"Olimpik" "Qaysar"ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi
26 dek 2022 20:39
Yangiliklar


"Olimpik" "Qaysar"ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi
"Olimpik" klubi Turkiyada mavsumoldi tayyorgarlik mashg'ulotlarini olib bormoqda.
Bugun poytaxt klubi Qozog'istonning "Qaysar"iga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Timur Kapadze shogirdlari raqiblarini 2:1 hisobida mag'lub etishdi. Jamoa safida gollarga Jasur Jaloliddinov va Saidazamat Mirsaidov mualliflik qilishdi.
O'rtoqlik uchrashuvi
Olimpik - Qaysar 2:1
Gollar: Jasur Jaloliddinov, Saidazamat Mirsaidov
1-bo'limda maydonga tushganlar: Abdunabiev, Mirsaidov, Rahimjonov, SHamsiev, Tursunov, Bo'riev, Jaloliddinov, Ibroximov, G'iyosov, Jo'raqo'ziev, Odilov
2-bo'limda maydonga tushganlar: Yuldashev, Tairov, Bo'sinov, Abdurashidov, Sodiqov, Abdixaliqov, Muxtorov, Ablaev, Mahmudov, Mamasidiqov, Jo'raboev
O’xshash yangiliklar

Fikrlar