So’nggi yangiliklar

11:53Модрич "Реал"га қайтиши мумкин  0 11:25Бахтсиз ҳодисада омон қолган Майкл Антонио "Вест Хэм"ни тарк этди  0 10:45Жанлуижи Доннаруммага ТОП клублардан таклиф тушди  1 10:12Можаро давом этади. Тер Штеген "Барселона" шифокорларини уйига киритишдан бош тортмоқда  9 09:40Фабрицио Романо ёзда "Челси"ни тарк этадиган икки нафар футболчи номини айтди  3 09:08МЮ Антонига нарх белгилади  0 08:36"Олтин тўп"га даъвогарларнинг янгиланган рейтинги эълон қилинди. Ким фаворит?  13 08:03Суперлига. Бугун 17-тур якунланади  3 07:30"Ал Насср" Португалия клубини йирик ҳисобда мағлуб этди. Роналдудан хет-трик  1 07:15Суперлига. Водий дербисида "Нефтчи" ғалаба қозонди, "Андижон" эса "Насаф" билан дуранг ўйнади  1 01:15Шешко сабабли МЮ ўз ҳужумчисидан воз кечмоқда  2 00:49Зидан келаси йили мураббийликка қайтиши кутилмоқда  1 00:17Шешко Каррингтонда  2 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" сафарда иродали ғалабага эришди, Шомуродов захирадан ўйинга қўшилди  34 23:31Рўзиқул Бердиев: "Охирги зарбани беришда совуққонлик етишмади"  14

O'FA rahbari Abdusalom Azizov O'zbekiston U-23 terma jamoasi bilan uchrashdi Yangiliklar

O'FA rahbari Abdusalom Azizov O'zbekiston U-23 terma jamoasi bilan uchrashdi

Xabaringiz bor, bugun yurtimiz maydonlarida 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida Osiyo kubogi bahslari start oladi.

Mezbon O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi esa guruh bosqichida Turkmaniston, Qatar va Eron vakillariga qarshi bahs olib boradi.

Kecha O'FA Prezidenti Abdusalom Azizov Turkmaniston bilan bo'lib o'tadigan ilk o'yin oldidan O'zbekiston U-23 terma jamoasi azolari bilan uchrashdi. Dastlab, futbolimiz rahbari yoshlar jamoamiz oldida turgan ushbu musobaqaning masuliyati haqida fikr bildirdi.

Eng avvalo, terma jamoada o'ynash har bir futbolchi uchun faxr ekanligi, jamoa birdam bo'lib, Vatan sharafi uchun kurashishi va yurt obro'sini xalqaro musobaqalarda munosib himoya qilishi kerakligini takidladi. SHuningdek, jamoaning oldida turgan asosiy maqsadlardan biri — Parij Olimpiadasiga puxta va tizimli tayyorgarlik ko'rish, har bir futbolchi professionalizm, intilish va mehnatsevarlikni o'zida mujassam qilib borishi kerakligi aytildi. Ijobiy natijaga erishish uchun O'FA tomonidan barcha zarur sharoitlar taqdim etilishi malum qilindi.

O'z o'rnida jamoamizning bir qator etakchi futbolchilari ham o'z fikrlarini bildirib o'tishdi. SHundan keyin Abdusalom Azizov murabbiylar shtabi bilan jamoaning ayni paytdagi holati va tayyorgarlik jarayoni haqida suhbatlashdi. Tibbiy shtab tomonidan futbolchilarning sog'ligi, tiklanishi va vitaminizaciyalash jarayoni borasida malumotlar eshittirildi. O'FA Prezidenti futbolchilarga eng zamonaviy, yuqori darajadagi tibbiy yordam ko'rsatish amaliyotini davom ettirishga ko'rsatma berdi.

Uchrashuv yakunida Abdusalom Abdumavlonovich masuliyatli turnir oldidan jamoamizga yana bir bor omad tiladi.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика