-turida "Buxoro" o'z maydonida "Olmaliq" bilan o'ynagandi. Birinchi bo'limda asli buxorolik bo'lgan mehmonlar vakili SHavkat Salomov hisobni ochgandi. Ikkinchi bo'limda Arslonmurod Omonov, Salamat Qutiboev va SHavkat Salomov o'z hisoblariga bittadan gol yozib qo'yishgandi - 0:4.

2. "Bunyodkor" - "Mashal" 4:0

9-turda "Bunyodkor" o'z maydonida "Mashal" bilan kuch sinashgandi. U paytda Sardor Rashidov hali O'zbekistonda o'ynardi. Aynan Rashidov hisobni ochib bergandi. Timur Ayupov, Sardor Sobirxo'jaev va SHaker Zuagi esa birinchi bo'limning o'zida hisob 4:0 bo'lishini taminlagandi. O'yin mana shu hisobida tugagandi.


3. "Andijon" - "Neftchi" 0:4
11-turda Andijondagi "Sog'lom Avlod" stadionida vodiy derbisi bo'lib o'tgandi. "Andijon" "Neftchi" bilan kuch sinashgandi. O'yin mehmonlarning yirik g'alabasi bilan o'z yakuniga etgandi. O'yindagi hisobni Sardor Rahmonov ochgandi. SHerzod Hakimov ikkinchi bor mezbonlarni ranjitgandi. Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda Akmal xolmatov va Murod Bobojonov Moshnyaga qo'riqlagan darvozaga ikkita gol urishgandi - 0:4.

4. "SHo'rtan" - "Lokomotiv" 0:4
13-turda "SHo'rtan" G'uzorda "Lokomotiv"ni qabul qilgandi. Uchrashuv "temiryo'lchilar"ning 4:0 hisobidagi g'alabasi bilan tugagandi. Temurxo'ja Abduxoliqov, Jasur Hasanov, Sanjar SHoahmedov va Marat Bikmaev tomonidan urilgan gollar "Loko"ga safarda yirik g'alabani taqdim etgandi.



5. "Bunyodkor" - "Andijon" 4:0

28-turda "qaldirg'ochlar" o'z maydonida "burgutlar"ni qabul qilgandi. Vohid SHodiev va Sato Minori bittadan, Dostonbek Hamdamov esa ikkita gol urib "Bunyodkor"ga yirik g'alaba keltirgandi - 4:0.

6. "Metallurg" - "Andijon" 5:1
10-turda "Metallurg" o'z uyida "Andijon"ni qabul qilgandi. Murodjon Toshmatov va SHahzodbek Nurmatov dublga erishgandi. Yana bitta golni Saidjon Abdujabborov hisobiga yozilgandi. "Andijon"ning yagona javob to'pini Lochin Soliev penaltidan urgandi - 5:1.

7. "Lokomotiv" - "Navbahor" 5:1

Birinchi davraning eng so'nggi turida "Loko" o'z uyida "Navbahor"ni qabul qilgandi. Jasur Hasanov, Sanjar SHoahmedov, Temurxo'ja Abduxoliqov, Marat Bikmaev (2ta) tomonidan urilgan gollarga "Navbahor"dan SHahboz Erkinov javob bergandi - 5:1.

8. "Nasaf" - "Navbahor" 5:1

23-turda "Nasaf" Qarshida "Navbahor"ni qabul qilgandi. Ilhom SHomurodovning goliga Ulug'bek Baqoev tezda javob bergandi. Artur Gevorkyan yana "Nasaf"ni oldinga olib chiqqandi. Oradan ko'p o'tmay Ulug'bek Baqoev bu safar o'z darvozasiga to'p kiritib qo'yadi. Tanaffusdan so'ng Ilhom SHomurodov va Gevorkyan o'z hisoblariga yana bittadan gol yozib qo'yishadi - 5:1.


9. "Bunyodkor" - "Qo'qon-1912" 5:0
Oxirgi turda "Qo'qon-1912" Toshkentda "Bunyodkor" mehmoni bo'lgandi. O'yinda mezbonlar raqib darvozasiga javobsiz 5ta gol urishdi. Viktor Karpenko, Sato Minori, Dostonbek Hamdamov bittadan, Vohid SHodiev esa ikkita to'p kiritdi - 5:0.

10. "Paxtakor" - "Dinamo" 6:0

"Paxtakor" 27-turda "Dinamo"ni qabul qilib yirik g'alabaga erishgandi. Jaloliddin Masharipov boshlab bergan gollar shousini Kaxi Maxaradze (2ta), Igor Sergeev, Kamoliddin Tojiev va Bahodir Pardaev davom ettirishgandi - 6:0.


11. "Paxtakor" - "Andijon" 6:0
Oxirgi turda "sherlar" xuddi shu hisob bilan "Andijon"ni taslim qilishdi. Bu safar ham Masharipov hisobni ochdi. Javohir Sohibov va Egor Krimec birinchi bo'lim oxirida gol urishdi. Ikkinchi bo'limda Igor Sergeev dublga erishdi. Oxirgi golni Anvar Soliev o'z hisobiga yozib qo'ydi - 6:0.



12. "Lokomotiv" - "So'g'diyona" 7:0

2015 yilgi eng yirik hisob 18-turda Toshkentdagi TTYMI stadionida kuzatildi. "Lokomotiv" o'z maydonida "So'g'diyona"ni qabul qildi. Uchrashuvdagi birinchi to'pni mehmonlar himoyachisi Elyor Oripov o'z darvozasiga kiritib qo'ydi. Sanjar SHoahmedov va Jasur Hasanovning gollari tanaffusga "Loko" yirik hisobda chiqib ketishini taminladi. Ikkinchi bo'limda SHoahmedov dublga erishdi. Marat Bikmaev ham o'z hisobiga gol yozib qo'ydi. Islom To'xtaxo'jaev esa qisqa vaqt ichida ikkita to'p kiritib yakuniy natijani o'rnatdi - 7:0!


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика