So’nggi yangiliklar

14:57"Пахтакор" академияси Жаҳоннинг энг яхши юзталигидан жой олди  0 14:52Куртуа "Реал" сафидаги юбилей ўйинини ўтказди  0 14:25"Андижон" Баҳрайн жамоаси билан дуранг ўйнаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 14:00"Милан" ҳимоячиси билан янги шартнома борасида музокаралар олиб бормоқда  0 13:32"Ливерпуль" Салоҳни 12 ўйинга йўқотиши мумкин  1 13:03Суперлига. 26-тур дисквалификациялари: "Пахтакор", "Сўғдиёна" ва "Шўртан"да йўқотишлар мавжуд  0 12:34Слот "Ливерпул"нинг 2 футболчиси жароҳат олганини маълум қилди  0 12:06Ўзбек клубларининг бағрига шамол тегадиган бўлдими?   2 11:48Антони ЙТҲда ҳалок бўлди  5 11:22Ла Лига президенти Хавьер Тебас "Барселона"нинг АҚШдаги ўйини бекор қилингани ҳақида кескин баёнот берди  4 10:30ОФК адолатсиз ташкилотми ёхуд нега Япония ОФКни тарк этмоқчи?  6 09:41Sofascore. Шомуродов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 09:17Суперлига. Бугун навбатдаги турга старт берилади  6 08:53ОЧЛ 2. "Истиқлол" ғалаба қозонди. Ашурматовнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 08:27Африканинг йил футболчиси учун номзодлар эълон қилинди  5

OFK adolatsiz tashkilotmi yoxud nega Yaponiya OFKni tark etmoqchi? Yangiliklar

OFK adolatsiz tashkilotmi yoxud nega Yaponiya OFKni tark etmoqchi?

Teglar :  YaponiyaOFK
Yaponiya OFKni tark etmoqchi ekanligi haqidagi xabarlar tarqaldi.

Iroqning UTV nashri malumotiga ko'ra, Yaponiya futbol associaciyasi Saudiya Arabistonida o'tkazilgan Elit Osiyo Chempionlar Ligasi musobaqasi atrofidagi bahsli qarorlardan so'ng OFKda "badavlat arab mamlakatlari tasiri" kuchayib borayotganidan g'azablanmoqda. Ushbu xabardan so'ng Osiyo OAVlarida yaponlarning Osiyo futbol konfederaciyasidan chiqib, yangi boshqaruv organini tuzishi mumkinligi keng muhokama qilinmoqda. Keling, barchasiga batafsil to'xtalib o'tamiz.

Yaponiyada OFKdan chiqish harakatlari paydo bo'lmoqda, chunki bu tashkilot korrupciyalashgan va Qatar pullari bilan boshqarilishi va aynan shu sababli OFKga nisbatan ishonchsizlik ortib bormoqda, deya xabar bermoqda Iroq telekanali. Yaponlar nafaqat Qatar, balki Saudiya Arabistonining ham tasiri kuchayib borayotganidan xavotirda. Ular yapon klublarining muntazam ravishda noqulay o'yin jadvallaridan aziyat chekishayotganini takidlashmoqda. Buning o'rniga mustaqil "Sharqiy Osiyo federaciyasi"ni tashkil etish ko'rib chiqilmoqda, unga bir vaqtning o'zida Iroq ham taklif etiladi. Hozircha batafsil malumotlar yo'q.


Yaponiyang "Vissel Kobe" klubi reglamentdan jabr ko'rdi

O'tgan mavsumda Elit OCHLda bir hodisa yuz berdi. Xitoyning "Shandun Tayshan" klubi sakkiz turdan ettitasini o'tkazib, musobaqani tark etdi. Sakkizinchi, yani so'nggi o'yindagi ishtirok qolganda, Xitoy klubi o'yinchilarning sog'lig'i bilan bog'liq jiddiy muammolar tufayli tarkib tuza olmasliklarini malum qilishdi. Vaholanki, 1/8 finalga chiqish uchun so'nggi turda jamoadan faqatgina mag'lub bo'lmaslik talab etilar edi. Buning o'rniga natijalar bekor qilindi va jamoa so'nggi o'ringa tushib ketdi. "Shandun" musobaqadan chetlatilgach esa, "Shanxay Shenxua", "Shanxay Port" va "Buriram Yunayted jamoalari 8ta o'yin o'tkazishdi, qolganlar esa 7tadan.

Bu holat yaponlarning etiroziga sabab bo'ldi. Reglamentga ko'ra, musobaqani tark etgan jamoaning barcha o'yinlari bekor qilinishi lozim. Shunday qilib, Yaponiyaning "Vissel Kobe" klubi uch ochkodan mahrum bo'ldi. Natijada, klub yakunda avvalgi holatdagidek uchinchi o'rinni emas, beshinchi o'rinni egalladi. Buning barchasi "Shandun Tayshan" musobaqani tugata olmagani tufayli. Oqibatda, kuchsizroq raqib va uy maydonidagi javob uchrashuvini qabul qilish kabi ustunliklardan mahrum bo'ldi.

"Vissel Kobe" to'rtinchi o'rindagi Koreyaning "Gvangju" klubi bilan to'qnash keldi. Yaponlar o'z uyida 2:0 hisobida g'alaba qozongan bo'lsa, biroq safarda 0:3 hisobida mag'lubiyatga uchradi va musobaqani tark etdi. Liga bosqichini uchinchi o'rinda yakunlagan "Joxor Darul Tazim" esa oltinchi o'rindagi Tailandning "Buriram Yunayted" jamoasi bilan kuch sinashdi va javob uchrashuvini o'z maydonida qabul qildi. Lekin Malayziya klubi baribir musobaqani tark etdi.


OCHL finali bitta uchrashuvdan iborat va Saudiya Arabistonida o'tkaziladi

Saudiya Arabistoni va Qatarning tasiri kuchayishi deganda, bu mamlakatlarda musobaqalar o'tkazilishi ham nazarda tutilmoqda. Masalan, o'tgan yilgi Elit OCHLning barcha chorak final, yarim final va final uchrashuvlari markazlashgan holda Saudiya Arabistonida o'tkazildi. Har bir bosqich faqat bir o'yindan iborat edi. Chorak finalda ishtirok etgan "Al Hilol", "Al Ahli" va "Al Nassr" o'z raqiblarini mag'lub etishdi. "Al Hilol" "Gvangju"ni 7:0, "Al Ahli" "Buriram Yunayted"ni 3:0 va "Al Nassr" "Yokogama Marinos"ni 4:1 hisobida er tishlatdi. Saudiya klublari o'z raqiblarini yirik hisobda mag'lub etishdi va barcha o'yinlar Jiddada o'tkazildi.

Yarim finalda "Al-Ahli" "Al-Hilol"ni engdi, "Al-Nassr" esa Yaponiyaning "Kavasaki"ga yutqazdi. Finalda esa "Al-Ahli" "Kavasaki"ni mag'lub etdi va tabiiyki o'sha kuni stadionda saudiyalik muxlislar soni ancha ko'proq edi. 2025/26 yilgi mavsumda chorak finaldan boshlab barcha o'yinlar yana markazlashgan holda Saudiya Arabistonida o'tkaziladi. Faqatgina Jiddada emas, poytaxt Ar-Riyodda.


Saudiya Arabistoni va Qatar o'z uyida o'ynab, mundialga yo'l olishdi

JCH-2026 uchun OFKga 8.5ta yo'llanma berildi va saralash musobaqasining formati biroz o'zgardi. Osiyo saralashida 18 terma jamoa uch guruhga bo'lindi, o'z guruhlaridan birinchi va ikkinchi o'rinni egallagan terma jamoalar to'g'ridan-to'g'ri JCHga yo'l olishdi. Guruhda uchinchi va to'rtinchi pog'onadagi jamoalar esa, to'rtinchi pley-off bosqichida ishtirok etishdi. Yaqinda yakuniga etgan to'rtinchi saralash bosqichi qanday o'tkazilganidan xabaringiz bor. Olti nafar terma jamoa uch nafardan ikki guruhga bo'lindi va guruh g'oliblari mundial "chipta"si bilan rag'batlantirildi. "A" guruhda Qatar, BAA va O'mon joy olishdi va yakunda so'nggi mundial mezboni guruh g'olibi bo'ldi. "B" guruhida esa Saudiya Arabistoni, Iroq va Indoneziya yo'llanma uchun kurashishdi va Saudiya JCHga yo'l oldi. Etirozga sabab bo'lgan asosiy jihatlarga to'xtalib o'tamiz.

Qatar va Saudiya Arabistoni to'rtinchi saralash bosqichida ishtirok etdi va ikki mamlakat ham ushbu bosqichga mezbonlik qildi. Bu esa boshqa ishtirokchilarga nisbatan adolatsizlikdek. "A" guruhidagi barcha uchrashuvlar Dohadagi "Jassim Bin Hamad" stadionida o'tkazildi. "B" guruhidagi bahslar esa Jiddadagi "Qirol Abdulloh" stadionida o'tkazildi. OFK Qatar va Saudiya Arabistoni saralashning to'rtinchi bosqichiga mezbonlik qilishini 13-iyun kuni elon qildi, ammo mezbonlik huquqi nega aynan Qatar va Saudiya Arabistoniga berilgani, uchrashuvlarni o'zida qabul qilishga qiziqish bildirgan mamlakatlar va ularga qo'yilgan talablar haqidagi malumotlarni ochiqlamadi.

Mezbonlarga yana bir imtiyoz berildi. Faqat mezbon jamoalarning o'yinlari orasi deyarli bir hafta edi. Qatar O'mon bilan to'qnash keldi va faqatgina olti kundan so'ng BAA bilan o'ynadi. Shu bilan birga, O'mon va BAAda o'yinlar orasidagi tanaffus atigi uch kunni tashkil etdi. Saudiyada ham shunday holat, ular dastlab Indoneziya bilan bellashishdi va deyarli bir haftadan so'ng Iroq bilan o'ynadi. To'rtinchi bosqichga qura tashlash marosimi 17-iyul kuni Kuala-Lumpurda o'tkazildi va marosimda Timur Kapadze ishtirok etganidan xabaringiz bor. Qura tashlash marosimi uchun terma jamoalarni taqsimlab olishda OFK FIFA reytingidan foydalandi. Yani FIFA reytingida balandroq o'rinni egallab turgan jamoalar birinchi savatchadan joy oldi. Terma jamoalar uch savatchaga quyidagicha taqsimlandi: Qatar va Saudiya Arabistoni birinchi savatchada, BAA va Iroq ikkinchi, O'mon va Indoneziya esa uchinchi savatchadan o'rin egalladi. OFK terma jamoalarni savatchalarga taqsimlashda FIFA reytingining 13-iyun sanasida aktual bo'lgan jadvalga tayandi (suratda keltirilgan), ammo qura tashlash marosimi 17-iyul kuni o'tkaziladi. Bir oydan ko'proq muddatdan so'ng. Eng qizig'i, ushbu vaqt davomida FIFA reytingi yangilandi. 10-iyul kuni FIFA reytingining yangilangan jadvali taqdim etildi va yangi jadvalda terma jamoalarning iyun oyidagi FIFA kunlarida qayd etgan natijalari hisobga olingan edi. Iyul oyida yangilangan FIFA reytingiga ko'ra Iroq Saudiya Arabistonini quvib o'tgan edi, lekin OFK to'rtinchi bosqichga qura tashlash marosimi uchun terma jamoalarni savatchalarga taqsimlash jarayonida FIFA reytingining 13-iyundagi jadvaliga tayandi. Unga qadar esa FIFA reytingi aprel oyida yangilangan edi. Vaholanki, OFK aprel oyida elon qilingan reytingidan foydalandi. Nega? OFKning g'alati qaroridan Iroq terma jamoasi aziyat chekkandek.

Yakunda Qatar va Saudiya okean ortida bo'lib o'tadigan to'rt yillikning eng yirik musobaqasida ishtirok etadigan bo'lishdi. Iroq va BAA esa endi 0.5ta yo'llanma uchun kurashishadi.



P.S Biroq ushbu muammo Yaponiyaga bevosita aloqador emas, sababi "samuray"lar JCH-2026 yo'llanmasini qo'lga kiritgan dunyodagi birinchi mamlakat hisoblanadi. Yaponlar mart oyidayoq JCH yo'llanmasini hal etib bo'lishgan edi.

Kimlar bu haqda gapirdi?

O'mon terma jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrush yaqinda bo'lib o'tgan CAFA Nations Cup-2025 musobaqasi doirasida ushbu bahsli masalalar bo'yicha izoh berdi. O'zbekiston terma jamoasiga qarshi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida portugaliyalik mutaxassis shunday dedi:

"Biz keyingi oyda Qatar va BAAga qarshi o'ynaymiz, ustiga-ustak Qatar maydonida. O'sha sanalarda dunyodagi barcha stadionlar band bo'lar ekan va shuning uchun biz Qatarda o'yin o'tkazamiz. Qatarga qarshi Qatarda o'ynaymiz. Ular shunday qaror qilishdi. Biz ushbu uchrashuvlarga tayyor bo'lib borishimiz kerak, ayniqsa ruhiy jihatdan"

"Paxtakor"ning iroqlik himoyachisi Zaid Tahsinga ushbu masala bo'yicha savol berdim va uning javobi shunday bo'ldi:

"Biz dastlabki o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Sababi besh kun vaqtimiz bor edi, Indoneziyadan keyin esa bor-yo'g'i uch kun vaqt bor edi. Bir kun tiklanishga va bizda faqatgina ikki kun qoldi. Jismoniy jihatdan qiynalib qoldik. Saudiya Arabistonidagi ob-havo ham juda issiq edi. Endi bularning barchasi haqida gapirishning foydasi yo'q. Barchasi ortda qoldi. Ko'proq mehnat qilib, mundialni ko'zlaymiz. BAAga qarshi o'yin oson kechmaydi, ammo biz JCHga chiqishni istaymiz"


Sharqiy Osiyo futbol federaciyasi (EAFF)

Sharqiy Osiyo futbol federaciyasi (EAFF) 2002 yilda Yaponiya, Janubiy Koreya va Xitoy tashabbusi bilan tashkil topgan. Tashkilotning bosh qarorgohi Tokioda joylashgan. Hozirgi kunda federaciyaga Yaponiya, Xitoy, Koreya Respublikasi, KXDR, Mo'g'uliston, Xitoy Taypeyi, Gonkong, Makao, Guam va Shimoliy Mariana orollari azo.

EAFF Osiyo Futbol Konfederaciyasi (OFK) tarkibida faoliyat yuritadi va mustaqil maqomga ega emas. Biroq u Osiyo futbolida Sharqiy Osiyoning tasirini kuchaytirish maqsadida tuzilgan. Uning asosiy musobaqasi mintaqa terma jamoalari o'rtasida har ikki yilda bir marta o'tkaziladigan EAFF E-1 futbol musobaqasidir.



Ekspertlar nima deydi?

Yaponiyalik sport jurnalisti Shuichi Tamura ushbu gap-so'zlar haqida shunday fikr bildirdi:

"Yangiliklarni o'qidim, ammo Yaponiyada bu haqda hech kim o'ylamayapti. Yaponiyaning OFKdan mustaqil bo'lishi haqiqatdan yiroq fikr. Yaponiya 2002 yilda OFKdan ajralib chiqish maqsadida Sharqiy Osiyo futbol federaciyasini (EAFF) tashkil etgan edi. Biroq bugungi kunda siyosiy jihatdan ular hech qanday harakatni amalga oshirmayapti. Shunday ekan, ushbu xabarlarga katta etibor berish kerak emas deb o'ylayman"


Shuningdek, Osiyo futbolida o'z nomiga ega bo'lgan inson bilan bog'landik, ammo shaxs o'z ismini ochiqlamaslikni iltimos qildi.

"Bu gap-so'zlar Iroqdan tarqaldi. Endi esa bu mavzu ko'p muhokama qilinmoqda. Ushbu voqeiylikning amalga oshish ehtimoli nolga teng. Mening nazarimda, 30 yildan so'ng Shimoliy Afrika mamlakatlari va Sharqiy Osiyo birlashishi mumkin, ammo bu uchun juda katta mablag' va katta siyosiy kuchlarning aralashuvi talab etiladi. Bu mening taxminim, xolos. Shimoliy Afrika va Sharqiy Osiyo MENAga aylanadi (MENA - Middle East and North Africa, geografiyadagi maxsus atama. Mag'rib va yaqin sharq mamlakatlarining birlashmasi uchun ishlatiladigan termin).

Janubiy Afrika, shuningdek Shimoliy, Sharqiy va Janubi-Sharqiy Osiyo alohida konfederaciyalarga bo'linib ketishi mumkin. Sizlarning mintaqa, Markaziy Osiyo esa alohida ajralib, JCHga 2ta yo'llanma beradigan konfederaciyaga aylanish ehtimoli bor. Bularning barchasi Jahon chempionatining ishtirokchilari soni 64tagacha ko'paytirilishi tufayli ro'y berishi mumkin. JCHda 64talik format tashkil etilishi ehtimoliga ishonaman", - dedi "inkognito" shaxs.


Xulosa

Hozircha Yaponiyaning OFKdan chiqishi mumkinligi haqidagi xabarlarni jiddiy qabul qilish kerak emas. Malumot tarqatgan manba ishonchli ekanligiga shubha bor.

To'g'ri, OFKning ko'pgina qarorlari bahsli, biroq tanganing ikkinchi tomoni ham bor. Misol uchun, JCH-2026  to'rtinchi saralash bosqichini Qatar va Saudiyadan boshqa yana qaysi mamlakat qabul qilishga davogarlik qilgan va qiziqish bildirgan ekan? Futbol infratuzilmasi rivojlangan Yaponiya, Janubiy Koreya va Xitoy kabi mamlakatlar to'rtinchi saralash bosqichini qabul qilishga qiziqish bildirganmi? Ushbu savollarga esa faqatgina OFKning o'zi javob berishi mumkin.

Elit OCHLning eng qiziqarli bosqichini markazlashgan holda Saudiya Arabistonida o'tkazish kabi mantiqsiz qarorlarni imkon qadar tezroq to'g'irlash kerak, nazarimda.


https://www.the-afc.com/en/national/asian_qualifiers.html/news/hosts-of-afc-asian-qualifiers%E2%84%A2-%E2%80%93-road-to-26-playoffs-confirmed


Reyting: +4   

Fikrlar

+1   
23 okt 10:42:51
Dido &
Bu Afc tashkiloti arablani malagi yoki maymuni o'ynatadigan! naxotki o'zini fikri yoq bu tashkiloti shunaqayam laqma lox tashkilot bo'ladimi korupsiya kuchayib ketgan manimcha bu tashkilotda
   
23 okt 14:19:13
Адхамжон Низамов
ЮВЕНТУС-10 foydalanuvchining fikriga javob berish
Агар марказий Осиёда 2 та йулланма берса хам чикиш кийин булади чунки Козогистон ва Эрон бор
Козогистон УЕФА да
   
23 okt 12:59:40
Tinchliksevar
ЮВЕНТУС-10 foydalanuvchining fikriga javob berish
Агар марказий Осиёда 2 та йулланма берса хам чикиш кийин булади чунки Козогистон ва Эрон бор
Futbol koʻrmaysiz ekanda Qozogʻiston yevropada
   
23 okt 12:17:00
ЮВЕНТУС-10
Агар марказий Осиёда 2 та йулланма берса хам чикиш кийин булади чунки Козогистон ва Эрон бор
   
23 okt 11:22:06
تعمورخن ومار خجا
AFC aslida ARAB FUTBOL CONFEDERATSIASI
   
23 okt 11:06:12
O A
Ўша саналарда дунёдаги барча стадионлар банд бўлар экан ва шунинг учун биз Қатарда ўйин ўтказамиз.(c)

Keyrush )))))))))))))))))))) THIS IS OSIYO !!!!!!!!

YOQMASA YEVROPANGGA BOOOOOOOOOR xd xd xd
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика