So’nggi yangiliklar

01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  3 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  13 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  87 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  846 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1

OFK kubogi. "So'g'diyona" markaziy mintaqa finalida "Xo'jand"ni yirik hisobda taslim etdi Yangiliklar

OFK kubogi. "So'g'diyona" markaziy mintaqa finalida "Xo'jand"ni yirik hisobda taslim etdi

OFK kubogi Markaziy mintaqa finalidan o'rin olgan "Xo'jand" - "So'g'diyona" uchrashuvi yakunlandi.


"Xo'jand" — "So'g'diyona" 0:4

"Tojikiston mustaqilligining 20 yilligi" stadioni. Xo'jand. 15:30

Hakamlar: Kim Xi Gon, Kvak Sin Sun, Kan Don Xo (uchalasi ham — Janubiy Koreya)

To'rtinchi hakam: CHe San Yop (Janubiy Koreya)

Nazoratchi: Vo Xuy Txe (Vetnam)

Gollar: Jasur Hasanov, 13 (0:1) (SHoyqulov), Jasur Hasanov, 21 (0:2) (Norxonov), SHohruz Norxonov, 29 (0:3) (Denisov), Javohir Qahramonov, 79 (0:4) (Salomov)

"Xo'jand": 50. SHohruh Qirg'izboev, 5. Firdavs Abdusalimov, 7. Elchibek Rashidbekov, 8. Ehson Boboev, 18. Daler Yodgorov, 19. Sergey Garanza, 20. Samandar Ochilov (9. Firuz Xolmatov, 83), 21. Firdavs CHakalov (2. Darviz Izatshoev, 83), 62. Jahongir Ergashev, 73. Alisher Barotov (4. Parviz Boqiev, 33), 97. Sergey Ckanyan (11. Jumaboy Karimov, 83)

Zaxira: 16. Suxrobxo'ja Yusupov, 14. Tohir Maladustov, 15. Akbar Madminov

"So'g'diyona": 27. Milan Mitrovich, 2. Sardor Qulmatov, 6. Iskandar SHoyqulov, 10. SHohruz Norxonov (20. Bahodir Nasimov, 77), 11. Jasur Hasanov (17. Husniddin G'ofurov, 62), 12. Xislat Xalilov (5. Ayubxon No'monov, 61), 19. Javohir Qahramonov (3. Dian Talxatov, 87), 26. Vitaliy Denisov, 31. Luka CHermel, 77. Daniel Nasriddinov (39. SHavkat Salomov, 77), 93. Marko Kolakovich 

Zaxira: 1. SHirinboy Abdullaev, 28. Samandar Mavlonqulov, 29. Azamat Yunusov, 32. Nodir Soyibov

Ogohlantirishlar: Yodgorov (69), CHermel (80), Ckanyan (81)


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


UCHRASHUV YAKUNLANDI! O'ZBEK FUTBOL MUXLISLARINI "SO'G'DIYONA"NING KEYINGI BOSQICHGA YO'L OLGANI BILAN TABRIKLAYMAN!

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi, mezbonlar hujumchisining zarbasi esa darvoza to'siniga tegib, tarki maydon qildi.

89. G'ofurovning qanotdan uzatgan to'pini raqib darvozasiga to'g'rilab qo'yishi uchun Salomovning bo'yi kaltalik qildi.

87. O'zgarish: Talxatov Qahramonov o'rniga uchrashuvni yakunlab qo'yadigan bo'ldi.

79. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLL!!! Javohir Qahramonov Salomovning uzatmasidan keyin jamoasining to'rtinchi goliga mualliflik qildi.

78. "So'g'diyona" tarkibida yana ikki o'zgarish: Bahodir Nasimov va SHavkat Salomov Norxonov hamda Nasriddinovni almashtirdi.

O'yinda to'xtalish bo'lgan bir pallada tribuna yuqorisida selofan paketlar parvoz qilib yuribdi, shulardan biri kimningdir boshiga qo'ndi. Haligi kishi buni qaerdan kelganini anglolmay osmonga tikilib qoldi. Futbolchilar suv ichib bo'lishdi, yana o'yinga qaytamiz.

69. Yodgorov shuncha qilgan xatti-harakatlari bilan emas, sariq kartochkasi bilan bugungi o'yin tarixida qoladigan bo'ldi.

67. Ikkala jamoa azolari tomoqlarini ho'llab olishmoqda.

66. CHakalovning narigi qanotga oshirgan to'piga etishi uchun Abdusalimov kamida Useyn Bolt bo'lishi kerak edi.

61. "So'g'diyona" tarkibida ikki o'zgarish: Ayubxon No'monov Xislat Xalilov, Husniddin G'ofurov Jasur Hasanov o'rniga maydonga tushdi

60. ZARBA! Hasanov yana o'zidan yosh raqiblarini yosh bolalar singari dog'da qoldirdi hamda markazdan ochilib borayotgan Norxonovga pas berdi, SHohruzning zarbasidan so'ng mezbonlar posboni oyoqlari orasidan to'p o'tib ketishiga ruxsat bermadi.

55. Qahramonov ham narigi qanotdagi sherigidan o'rnak olgancha yurish amalga oshirdi, biroq uning shuncha yugurgani besamar yakunlandi.

49. "So'g'diyona" yarim himoyachisi bo'lar-bo'lmas aldashga urinish yaxshilikka olib kelmasligini Yodgorovga isbotlab qo'ydi.

47. Yodgorov chap qanotda Denisovdan qochib ketdi, keyin esa to'p Yodgorovdan qochib ketdi.

46. Ana-mana deguncha, ikkinchi bo'lim ham start oldi.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+1. Burchakdan uzatilgan to'p "qanot chiqarib", maydonni tark etdi, u futbolchilarning oyoqlari tagida qolishni istamadi.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

44. "So'g'diyona" futbolchilari bemalol mashg'ulotdagi singari bir-birlari bilan to'p oshirishmoqda, mezbonlar esa go'yo natija ularni qoniqtiradiganday oldinga harakat qilishmayapti.

42. "Xo'jand" futbolchisining zarbasini darvoza to'ridan qo'nim topishi uchun yon tomondan kuchli shamol esishi kerak edi. 

40. "Xo'jand" futbolchisiga noaniq zarba bergani uchun chin qalbimizdan minnatdorchilik bildiramiz.

38. Yodgorov yugurishni boshlab, bir raqibidan o'tdi, ikki raqibidan o'tdi, oxiri maydon tugab qoldi.

36. Hasanov yoshligini eslab, raqib himoyachilarini rosa sargardon qildi, biroq uning pasidan so'ng Xalilov mo'ljalni to'g'ri olib, gol urishga yoshlik qildi.

33. "Xo'jand" tarkibida o'zgarish: Barotov maydonni tark etdi, Boqiev maydonga tushirildi. 

31. "Xo'jand" futbolchisi raqibini aldayman deya u yoqqa yurdi-bu yoqqa yurdi, oxiri nima qilishni bilmasdan o'zi aldandi.

29. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLL!!! Denisovning mohirona uzatmasini Norxonov o'ta mohirona yakunladi.

Futbolchilar chanqoqlarini qondirib olishmoqda.

25. Garanza raqib darvozasi qolib, maydon atrofida o'rnatilgan baland dor (kanat) yo'lidan kimnidir "mo'ljalga oldi".

24. CHermel Van Persining Ispaniya darvozasiga gol urgan uslubida o'z darvozasini ishg'ol qilishiga bir bahya qoldi.

23. "So'g'diyona" futbolchilari standart amalga oshirishdi, qaytgan to'pga Xalilov kaft bilan peshonani ushlab kuzatadigan zarba yo'lladi.

21. GOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLL!!! Hasanov dublga erishmoqda!!!


20. Yodgorov jarimadan raqib darvozasini ishg'ol qilishga urinib ko'rdi, Mitrovich dastlab hazillashganday to'pni qo'llaridan chiqarib yubordi, so'ngra hammasi joyida deganday, xotirjam to'pni egallab oldi.

19. Qahramonov raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi, ammo mo'ljalni olishda adashdi.

17. Burchak zarbasidan qaytgan to'pga mezbonlar yarim himoyachisi muxlislari boshni changallaydigan darajada zarba yo'lladi.

13. GOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLL!!! Jasur Hasanov!!! CHap qanotdan yorib kirgan yarim himoyachi dastlab raqibning ikki himoyachisini "chang'i uchishga" majbur qildi, so'ngra kuchli zarba bilan darvoza to'riga tarsaki berdi. To'p yo'l-yo'lakay Firdavs Abdusalimovning oyoqlariga tegib, darvozaga kirib ketdi, ehtimol, avtogol bo'lishi mumkin.


12. Yodgorovning olisdan bergan zarbasini Mitrovich bemalol o'tirib olgancha ushlab oldi.

11. Nasriddinov va Yodgorov maydon markazida to'qnashib ketdi. Vaziyat mezbonlar foydasiga hal etildi.

9. "Xo'jand" futbolchilarida standart vaziyat yuzaga keldi. "So'g'diyona" himoyachilari faolligi evaziga vaziyat bartaraf etildi. 

6. ZARBALAR! Burchak to'pidan so'ng raqib darvozasi tomon nechta zarba yo'llanganini sanash uchun barmoqlarim etmay qoldi, so'nggisini esa Norxonov yo'lladi, u darvozani orqa tomondan ishg'ol qildi.

5. ZARBA! Norxonovning zarbasiga raqib himoyachisi qalqon bo'ldi

3. Daler Yodgorov uch nafar futbolchisini aldab o'tdi, mehmonlar uni yiqitishdi, shunday bo'lsa ham, Yodgorov yiqilar-yiqilmas, harakatda davom etdi.

2. Dastlabki daqiqalarda futbolchilarga qaraganda hakamning hushtagi faollik ko'rsatmoqda.

1. "So'g'diyona" futbolchilari o'yinni boshlab berishdi.

Bugun "Xo'jand" futbolchilari qizil-oq chiziqli futbolkada, "So'g'diyona" o'yinchilari esa to'liq oq rangli libosda harakat qilishadi. 

Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

Kuni kecha "Xo'jand"ning bugun asosiy tarkibda o'yinni boshlaydigan futbolchilari Firdavs Abdusalimov hamda Samandar Ochilov bugungi bahs haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Qolaversa, jizzaxliklar hujumchisi SHohruz Norxonov jamoasi bugungi to'qnashuvga butkul tayyorligini takidladi.

Jamolar o'yinoldi chigalyozdi mashg'ulotlarini amalga oshirmoqda.

Ushbu stadion Sirdaryo daryosining shundoq ro'parasida joylashgan ekan, bir tarafdan keng daryo, bir tarafdan esa purviqor tog'lar ko'zga tashlanib turadi. Qolaversa, maydon atrofida dor (kanat) yo'li o'rnatilgan bo'lib, mabodo, tribunada muxlislar to'lib-toshib, bilet etmay qolgan taqdirda, ushbu attrakcion ichida ham bemalol o'yinni tomosha qilish mumkin ekan. Albatta, uchrashuv vaqti ko'pchilik uchun noqulay vaqtga belgilanganiga qaramay, ko'pgina tomoshabinlar stadionga tashrif buyurishda davom etmoqda.

Bugun ommaviy vazn tashlash marosimi bo'lsa, ajabmas. Nafaqat, futbolchilar, balki biz ham ushbu jarayon ishtirokchilaridan birimiz. O'ylaymizki, o'y haroratining oldida shahardagi harorat hech narsa bo'lmay qoladi.

Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Ayni damda Tojikistonning Xo'jand shahrida bo'lib turibmiz. Quyosh boboning kayfiyati chog' bo'lishiga qaramay, "Tojikiston mustaqilligining 20 yilligi" stadionidan bevosita uchrashuvni matnli ko'rinishda etiboringizga havola etib boramiz.

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика