So’nggi yangiliklar

11:33"Атлетико" футболчиси КЖЧ ташкилотчилигидан норози  1 11:05Ямаль ва францияликлар: Европанинг 2025 йилдаги энг креатив футболчилари  3 10:42Неймарнинг келажаги маълум  1 10:10“Ал Ҳилол“ Осимхенга сўнгги даҳшатли таклифни юборди  0 09:43“Арсенал“ Виктор Гёкерешни сотиб ололмаган тақдирда кимни харид қилиши маълум  1 09:16Кайл Уокер АПЛнинг бошқа жамоасига ўтиши мумкин  0 08:50Фатининг кейинги жамоаси деярли аниқ  1 08:23Хаби Алонсо “Реал“ футболчиларига ультиматум қўйди  15 07:47CAFA U20 Championship 2025. U-18 терма жамоамиз ҳеч бир учрашувда ғалаба қозонмай мусобақани якунлади  16 07:20Клублар ўртасидаги ЖЧ. Учта қизил кўрсатилган баҳсда “Бенфика“ кичик камбек амалга оширди  2 02:00КЧЖ. "Челси" ишончли ғалабага эришди  3 01:42Фердинанд Фернандешнинг "Ал Ҳилол"га рад жавоби ҳақида: "Бу унинг садоқатидан далолат беради"  0 00:56"Наполи" "Манчестер Сити" футболчисига қизиқмоқда, лекин...  0 00:30Фарҳод Нишонов: "Захирадан тушган футболчиларимиз ўйинни ўзгартириб юборди, фақат ёмон томонга"  3 23:55Григорий Колосовский: "Рақиб ғалаба учун ўйнади. Биз эса ғалабани истадик"  1

O'FF Xalq talimi vazirligi bilan memorandum imzoladi Yangiliklar

O'FF Xalq talimi vazirligi bilan memorandum imzoladi

O'zbekiston futbol federaciyasi hamda O'zbekiston Respublikasi Xalq talimi vazirligi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun o'zaro memorandum imzoladi.

Memorandum doirasida tomonlar quyidagi yo'nalishlarda hamkorlik qiladilar:

-maktab o'quvchilarining bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida ular o'rtasida ommaviy futbol musobaqalari, mini-futbol, qizlar o'rtasida futbol va boshqa turdagi musobaqalarni yuqori saviyada tashkil etish va o'tkazish;

-xorijlik tajribali murabbiylar va texnik direktorlar kuzatuvi ostida mintaqalarda futbolning rivoji uchun tanlangan yangi metodika asosida bolalar va o'smirlarning talim olishini takomillashtirish;

-futbol jamoatchiligi ishtirokida futbol festivallari va boshqa bayram tadbirlarini o'tkazish;

-respublika, viloyat, tuman (shahar) miqyosidagi musobaqalar, futbol festivallari, treninglar va boshqa tadbirlarni tashkil etish hamda unda malakali mutaxassislar ishtirokini taminlash.

SHuningdek, o'zaro kelishuvga ko'ra futbolga oid metodik o'quv-qo'llanmalar yaratilishi hamda ularning tasdiqlanishida Xalq talimi vazirligi tizimida faoliyat yuritayotgan malakali mutaxassislar jalb etib boriladi.

SHuni alohida qayd etish kerakki, joriy yilda butun respublika bo'ylab bolalar va o'smirlar o'rtasida 1000ga yaqin musobaqa o'tkazilishi rejalashtirilgan bo'lib, bu musobaqalarga Xalq talimi vazirligi tizimidagi talim muassasalari faol jalb qilinadi.


Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика