So’nggi yangiliklar

20:01Эшитдик-да! "Турон"да ўйнаган легионер футболчи Суперлигага қайтяпти  0 19:50ОК-2025 саралаши. Мафтуна Шойимованинг бенефисига айланган баҳсда вакилларимиз Туркманистонни 6:2 ҳисобида мағлуб этишди ва Осиё Кубоги "чипта"сини қўлга киритишди  14 19:40"Манчестер Сити" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолаши мумкин  0 19:12"Реал" — "Лас-Пальмас". Вальверде, Беллингем ва Мбаппе асосий таркибда  6 18:58Гвардиола Ҳоланднинг профессионаллигини юқори баҳолайди  1 18:37"Манчестер Сити" ҳимоячиси Аканжи: "Чемпионлик ҳақида гапиришни хоҳламайман"  13 18:18Қозоғистонлик ўзбек футбол функционери Ҳусановнинг "Манчестер Сити"га ўтиши ҳақида фикр билдирди  7 17:53АПЛ. МЮ, "Тоттенхэм", "Ноттингем Форест" ва бошқа жамоалар таркиби маълум  4 17:25Алехандро Бальде: "Хетафе"га қарши ўйинда ирқий ҳақоратларга учрадим"  8 17:00ФИФА президенти Инфантино Трамп билан кўришди: "Биз ЖЧ-2026ни муҳокама қилдик"  4 16:39ОК-2025 саралаши. Австралия биринчи ўринни нақд қилиб, мусобақа финал босқичига йўл олди, Ўзбекистон Туркманистонни иккита тўп фарқи билан ютса, иккинчи ўринни олади  0 16:20Туркия чемпионатида фақат хорижлик VAR ишлайди  0 15:45"Милан" афсонаси Эрон клубини бошқаришдан бош тортди   0 15:16"Барселона" Фликка янги шартнома таклиф қилишга тайёр  19 14:47Нуну Мендеш ПСЖдан мавсум учун 10 млн евро сўрамоқда  2

Oleg Tyulkin: "Muxlislarga ajoyib bayramni tortiq eta olganimizdan juda xursandman" Yangiliklar

Oleg Tyulkin: "Muxlislarga ajoyib bayramni tortiq eta olganimizdan juda xursandman"

Teglar :  Oleg TyulkinDinamo
Dinamo - SHo'rtan (3:0) uchrashuvidan so'ng, Dinamo bosh murabbiyi Oleg Tyulkin jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

- Samarqanddagi ajoyib futbol atmosferasida muxlislarga ajoyib bayramni tortiq eta olganimizdan juda xursandman. Yigitlarimizni Bekoboddagi o'yinni unutib, SHo'rtanga qarshi puxta tayyorgarlashga intildik. Jamoadagi har bir futbolchi bugun o'z ishini alo darajada bajardi. Yigitlar juda hamjihatlik bilan to'p surib, g'alabaga erishishdi. Muxlislarning tinmay qo'llab-quvvatlashlari ostida to'p surib, yirik hisobda g'alabaga erishish juda yoqimli. Futbolchilarimiz minglab ishqibozlar ko'z oldida bosimda to'p surgan bo'lishsada, maydonda borlarini ko'rsatishdi.

- Dastlabki o'yindan taassurotlaringiz qanday?

- Bilasizmi, bugungi futbol bayramida muxlislarimiz kayfiyatini ko'tarishimiz shart edi. Masuliyatni tushungan holda maqsadimizga erishdik deb o'ylayman. Samarqand ahli bir yil Birinchi Ligada to'p surib, Oliy Ligani sog'inib qolganligini bugun ko'rdik. Futbol mana shunday muxlislar bilan go'zaldir. O'yin adolatli natija bilan tugadi.

- Jamoaning asosini 20-23 yoshli yigitlar tashkil etishmoqda. Ularni o'yinlarga tayyorlash qiyin bo'lsa kerak?


- Dinamo bu yil yoshlarga ishonch bildirmoqda va bu yo'lda murabbiylar shtabi futbolchilarga imkoniyat berishga intilmoqda. Bizda iqtidorli yigitlar juda ko'p. Ularga shu yo'sinda imkon berib, kamol topishi uchun qo'llab-quvvatlasak Samarqand futboli yanada yangi marralarni egallashi mumkin bo'ladi.

- Keyingi o'yinda Toshkentda Paxtakorga qarshi bahs oson bo'lmaydi…


- Biz uchun har bir o'yin bitta sinov va katta tajriba bo'ladi. Hozir peshqadam bo'lsakda, jamoaning hozirgi tarkibi to'liq yig'ilganligiga hali bir oy bo'lmadi. Ammo tarkibda tanlagan har bir futbolchi birinchi navbatda o'zini ko'rsatishni, mehnat qilishni istaydigan yigitlardir. O'yinga ishtiyoq juda kuchli. Paxtakorga qarshi bahsda ham yigitlar muxlislarni quvontirish uchun maydonda borlarini berishadi, kurashishadi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика