So’nggi yangiliklar

01:05ОФК президенти Париж Олимпиадасида Осиё номидан иштирок этувчи терма жамоалар ва мусобақа расмийларига табрик йўллади  0 00:46Трент Беллингем билан дўстлиги сабаб "Реал Мадрид"га ўтиши мумкин  0 00:10"Сўғдиёна" Суҳроб Иззатов ва Умид Султонов трансферини эълон қилди  1 23:46"Локомотив" ўртоқлик ўйинида Қувайт клубига имкониятни бой берди  2 23:18"Динамо"да кўрикдан ўтаётган бразилиялик вингерга жавоб берилди  2 22:52Ўртоқлик ўйини. "Динамо" Қирғизистон клубини яна бир марта мағлуб этди  4 22:20Интервью. Шавкат Саидов: "Яна янгиликларимиз бор"  1 21:50Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон футзал термаси Тожикистонни мағлубиятга учратди  0 21:26Расман: Сергей Лушчан "Навбаҳор" клуби бош мураббийи сифатида таништирилди  23 21:03Ўртоқлик учрашуви. ОКМК Беларусь клубига имкониятни бой берди  1 20:35Эшитдик-да! "Навбаҳор"нинг асосий футболчиси легионерга айланиши мумкин  31 20:16Париж-2024. Ҳар бир терма жамоадаги катта ёшли футболчилар  8 19:49Ван Дейк NBA афсонаси Леброн Жеймс билан суратга тушди  4 19:21"Комо" Бонавентурани сотиб олмоқчи  1 18:53Mirabror Usmanov Cup-2024. Қирғиз Республикаси илк учрашувда Гватемаладан устун келди  2

OFK kubogini yaxshi ko'radigan, ammo o'zbek klublariga "tishi" o'tmagan "Eyr Fors" haqida Yangiliklar

OFK kubogini yaxshi ko'radigan, ammo o'zbek klublariga "tishi" o'tmagan "Eyr Fors" haqida

Teglar :  OKMKEyr ForsOCHL
OKMK jamoasi bugun OCHL guruh bosqichining ikkinchi turida o'z maydonida Iroqning "Eyr Fors" klubini qabul qiladi.

Odatda Iroq jamoalari bilan har doim ham to'qnash kelmaymiz. Lekin ular o'zbek klublari bilan o'yinlarda doim bor kuchini sarf qilishga va jang qilishga odatlangan. Xo'sh, "Eyr Fors" qanday jamoa?

AGMK

Siavash Haghnazari - 81'

AFC Champions League Grp. C . 2-tur

02/10/2023, 17:00

2
:
1
Tugadi

Al Quwa Al Jawiya

Ali Jasim - 2', Sanzhar Tursunov - 48'

45'
90'
46'  Mirzhakhon Mirakhmadov (Martin Boakye)
72'  Sanzhar Tursunov (Mirjamol Kasimov)
72'  Ruben Sanchez (Akramjon Komilov)
77'  Mirjamol Kasimov
81'  Siavash Haghnazari
84'  Oybek Rustamov
90'  Sardor Rakhmanov (Bakhtiyorjon Kasymov)
90'  Shohruh Gadoev (Mukhammadanas Khasanov)
2'  Ali Jasim
36'  Ruslan Hanoon
48'  Sanzhar Tursunov
90'  Franco Atchou (Shihab Razzaq)
90'  Ali Jasim (Mohannad Abdul-Raheem)
90'  Frank Cedric Abogo (Mustafa Waleed Hasan Fatla)
90'  Mohammad Qasem (Mustafa Saadoun)

Klub haqida

"Eyr Fors" klubining ikki xil nomi bor. Bu jamo "Al Quva Al Javiya" deb ham nomlanib, Iroqdagi eng tarixiy klublardan biri hisoblanadi. "Lochinlar" laqabini olgan jamoa 1931 yil Iroq harbiy havo kuchlari tashkil qilingan sanadan 4 kun o'tib tashkil qilingan. SHu paytgacha klub 7 marotaba Iroq chempionligini qo'lga kiritgan. 

Jamoani 63 yoshli murabbiy Ayub Odisho boshqarmoqda. Mazkur mutaxassis faoliyati davomida 5 marotaba "Eyr Fors"ni boshqargan. O'tgan mavsum uning qo'l ostida shogirdlari Iroq chempionatida ikkinchi o'rinni qo'lga kiritdi va mamlakat kubogida g'olib chiqdi. 


"EYR FORS" (IROQ)

SHahri: Bog'dod

Laqabi: "Lochinlar"

Tashkil topgan sana: 1931 yil 4 iyul

Uy stadioni: "Al Quva Al Javiya"

Sig'imi: 10000 tomoshabin

Klub xo'jayini: SHihab Jahid

Bosh murabbiy: Ayub Odisho

Sovrinlari:

Iroq chempioni - 7 marta

Iroq futbol Associaciyasi kubogi sohibi - 5 marta

Iroq Elit kubogi sohibi - 3 marta

Iroq Superkubogi - 2 marta

OFK kubogi sohibi - 3 marta


Xalaqaro maydondagi ishtirok

 "Eyr Fors" musobaqa formati OCHLga o'zgartirilgan palladan buyon guruh bosqichida 4 marotaba ishtirok etgan va guruhdan chiqa olmagan. 

Jamoaning OCHLdagi ishtiroki:

2004 - guruh bosqichi

2006 - guruh bosqichi

2008 - guruh bosqichi

2021 - guruh bosqichi

2022 - guruh bosqichi 

Klub OCHLda muvaffaqiyatsiz ishtirok etayotgan bo'lsada, 2016-2018 yillarda ketma-ket 3 mavsum OFK kubogida bosh sovrinni hech kimga bermagan.2016 yil finalda Hindistonning "Bengaluru" klubi 1:0 hisobida mag'lub etilgan. 2017 yil hal qiluvchi bahsda Tojikistonning "Istiqlol" klubi taslim etilgan - 1:0. O'tgan yil esa finalda Turkmanistonning "Oltin Asr" klubi mag'lub (2:0) etildi.

Tarkibdagi futbolchilar va legionerlar

Kecha Mirjalol Qosimov aytib o'tganidek tarkib avvalgi yillarga qaraganda ancha yoshargan. Bugungi kunda jamoaning o'rtacha yoshi 25,6 ko'rsatkichni tashkil qiladi.Tarkibda jami 8 nafar legioner harakat qilayotgan bo'lib, ular jamoaning 25 foizini tashkil etadi. 8 nafar futbolchi turli yosh toifasidagi terma jamoalarda to'p tepadi. Nom jihatdan Iroq terma jamoasining asosiy futbolchisi sifatida Humam Tariq, Mohannad Abdulrahim etakchi hisoblanadi. Humam Tariq o'z vaqtida Iroq olimpiya terma jamoasida Qatardagi Osiyo chempionatida gol urgan. 2021 yilda esa u Qosimovning nishoniga tushgan va OKMKga o'tishga juda yaqin kelgandi. 

19 yoshli vunderkind Ali Jasim O'zbekiston mezbonlik qilgan U-20 Osiyo chempionatida Eron va Yaponiya posbonlarini hafa qilishga majbur qila olgan. Argentina mezbonlik qilgan Jahon chempionatida ham 3ta uchrashuvda to'liq 90 daqiqa harakat qildi. SHuningdek, OCHLning ilk turida u "Sepaxon"ga ham 2ta gol urganini aytish joiz. Umuman Ali Jasim Iroq futbolining kelajagi deya qaralmoqda. 

2000 yilda tug'ilgan Ibrahim Bayesh o'ng qanot vingeri sifatida 2018 yildan buyon "Eyr Fors" tarkibida to'p tepib kelmoqda. Bugungi kunda u jamoasining eng qimmat futbolchisi hisoblanadi (600 ming evro). 

Legionerlarning barchasi Afrika qitasidan. Klausex Agbozo (Togo), Bakari Ndaye (Mavritaniya), Vilson Akakpo (Gana), Gaitx Marufi (Tunis), Franko Atchou (Togo), Sampson Eduku (Gana), Frank Abogo (Kamerun), Ahmad Al Sarori (Yaman)


Tarkibi:

Darvozabonlar

20. Muhammad Hamid

- Sajjad Nihad

12. Muhammad SHakir

34. Ali Halid

Himoyachilar

38. Klausex Agbozo (Togo)

40. Vakari Ndaye (Mavritaniya)

66. Muhammad Al Baqir

- Ali Hassan 

3. Vilson Akakpo (Gana)

44. Hammud Mishan

48. Ruslan Hanoon

24. Hasan Raed 

30. Mustafa Valid 

2. Gaitx Marufi (Tunis)

6. Samix Said

17. Mustafa Saadon

Yarim himoyachilar

25. Saad Abdul Amir 

16. SHihab Razzak

13. Franko Atchou (Togo)

5. Yusuf Favzi

19. Muhammad Qosim 

28. Muhammad Ridha Jalil

Hujumchilar

11. Humam Tariq

- Husain Jabbar 

8. Ibrahim Bayesh 

10. Ali Jasim

9. Montadar Abdul Amir

17. Ahmad Al Sarori (Yaman)

7. SHarif Abdulhakim 

14. Sampson Eduku (Gana)

18. Frank Abogo (Kamerun)

88. Mohannad Abdulrahim


O'zbek klublariga qarshi 

"Eyr Fors" OCHL doirasida 3 marotaba o'zbek jamoalari bilan to'qnash kelgan va hali g'alaba qozonmagan. Osiyo kubok egalari kubogida ham omad bizning shovvozlarga kulib boqqan. 

OSIYO KUBOK EGALARI KUBOGI MUSOBAQASIDA

1996/1997 yil

Birinchi bosqich

"Navbahor" 4:1 "Al-Quva Al-Javiya" (Iroq)

"Al-Quva Al-Javiya" 5:2 "Navbahor" (safarda ko'proq gol urgani uchun "Navbahor" keyingi bosqichga chiqqan)

OSIYO CHEMPIONLAR LIGASI MUSOBAQASIDA 

2019 yilgi mavsum

OCHL o'tish uchrashuvi

"Paxtakor" - "Eyr Fors" 2:1

Gollar: Jaloliddin Masharipov 77, - 1:0. Marat Bikmaev 84, - 2:0. Hammadi Ahmad 87, - 2:1.


OCHL guruh bosqichi. 2-tur.

2021 yilgi mavsum

"Eyr Fors" - "Paxtakor" 0:0


OCHL guruh bosqichi. 6-tur.

"Paxtakor" (O'zbekiston) - "Eyr Fors" (Iroq) - 1:0

Gol: Po'latxo'ja Xoldorxonov 79, - 1:0.


Abdulaziz Iskandarov

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика