So’nggi yangiliklar

00:54Расман: "Вильярреал" ва "Барса" ўртасидаги Ла Лига ўйини Майамида ўтказилади  0 00:28ЖЧ саралаши. Саудия Арабистони Индонезияни қийинчилик билан мағлубиятга учратди  7 23:40Ўзбекистон – Кувайт учрашувини бошқариб борувчи ҳакамлар маълум  4 23:25Миср ўз тарихида тўртинчи бор Жаҳон чемпионати йўлланмасини қўлга киритди  0 23:16Расман: Консейсау "Ал Иттиҳод"га бош мураббий этиб тайинланди. Клуб қишда "Насаф"га қарши майдонга тушади  1 22:54Ўзбекистон термасининг Кувайтга қарши расмий машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  2 22:30Ўзбекистон терма жамоаси Кувайтга қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотини ўтказди  1 22:11ЖЧ саралаши. Ўмон Доҳада Қатар билан дуранг ўйнади  14 21:37Осиёда ЖЧ саралашининг тўртинчи босқичи бошланди. Бу ҳақда нималарни билишимиз лозим?  35 21:01"Реал" "Сантьяго Бернабеу" стадиони номини ўзгартириши мумкин  1 20:38Ансу Фати Францияда рекорд натижа қайд этди  6 19:40Ҳожимат Эркинов ЖЧда қайси жамоалар билан рўбарў келишни хоҳлайди?  12 18:43Кувайт терма жамоаси бош мураббийи: "Мен ЎФА шорт-листида бўлганман?"  8 18:19"Реал" футболчиси Испания терма жамоаси сафида жароҳат олди  3 17:40Сайфиев ва Ҳамробековлар терма жамоа машғулотида иштирок этишмади  3

OFK sayti 18 yil oldingi O'zbekiston Kubogi finalini yodga oldi Yangiliklar

OFK sayti 18 yil oldingi O'zbekiston Kubogi finalini yodga oldi

SHunday o'yinlar borki, oradan qancha vaqt o'tsa ham unutilmaydi.

OFK rasmiy sayti koronavirus sabab futbol o'yinlari o'tkazilmayotgani bois o'z o'quvchilarini zeriktirib qo'ymaslik maqsadida arxivdan maqolalar berib ko'rmoqda. 

Sayt xodimlari Osiyo miqyosida bo'lib o'tgan turli musobaqalarni yodga olib 8ta eng qiziq finalni keltirishdi. Bu o'yinlar orasida bundan 18 yil muaqaddam "Paxtakor" va "Neftchi" o'rtasida bo'lib o'tgan O'zbekiston Kubogi finali ham bor. 

2002 yilda o'tkazilgan O'zbekiston Kubogi finaliga "Paxtakor" va "Neftchi" etib kelgandi. O'shanda "Paxtakor" yarim finalda "Nasaf"ni, "Neftchi" esa "Qizilqum"ni mag'lub etgan holda hal qiluvchi bosqichga yo'l olgan. 

2002 yilning 9 avgustida bo'lib o'tgan bahsni ko'rish uchun "Paxtakor" markaziy stadioniga 25 ming muxlis tashrif buyurgan. Uchrashuvni esa o'z paytining taniqli hakamlaridan Rustam Saidov boshqargan. 

OFK sayti turli yillarda o'tkazilgan finallarga murojaat qilib 8ta finalni tanladi va o'yinlarga klassik uchrashuv maqomini berdi. Bu qaysi o'yinlar ekanini quyida keltirib o'tamiz.


1940 yilgi Durand Kubogi finali 

Hindistonda o'tkazilgan ushbu musobaqa finalida "Mohammedan Sporting" va "Royal Uoruikshayr" klublari o'zaro bahs olib borib, bunda "Sporting" vakillari 2:1 hisobida zafar quchgan. 


1995 yilgi Osiyo Superkubogi 

1995 yil OCHL hamda OFK Kubogi g'olibi o'rtasida Superkubok tashkil qilingan. Unda Osiyo chempionlar ligasi Osiyo klublari chempionati deb nomlanardi. Superkubokda Yaponiyaning "Yokogama Flugels" klubi Tailandning "Tai Farmers Bank" jamoasi ustidan 4:3 hisobida zafar quchgan. 


2002 yilgi O'zbekiston Kubogi finali 

Aytib o'tganimizdek, 2002 yil o'tkazilgan O'zbekiston Kubogi finalida "Paxtakor" va "Neftchi" o'zaro to'qnash kelib, toshkentliklar qo'shimcha bo'limlarda urilgan gollar evaziga 6:3 hisobida g'alaba qozonishgan. 


2005 yilgi Indoneziya Kubogi finali 

2005 yil o'tkazilgan Indoneziya Kubogi finalida "Persiya Jakarta" bilan "Arema" o'zaro maydonga tushib, bunda 4:3 hisobida "Arema"ning qo'li baland kelgan. 


2011 yilgi A liga Grand finali 

Avstraliyaning ikki kuchli jamoasi "Brisben Roar" bilan "Sentral Koast Mariners" o'zaro A liga Grand finalida g'oliblik uchun bahs olib borib, o'yin 2:2 hisobida yakun topgan. Penaltilar seriyasida esa brisbenliklar 4:2 hisobida zafar quchishgan. 


2012 yilgi Gonkong Kubogi finali

Bunda "Pegasus" va "Kitchi" klublari o'zaro to'qnash kelib, mazkur uchrashuv ham gollarga boy bo'lgan. Bahs 3:3 hisobida yakun topadi va penaltilar seriyasida "Kitchi"ning qo'li baland kelib 5:3 hisobida zafar quchgan. 


2018 yilgi Malayziya Kubogi finali 

Malayziya Kubogi finalida 2018 yil "Terengganu" va "Perak" klublari o'zaro to'qnash kelishdi. "SHoh Alam" stadionida bo'lib o'tgan bahs gollarga boy tarzda kechdi. Uchrashuv 3:3 hisobida yakun topadi va penaltilar seriyasida "Perak" vakillari 4:1 hisobida ustun kelishadi. 


2019 yilgi Yaponiya Kubogi finali 

O'tgan yilgi Yaponiya Kubogi finali qizg'in hamda gollarga boy tarzda o'tdi. "Xokkaydo Sapporo" va "Kavasaki Frontale" ishtirokidagi bellashuv ham 3:3 hisobida tugadi. G'olibni penaltilar seriyasida aniqlash kerak edi, "lotereyalar bahsi"da "Kavasaki" futbolchilari 5:4 hisobida zafar quchishdi. 


2002 yilgi Kubok finalida kimlar gol urgan? 

SHu o'rinda yana 18 yil muqaddam o'tkazilgan O'zbekiston Kubogi finaliga qaytamiz. O'yin har ikki jamoaning hujumlari bilan boshlanadi va 2-daqiqadayoq "Paxtakor" himoyachisi Gochguli Gochguliev hisobni ochadi. Oradan bir daqiqa o'tib Sergey Lebedevning avtogoli evaziga "Paxtakor" hisobni 2:0ga etkazadi. 

14-daqiqaga kelib farg'onaliklar yarim himoyachisi Sergey Ni hisobni qisqartirishga erishadi. SHunday qilib birinchi taym 2:1 hisobida "Paxtakor" foydasiga yakun topadi. Ikkinchi taymda Leonid Koshelev gol urib hisobni 3:1ga etkazadi. Farg'onaliklar yana hujumga o'tishadi va 84-daqiqada Muxtor Qurbonov hamda 90+2-daqiqada Akmal Xolmatovning gollari tufayli hisob 3:3 ko'rinish oladi. 

SHundan so'ng 15 daqiqalik qo'shimcha bo'limlarga o'tiladi. Qo'shimcha taymlar "Paxtakor" foydasiga ishlab jamoa 3ta gol urishga muvaffaq bo'lgan. Avvaliga 110-daqiqada Sergey Lebedev yana kutilmaganda to'pni o'z darvozasiga kiritib qo'yadi. 115-daqiqaga kelib Gochguli Gochguliev bu safar penaltidan to'p kiritadi. 118-daqiqada esa zaxiradan tushgan Zayniddin Tojiev yakuniy hisob 6:3 bo'lishini taminlaydi.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика