So’nggi yangiliklar

11:34"Барселона" икки футболчи билан шартномани бекор қилмоқчи  0 10:54Луис Диаснинг "Барселона"га ўтишига Исаак ёки Экитике сабабчи бўлиши мумкин  2 10:15Лёв ёки Билич келишига Кападзе нима дейди?  47 09:56Серхио Рамосдан "Реал"ни тарк этган Лукаc Васкесга самимий мактуб: "Сени соғинамиз, Пико"  0 09:29Тимур Кападзе: "Қуръа яхши ўтди, ҳаммасини вақт кўрсатади"  6 08:55"Бухоро" иккинчи даврада рақибларини Қаршида қабул қилади  10 08:30"Ўзбекистонда қолсам, "Бунёдкор"дан бошқа жамоага ўтмасдим" — Луис Качорри билан интервью  3 08:00Луис Энрике ПСЖда ортиқча футболчиларни захирага юборди — Асенсио, Солер ва Шкриньяр клуб изламоқда  0 07:28Кристиан Новак: "Мухлислар стадионда тасаввур қилиб бўлмайдиган даражадаги атмосферани яратишади ва биринчи ўйинимни сабрсизлик билан кутяпман"  2 01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  3 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  2 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  6 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  14 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  3

O'FAdan rivojlanish sari: Turkiyaning eng katta akademiyasida master klass Yangiliklar

O'FAdan rivojlanish sari: Turkiyaning eng katta akademiyasida master klass

O'FA tomonidan Respublikadagi oliy mahorat maktablari direktorlari uchun Turkiyada master klass tadbiri tashkil qilinyapti.

Bugun delegaciya vakillari Turkiyada yil sayin o'z o'rnini mustahkamlab borayotgan, mamlakatning Evropa qismining eng kuchli akademiyasiga aylangan Oltino'rda bazasida bo'lishdi. U erda jamoani akademiyaga asos solgan, turk futbolida o'z o'rniga ega Seit Mehmet Ozkanning shaxsan o'zi kutib oldi.




Turkiya afsonasi Metin Oktay nomiga qo'yilgan mazkur akademiya "Izmir Cup" musobaqasi bilan Evropada o'z o'rniga ega. Har yili ishtirok etadigan 64ta jamoa ichida "Barselona", "Bavariya", "Manchester Siti" va kolgan grandlarni ko'rishingiz mumkin.

Tashrif davomida direktorlar zamonaviy akademiya kanday bo'lishi kerakligi bo'yicha tushuncha oldilar. Bu erdagi saralash tizimi, murabbiylarning malakasini oshirish dasturi, infrastruktura jihatdan maydonlarni to'g'ri joylashinuvi kabi muhim masalalar o'rganildi. SHu tarika bugungi asosiy mavzu Oltino'rda bo'ldi.

Seit Mehmet Ozkan delegaciya rahbari Nodirxo'ja Yuldashev, O'FA bolalar o'smirlar bo'limi boshlig'i Mamur Saidqosimov boshchiligidagi akademiya direktorlariga o'z tajribasi bilan o'rtoqlashdi. Ularga master-klass ko'rsatib, barcha 10 yil davomida qilgan ishlari bilan o'rtoqlashdi. Mazkur akademiyani 2012 yilda quruq erga qurish boshlangan. 2022 yilga kelib mana shunday holatga keldi. 10 yil davomida Seit Mexmet Ozkan bu akademiya uchun davlatdan pul olmay, faqat o'zining shaxsiy pullaridan 23 million evro sarflagan.



Ertaga delegaciya 7 yil ichida Turkiyaning turli yoshdagi terma jamoalariga, xususan Turkiya milliy terma jamoasiga 54 nafar futbolchini tarbiyalab bergan Oltino'rdaning Izmirdagi ish uslubini o'rganadi va Yashilyurtdagi eng birinchi filialiga tashrif buyuradi.

26 noyabr kuni delegaciya vakillari Otabek SHukurov faoliyat olib borayotgan "Fatih Karagyumruk" akademiyasiga tashrif buyuradilar va shu kuni Turkiyaning U-19 ligasida ishtirok etadigan "Galatasaroy" jamoasining o'yiniga tashrif buyuradilar. SHu bilan bir qatorda akademiya direktori Orhan Atik bilan "Galatasaroy" strukturasi yaqindan o'rganiladi.

27 noyabr kuni rejaga ko'ra "Beshiktosh" akademiyasiga safar qilinadi. SHu kuni Turkiya bolalar ligasi tur uchrashuvlariga tashrif buyuriladi. Undan tashqari Istanbuldagi ommaviy futbol dasturi bilan yaqindan tanishilinadi.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика