So’nggi yangiliklar

08:07Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-тур баҳслари давом эттирилади  0 07:43Осиё кубоги. Бугун Кувайтга қарши майдонга тушамиз  0 07:15U-23 Осиё кубоги. Хитой - Корея Республикаси 0:2  0 07:10U-23 Осиё кубоги. БАА - Япония 0:2  0 07:05U-23 Осиё кубоги. Таиланд - Саудия Арабистони 0:5   0 07:00U-23 Осиё кубоги. Тожикистон - Ироқ 2:4   0 06:55Серия А. "Кальяри" - "Ювентус" 2:2   1 06:50Саудия чемпионати. "Ал Насср" - "Ал Файҳа" 3:1   0 01:48А Серия. "Кальяри" "Ювентус"га қарши ўйинда охирги дақиқалардаги автогол сабаб ғалабани қўлдан чиқарди. Шомуродов 79-дақиқада алмаштирилди  41 01:40Каземиро: "Анчелотти МЮга ўтаётганимни билиб, йиғлаб юборганди"   4 01:15U-23 Осиё кубоги. Ироқ Тожикистонни ишончли тарзда мағлуб қилди  0 00:58Начо "Реал"га мавсум охирида жамоадан кетишини маълум қилди  7 00:40Ўзбекистон Қувайтга қарши ўйинда тўлиқ оқ либосда ҳаракат қилади  6 00:37Виталий Левченко: "Биз учун чемпионат ёки кубок учрашуви фарқланмайди"  2 00:25Иван Бошкович: "Ғалаба осонликча келмаслигини бугунги ўйин ҳам кўрсатиб берди"  1

Olimpiadada ishtirok etadigan futbolchilarning yoshi o'zgartirildi Yangiliklar

Olimpiadada ishtirok etadigan futbolchilarning yoshi o'zgartirildi

Teglar :  FutbolOlimpiada
Xalqaro futbol federaciyasi (FIFA) Tokioda bo'lib o'tadigan Olimpiya o'yinlari 2021 yilga ko'chirilganligi munosabati bilan erkaklar o'rtasida olimpiya futbol turniri ishtirokchilarining eng katta yoshini o'zgartirishga qaror qildi.

FIFA qoidalari bo'yicha olimpiya terma jamoalari azolarining eng katta yoshi ananaga ko'ra 23 yosh deb belgilagan. Olimpiya o'yinlari bir yilga surilishi munosabati bilan bu yosh endilikda 24 yosh deb belgilangan.

Malumki, Xalqaro olimpiya qo'mitasi Tokiodagi Olimpiya o'yinlarini 2021 yilga ko'chirdi. Tokio gubernatori Yuriko Koike ushbu musobaqlar “Tokio-2020” nomini saqlab qolishi to'g'risida bayonot bergan. 2021 yildi Tokio Olimpiadasi 23 iyuldan 8 avgustgacha bo'lib o'tishi belgilandi.

Tokio Olimpiadasining futbol bo'yicha erkaklar o'rtasidagi musobaqalarida 16 jamoa ishtirok etadi. Hozirgi paytda ushbu turnirda ishtirok etadigan 14 jamoa – Braziliya, Argentina, Yaponiya, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, Avstraliya, Germaniya, Franciya, Ispaniya, Ruminiya, Yangi Zelandiya, Misr, Kot-d’Ivuar va Janubiy Afrika Respublikasi aniqlangan. Yana ikki jamoa SHimoliy va Markaziy Amerika hamda Karib havzasi mamlakatlari (KONKAKAF) zonasida aniqlanadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика