So’nggi yangiliklar

00:21"Ал Ҳилол" Зиданга йилига 100+ млн евро таклиф қилганди. Мураббий эса...  0 23:50ЕЧЛ финали. ПСЖ - "Интер" 2:0 (матнли трансляция)  44 23:10Раҳмоналиев экстра-таймларда майдонга тушган ўйинда "Сабаҳ" "Қорабоғ"ни енгиб, Озарбайжон кубоги соҳиби бўлди! Клуб Европа лигаси саралашида иштирок этади  0 22:50Баҳром Ҳайдаров: "Селекция ишлари ҳар бир жамоада мунтазам давом этади"  0 22:33Виталий Левченко: "Чемпионатда танаффус юзага келганида шу каби ўртоқлик ўйинлари жамоа учун фойдали бўлади"  0 22:05CAFA U-17 Championship 2025. Ўзбекистон 120 дақиқа давом этган финалда Тожикистонга аламли тарзда ютқазди  56 21:20Назорат учрашуви. "Нефтчи" Фарғонада "Қўқон-1912" билан дуранг ўйнади  1 20:55Ўзбекистон U-23 назорат ўйинида "Хоразм"ни мағлуб этди  1 20:22Бугун финал! УЕФА Чемпионлар Лигаси бош соврини кимга насиб қилади?  22 20:11ОФК вакиллари 2 юлдузли "Бунёдкор" академиясига қандай баҳо беришди?  2 20:00Холид Ал Данҳани: "Бор эътиборимиз Ўзбекистон билан ўйинга қаратилган"  3 18:50Ўзбекистон Кубоги финали олдидан: "Оил Стар" ва БМБ бош мураббийлари қандай фикр билдирди? (тўлиқ матбуот анжумани)  1 18:43"Реал" дарвозабони клубни тарк этишга яқин  1 18:10ҚПЛ. "Турон" меҳмонда "Улитау"га мағлуб бўлди, меҳмонлар сафида уч ўзбекистонлик ҳаракат қилди  0 17:38"Атлетико" Фернандо Торрес билан шартномани узайтирди  0

Oliy liga, 19-turning qoldirilgan uchrashuvi. "Paxtakor" "Dinamo"ni yirik hisobda mag'lub etdi Yangiliklar

Oliy liga, 19-turning qoldirilgan uchrashuvi. "Paxtakor" "Dinamo"ni yirik hisobda mag'lub etdi

Oliy liganing 19-turi qoldirilgan o'yini "Paxtakor" - "Dinamo" o'rtasidagi uchrashuv bo'lib o'tdi.

Oliy liga, 19-tur. (Qoldirilgan uchrashuv)

PAXTAKOR - DINAMO 3:0
Hakamlar:
SHerzod Qosimov (Toshkent), Temur Galeev (Urganch), Akbar Po'latov (Toshkent), Igor Xudoydotov (Toshkent).
Nazoratchi: Arslon Hotamov (Toshkent).

Gollar: Bahodir Pardaev (18, assistent: Stanislav Andreev), Maxaradze (30-penaltidan), Anvar Soliev (77)

"Paxtakor": Aleksandr Lobanov, Aleksandr Merzlyakov, Boyan Miladinovich, Kamoliddin Tojiev, Davron Hoshimov, Akbar Ismatullaev, Kaxi Maxaradze (s) (Vladimir Kozak, 66), Oybek Qilichev (Jamshid Iskandarov, 56), Stanislav Andreev, SHerzod Karimov (Anvar Soliev, 74), Bahodir Pardaev.

"Dinamo": Igr Mixaylov, Akbar Siddiqov (Jasur Azimov, 81), Asror Aliqulov, Zayniddin Tojiev (s) (Islom SHaripov, 58), Iskandar Xolmirzaev, Abdulla Nabiev (Akmal Bozorov, 72), Sirojiddin Sayfiev, Azamat Bobojonov, Bunyod Isroilov, Nodir Sanoqulov, Avaz Agaliev.



                               MATNLI TRANSLYACIYA

                                        YANGILASH



Etiboringiz uchun tashakkur! Doimo sog'-salomat bo'ling, Aziz futbol muxlislari! Keyingi o'yinlarda saytimiz orqali g'oyibona ko'rishguncha...


- UCHRASHUV YAKUNLANDI! "Paxtakor" muxlislarini g'alaba bilan tabriklaymiz!


90` Uchrashuvning asosiy vaqtiga 2 daqiqa qo'shib berildi.


90` Bahodir Pardaev yakkama-yakka vaziyatdan foydalana olmadi. Igor mixaylov o'zini ko'rsatdi. Keyingi vaziyatda esa Jamshid Iskanderovning darvozabon ustidan tashlab qo'ygan to'pini so'nggi pallada himoyachi qaytarib qolishga muvaffaq bo'ldi.


88` Maydon egalari to'pni o'z nazoratlarida ushlab turishibdi.


85` "Paxtakor" jarima zarbasini amalga oshirdi. Boyan Miladinovichning chamasi 35-metrlar masofadan yo'llagan zarbasi xavfli, ammo biroz noaniq chiqdi. 


81` "Dinamo" tarkibida o'zgarish. Akbar Siddiqov o'rniga Jasur Azimov maydonga chiqdi.


79` "Paxtakor" o'zining navbatdagi g'alabasiga yaqin kelmoqda. Bugungi o'yinda "Dinamo"ning yaratgan ikkita-uchta xavfli vaziyatini hisobga olmasa, mehmonlar "sherlar"ga hech qanday qarshilik ko'rsata olishmayapti. Iskandar Xolmirzaevning qulay vaziyatni ko'kka sovurishi jamoasiga qimmatga tushmoqda. O'shanda Xolmirzaev gol ura olganida, vaziyat boshqacha bo'lishi mumkin edi.


77` GOOOOOOOOOOOOOOOOL! ANVAR SOLIEV! "Paxtakor" o'ng tarafdan hujum tashkil etdi. Darvoza tomon yo'naltirilgan to'pni Igor Mixaylov qo'lidan chiqarib yubordi. Darvozabondan qaytgan to'pni Anvar Soliev darvozaga kiritib qo'ydi, 3:0!


77` Xavfli vaziyat! Anvar Solievning boshi bilan bergan zarbasini Mixaylov qaytarib qolmoqda!


75` Stanislav Andreevning kuchli zarbasi biroz noaniq ko'rinish oldi.


74` "Paxtakor" safida o'zgarish. SHerzod Karimov o'rniga Anvar Soliev tushirildi.


72` "Dinamo" tarkibida o'zgarish. Abdulla Nabiev o'z o'rnini Akmal Bozorovga bo'shatib berdi.


71` "Paxtakor" navbatdagi xavfli vaziyatni golga aylantira olmadi.


69` Stanislav Andreev bugun darvozani ishg'ol etishga rosa urinmoqda. Lekin unga so'nggi zarbani berishda aniqlik etishmayapti.


67` Har ikkala jamoa sardorlari maydonni tark etishdi.


66` "Paxtakor" tarkibida o'zgarish. Kaxi Maxaradze o'rniga Vladimir Kozak maydonga tushdi. 


65` Maydon egalari jarima zarbasini amalga oshirishdi. SHerzod Karimov tepgan to'pi "jonli devor"ga tegib qaytdi.


62` O'yin maydon markaziga ko'chdi.


60` Hozirgina maydonga tushgan Islom SHaripov jamoadoshlari tomonidan qulay vaziyatga chiqarildi. Jarima maydonchasi oldidan yo'llangan kuchli zarbani Lobanov ushlab oldi.


58` "Dinamo" safida ham o'zgarish kuzatildi. Zayniddin Tojiev o'rniga Islom SHaripov tushirildi.


58` Uchrashuvda to'xtalish yuzaga keldi. "Paxtakor" futbolchisiga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.


56` "Paxtakor" safida o'zgarish. Oybek Qilichev o'z o'rnini Jamshid Iskandarovga bo'shatib berdi.


55` Oybek Qilichevning xavfli nuqtadan jarima zarbasini amalga oshirdi. Zarba noaniq.


54` Ikkinchi bo'lim ancha hujumkorlik bilan boshlandi.


53` Xavfli vaziyat! Endi "Paxtakor"ning hujumi! Darvoza ustuni mehmonlarni uchinchi goldan saqlab qolmoqda.


52` Xavfli vaziyat! "Dinamo" hisobni qisqartirishi mumkin edi! Iskandar Xolmirzaev yakkama-yakka vaziyatdan foydalana olmadi! Uning bergan zarbasi noaniq ketdi. Bunday vaziyatlarda gol urmaslik uyat!


50` Xavfli vaziyat! Stanislav Andreev boshi bilan to'pni Bahodir Pardaev tomon oshirdi. Pardaevning boshi bilan yo'llagan zarasi esa darvoza ustidan o'tib ketmoqda. Qanday vaziyat!!!


49` SHerzod Karimov uzoq masofadan darvozani nishonga olmoqchi bo'ldi. Lekin to'p darvozaga aniq bormadi.


48` Bahodir Pardaev bugun ancha faol ko'rinmoqda.


46` Ikkinchi bo'lim boshlandi!


- Birinchi bo'lim tugadi. TANAFFUS!


45` Birinchi bo'limga 1 daqiqa vaqt qo'shib berildi.


45` Azamat Bobojonovning jarimadan yo'llagan zarbasini Lobanoq egallab oldi.


44` Lobanovdan xato! Abdulla Nabiev bo'sh qolgan darvozaga to'pni tepishga ulgurmadi. Unga nisbatan qoida buzildi. Jarima zarbasi.


43` Sirojiddin Sayfiev jamoasi hujumini uzilib qolishiga sabab bo'ldi. Jarima maydonchasi oldida raqibiga to'pni oldirib qo'ydi.


39` "Dinamo" posboni ketma-ket jamoasini muqarrar gollardan qutqarib qolmoqda. Avvaliga Maxaradzening zarbasi bartaraf etdi. Keyinchalik Bahodir Pardaevning urinishini yo'qqa chiqarishga erishdi.


38` Igor Mixaylov!!!!!!!!!!!!!


36` Jarima zarbasidan so'ng Lobanov to'pni egallab oldi va tezda jamoasi hujumini boshladi.


35` Nihoyat "Dinamo" ham oldinga bordi. Zayniddin Tojievning uzatmasidan so'ng hujum o'ng qanotga ko'chdi. U erda esa qoida buzildi. Jarima zarbasi.


33` "Paxtakor" katta ustunlik bilan o'ynamoqda. "Dinamo" deyarli hech qanday qarshilik qila olmayapti. Mehmonlar so'nggi bor qachon maydon markazini yorib o'tishgani ham aniq emas...


31` Kaxi Maxaradze 11-metrlik jarima zarbasini golga aylantirdi va jamoasining ikkinchi golini kiritdi.


30` GOOOOOOOOOOOOOL! Kaxi Maxaradze!


29` Bahodir Pardaevga nisbatan  jarima maydonchasi ichida qo'pollik ishlatildi deb topdi bosh hakam. Penalti!


29` SHerzod Karimov chap qanotdan darvoza tomon zarba berdi. To'p mo'ljalga bormadi.


27` Lobanov ancha "sovub" qoldi. Ungacha to'p etib kelmayapti.


24` Hujum. Yana Stanislav Andreev! Bu safargi zarbaga ham aniqlik etishmadi. Andreev faol o'ynamoqda, ammo ko'p vaziyatlarda unga aniqlik etishmayapti.


22` Stanislav Andreevning jarimadan yo'llagan zarbasi mo'ljalga aniq bormadi.


20` Goldan so'ng "Paxtakor" yanada faollashdi. Ketma-ket hujumlar davom etmoqda.


18` GOOOOOOOOOOOOOOOOL! BAHODIR PARDAEV! Burchak zarbasidan so'ng Bahodir Pardaev boshi bilan to'pni darvozaga joylab qo'ydi, 1:0!


18` Xavfli hujum! Bahodir Pardaevning kuchli zarbasini Mixaylov burchakka chiqarib yubordi.


16` Zayniddin Tojievning darvoza tomon bergan zarbasi juda noaniq ketdi.


14` Maydon egalari standart vaziyatiga ega bo'lishgandi. Lekin bu ham samara keltirmadi.


12` O'yin tempi yuqori emas. To'p asosan maydon markazida yumalab yuribdi.


9` Xavfli vaziyat! Oybek Qilichev jarima maydonchasi oldida to'pni bemalol qabul qilib oldi. Ammo darvoza tomon zarba berishda sustkashlikka yo'l qo'ydi. Qulay vaziyat qo'ldan boy berilmoqda.


7` "Paxtakor"ning hujumi chap qanotdan rivoj olgandi. Kaxi Maxaradzening boshi bilan bergan zarbasi darvozaga aniq bormadi.


5` "Dinamo" vakillari burchak to'pidan samarali tarzda foydalana olishmadi. Jarima maydonchasi ichiga uzatib berilgan to'pga mehmonlar futbolchisidan hech kim zarba bera olmadi.


4` "Dinamo" ham hujumga hujum bilan javob bermoqda. Zayniddin Tojiev burchak to'pi ishlab oldi.


3` Xavfli vaziyat! "Dinamo" himoyachisi to'pni oshirishda xatoga yo'l qo'ygandi. Akbar Ismatullaev jarima maydonchasi ichiga kirib bordi va darvoza tomon zarba yo'lladi. Lekin zarbaga aniqlik etishmadi. Uchrashuvni debyutidayoq hisob ochilishi mumkin edi.


1` Uchrashuv boshlandi!


- Bugungi o'yinda Zayniddin Tojiev Samarqandning "Dinamo" jamoasini sardor sifatida maydonga boshlab tushgan. Ushbu tajribali hujumchi o'z faoliyatini "Paxtakor"da ham o'tkazgan edi.


- Jamoalar PFL madhiyasi sadolari ostida maydonga tushib kelishmoqda.


- Uchrashuvni SHahboz Beg'amov matnli onlayn tarzida sharhlab boradi.


- Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari! Oliy liga 19-turidan o'rin olgan qoldirilgan bellashuv "Paxtakor" - "Dinamo" uchrashuvidan onlayn reporAtajimizni boshlaymiz.


- Uchrashuv soat 17:00da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика