O'FF delegaciyasi FIFA Kongressidagi ishtirokini yakunladi
12 iyu 2014 19:18
Yangiliklar
O'FF delegaciyasi FIFA Kongressidagi ishtirokini yakunladi
O'zbekiston Futbol Federaciyasi delegaciyasi Braziliyaning San Paulu shahridagi FIFAning 64-Kongressidagi ishtirokini yakunladi.
Uch kishidan iborat O'zbekiston Futbol Federaciyasi delegaciyasi FIFA Kongressi doirasida dunyo futbol uyushmalari bilan uchrashib o'zaro fikr almashdi. O'FF Prezidenti Mirabror Usmonov tashrif doirasida OFK prezidenti SHayx Salmon Ibrohim bin Halifa, UEFA prezidenti Mishel Platini bilan uchrashdi.
O'FF Prezidenti, shuningdek, Yaponiya, Koreya, Qatar, Iordaniya, Armaniston, Gruziya kabi futbol uyushmasi vakillari va rahbarlari bilan uchrashdi.
Malumot o'rnida, OFKning navbatdan tashqari, FIFAning 64-Kongressida O'FFdan 3 kishi - O'FF prezidenti Mirabror Usmonov, O'FF birinchi vice-prezidenti Sardor Rahmatullaev va O'FF matbuot xizmati boshlig'i Sanjar Rizaev qatnashdi. O'FF delegaciyasi barcha futbol uyushmalari vakillari qatori bugun San-Pauluda shahida bo'lib o'tadigan Jahon chempionatining ochilish marosimi va uchrashuvini tomosha qiladi.
San-Pauluda bo'lib o'tadigan Jahon chempionati ochilish uchrashuvi - Braziliya-Xorvatiya uchrashuvidan so'ng O'FF delegaciyasi Dubay orqali 14 iyun kuni kunning ikkincha yarmida Toshkentga uchib keladi.

Fikrlar