Karlush Keyrush: "Ochig'ini aytaman, bugun g'alaba qozonishimiz kyerak edi"

Alisher Ostonov
31 avg 2025, 01:01
"CAFA Nations Cup-2025" "A" guruh 1-tur doirasidagi O'zbekiston va O'mon o'rtasidagi bahsdan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Karlush Keyrush matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Birinchi navbatda bugun yaxshi o'yin bo'ldi deb o'ylayman. Bugungi uchrashuvdan ko'plab xulosalar chiqaramiz. O'zbekiston JCHga chiqqan jamoa va bunday raqibga qarshi o'ynash juda foydali. Bugungi bahs bizga o'sishga yordam byeradi. Biz faqatgina natija va g'alaba uchun o'ynashimiz kyerak. Ochig'ini aytaman, bugun g'alaba qozonishimiz kyerak edi"

- O'mon tyerma jamoasi oktyabr oyida JCH saralashining so'nggi ikki bahsida ishtirok etadi. Hozir esa jamoa CAFA musobaqasida ishtirok etmoqda va guruh bosqichidayoq uchta o'yin o'tkazadi. Ushbu FIFA kunlaridan so'ng esa O'mon chempionatida yana uchta tur o'tkaziladi va undan so'ng oktyabr oyidagi FIFA kunlari. Bunday zich taqvim jamoaning zarariga ishlashi mumkinmi? Masalan, CAFA musobaqasidagi kamida uchta o'yindan ko'ra, O'mon ikkita o'rtoqlik o'yinida ishtirok etib qo'ygani yaxshi emasmidi?

- Bunday variant ham yaxshi edi, ammo men tyerma jamoaga kelgan vaqtim CAFA musobaqasidagi ishtirok aniq bo'lib ulgurgan edi. Bu rejani menga byerishdi, men qabul qilganim yo'q. Shuning uchun, shunchaki futbol o'ynaylik va rohatlanaylik. Biz bu yerga uchta o'yinda emas, to'rtta o'yinda ishtirok etish uchun kelganmiz. Tyerma jamoadagi yosh futbolchilarga imkon qadar xalqaro tajriba byerish mening maqsadim. Olti nafar asosiy futbolchimiz bugungi uchrashuvda ishtirok etmadi, ikkitasida jarohat bor. Ikki nafar futbolchini yoshlar tyerma jamoasidan jalb etdik. Bunday o'yinlar futbolchilarga o'sish uchun yordam byeradi. Bunday holatdan noligandan ko'ra, vaziyatni qabul qilish kyerak. Bor imkoniyatdan foydalanishimiz kyerak.



- Karlush Keyrush faoliyati davomida besh marotaba Toshkentga kelgan. Bugungi durangni hisobga olmasak, qolgan barcha uchrashuvlarda Keyrush jamoalari O'zbekistonni mag'lub etgan. Bunday statistikaning siri nimada? Keyrush O'zbekistonga qarshi yaxshi o'ynay olishining sirichi?

- Men O'zbekistonga hech qachon yutqazmaganman, lekin O'zbekistonni juda yaxshi ko'raman. Sizlarni yana bir marotaba JCHga chiqqanlaringiz bilan tabriklayman. Murabbiy sifatidagi mening asosiy ishim - g'alaba qozonish. Bugun maydonda ikki hil futbol uslubinin ko'rdik. O'zbekiston ko'proq ochiq futbol namoyish etsa, biz ko'proq vyertikal futbol o'ynadik. Maydonda nima bo'lishidan qati nazar, maqsad g'alaba qozonish edi. Futbolchilar maydonda kurashishdi va jang qilishdi. Biz bugun g'alaba qozonishimiz kyerak edi, ammo biroz omadimiz kelmadi.

- Bugun, O'mon tyerma jamoasinig o'yini menga yorqinroq ko'rindi. O'mon futbol federatsiyasi sizga aniq bir vazifa yuklatdimi?

- Maqsadimiz - Jahon chempionatiga chiqish. Biz O'zbekiston bilan birga Jahon chempionatida ishtirok etmoqchimiz. Yigitlarim bugun namoyish etgan ishtiyoq meni xursand qildi. Biz keyingi oy Qatar va BAAga qarshi o'ynaymiz. Ustiga-ustak Qatar maydonida. Aynan Qatar maydonida. O'sha sanalarga dunyoda barcha stadionlar band bo'lar ekan va biz shuning uchun Qatarda o'yin o'tkazamiz. Qatarga qarshi Qatarda o'ynaymiz. Ular shunday qaror qilishdi. Biz ushbu uchrashuvlarga tayyor bo'lib borishimiz kyerak, ayniqsa ruhiy jihatdan.

- O'mon xalqi uchun Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritish nimani anglatadi deb o'ylaysiz?

- Orzuning amalga oshishi. Bu bizning oldimizga qo'yilgan jiddiy chaqiruv, lekin to'p harakat to'xtamaydi. Hisob esa 0:0. O'yin yakunlanganiga qadar bizda imkoniyat bo'ladi. Shuningdek, O'mon muxlislari ko'plab safar uchrashuvlariga borishadi. Agar O'mon JCHGa chiqsa, minglab muxlislar AQSHga boradi. 

- Agar O'mon bilan mundialga chiqa olsam, bu mening beshinchi mundialim bo'ladi. Besh tyerma jamoa bilan Jahon chempionatiga chiqqan birinchi murabbiy men bo'laman. Bora Milutinovich AQSH bilan saralashda ishtirok etmagan. Shuning uchun men rekordchi bo'lishga imkoniyatim bor. Agar ushbu natijaga erishsam, O'mon poytaxti Muskat shahridan Nyu-Yorkgacha suzib boraman.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia