So’nggi yangiliklar

00:26Абдуқодир Ҳусанов тиббий кўрикдан ўтди  7 00:15Саудия Арабистони. "Ал Насср" яна очко йўқотди  0 23:59Аёллар ОК-2025 саралаши. Ўзбекистон Австралияга мағлуб бўлган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 23:54А Серия. "Рома" - "Женоа". Асосий таркиблар маълум!  5 23:43Бундеслига. "Айнтрахт" - "Боруссия" Д. Асосий таркиблар маълум!  0 23:00Янгиланаётган "Пахтакор" ёхуд Педру Морейра йиғаётган португал забон "банда"  5 22:47"Милан"га "Челси" футболчиси керак  0 22:11Ўзбекистон U20 Сурия билан дуранг ўйнади  1 21:56Неймар "Барселона"дан кетиши сабабини айтди  5 21:36Қозоғистонлик футболчи "Челси"га ўтади!  22 20:47"Андижон" Бубанья ва Маматказин билан хайрлашди  16 20:15Гарначо Лондон жамоасига ўтиши мумкин  5 19:50ОК-2025 саралаши. Футзалчиларимиз Австралияга 1:3 ҳисобида мағлуб бўлишди  13 19:28Ўзбекистон U-20нинг Сурияга қарши ўйин учун таркиби маълум  2 19:20Неймар Мессининг ПСЖга келиши унинг Мбаппе билан келишмовчилигига сабаб бўлганини айтди  3

O'FA Kubogining yangi nizomi haqida bolalar futboliga oid achchiq maqola Yangiliklar

O'FA Kubogining yangi nizomi haqida bolalar futboliga oid achchiq maqola

Kecha Toshkent shahar futbol associaciyada O'FA Kubogining yangi loyihasi bo'yicha yig'ilish bo'lgan. Unda "Paxtakor", "Lokomotiv", "Odil Ahmedov FA", "Oq-Tepa" ("Feniks") kabi klublar unga qarshi chiqishgan bo'lsa, "Bunyodkor" sizlar nima desangiz shu degan.

Aksar viloyat jamoalari gapirishga qo'rqadi. Bu narsaga kuchi etmasligini bilsada, mingta xato bilan yozilgan xatga labbay deb javob beradi.


Men qaerdadir xato ishni ko'rsam rahbariyatga kirib aytaman. Lekin 3-4 oyda bir bo'ladi. Ammo har kuni kirib o'z fikrini o'tkazib ketadigan, har kuni o'sha erda ishlaydigan mutaxassislar yo'q emas. Aynan shularni deb ham bolalar futboli "nagruzka"da qolib ketgan. 2024 yil O'FA Kubogining birinchi bosqichi qaerda ko'rdingiz ommaviy yoritilganini. Kim nechanchi o'rinda turdi, turlarda qanday hisoblar qayd etildi, o'yinlar bo'ldimi, yo'qmi? Malumotlar bazasi shakllandimi? Hudud bosqichlarida kim to'purar bo'ldi, kim eng yaxshi o'yinchi yoki murabbiy? O'zi qaysi hudud bosqichi to'liq o'yin bilan yakuniga etdi, qaysi birida kim nechanchi o'rin oldi, shu haqda markazlashgan malumotlarni ko'rdingizmi?


Endi yangi loyiha bo'yicha qisqacha malumot. Unga ko'ra yangi O'FA Kubogi ikkiga bo'linib o'tkazilinadi. Huddi U19 va 1-liga kabi.

Birinchi hudud jamoalari: Nasaf, Mashal, SHo'rtan, Buxoro, Xorazm, Jizzah, Qashqadaryo, Surhondaryo, Navoi, Samarqand, Sirdaryo va Qoraqalpog'iston Respublikasi akademiyalari. 

Ikkinchi hudud jamoalari: Paxtakor, Bunyodkor, Lokomotiv, Metallurg, OKMK, O.Ahmedov FA, Oq-Tepa, Andijon, Namangan, Farg'ona, Toshkent, Toshkent viloyati futbol akademiyalari.



Asosiy muammoga o'tishdan avvalgi klublardan kelib chiqib savolim, qani bu erda "Qizilqum", "Dinamo", "Buxoro", "Surxon", "So'g'diyona", "Andijon", "Neftchi", "Qo'qon-1912", "Navbahor"? Ha yodimdan chiqibdi, hozir oy chiqsa ham, kun chiqsa ham akademiyalarga bo'lishi kerak-ku, to'g'rimi? Bu sanagan klublarim tegishli bo'lgan viloyatlarda O'FA qoshidagi elit akademiyalar bor-ku! Uzr, yodimdan chiqibdi. Men 100% ishonch bilan ayta olaman. Mana shu 9 ta jamoaning U-7 dan tortib U-12 gacha bo'lgan jamoalari shu viloyat akademiyalariga qarshi o'ynasalar, ishoning, klublar foydasiga 5-6 tadan kam gol urilmaydi. Farg'onaning "Farovon" SM va jismoniy shaxs hamkorligida tashkil qilgan klubining ikki yosh toifasi so'nggi O'FA Kubogining hudud bosqichida BIRINCHI o'rinni qo'lga kiritdi. Ular 3 ta davlat akademiyasidan ustunlikka erishdilar. Qolgan ikkitasida ham g'olib chiqar edilar balki qatnashganlarida. Ammo bunday jamoalarning moliyaviy imkoniyati har bir yoshga sifatli jamoa tuzishga etmaydi. "Neftchi" FM degan klub bor. Akademiyasidan aslo kuchsiz emas. Bugun siz taniydigan ko'plab yosh futbolchilar mana shu maktabdan chiqqan. "Navbahor"ni qala degan joyi bor. Ularning asosiy raqibi "Barkamol Avlod" va Kosonsoy bo'ladi. Hozir Uychida yaxshi bolalar jamoasi tuzilgan.


Kecha Toshkent shahar futbol associaciyada O'FA Kubogining yangi loyihasi bo'yicha yig'ilish bo'lgan. Unda "Paxtakor", "Lokomotiv", "Odil Ahmedov FA", "Oq-Tepa" ("Feniks") kabi klublar unga qarshi chiqishgan bo'lsa, "Bunyodkor" sizlar nima desangiz shu degan.


Aslida bu loyihaga "Qizilqum", "Dinamo", "Buxoro", "Surxon", "So'g'diyona", "Andijon", "Neftchi", "Qo'qon-1912" va "Navbahor" kabi klublar qarshi chiqishlari lozim. CHunki viloyat akademiyalarining bundan keyin eng yaxshi o'yinchilari FIFA va O'FA hamkorligida qurilayotgan yangi akademiyaga berishlari kerak bo'ladi. Agar yuqoridagi klublar ko'zini ochib, viloyatdagi futbolchilarni o'z maktablarini yaratib tarbiyalamasalar, bundan keyin ular faqat futbolchi sotib olishlari kerak bo'ladi. Biz har bir viloyatda tizim yaratish o'rniga, teskari yo'ldan ketyapmiz. Bu jamoalardan "Neftchi", "Andijon" va "Navbahor"ning futbol maktablari faoliyat olib boradi. Biz sifatli futbol bo'yicha ikkinchi o'rinda turadigan vodiyni bitta xato loyiha tufayli yo'qotamiz. Bu ishni maqsadi ham aslida shu. Bir ikki kishi akademiyalarni kuchaytiramiz deb mahalliy klublarni inqirozga yo'latmoqchi. Maqsad ayon, hamma yaxshi bolasini akademiyalarga berishi kerak. Klublarga esa farqi yo'q, ketavermaydimi bolalar. Ertaga "Metallurg"ning kuni ularning boshiga tushmasligiga kim kafolat beradi? Hozir qiynalmay topayotgan pullarini bir kun kelib mehnat qilib topish kerak bo'lganda, viloyatda bolalar futboli "o'lib" bo'lgan, bori ham ularniki bo'lmagan darajaga chiqqan bo'ladi. Bu maqolada achchiq gaplar bo'ladi, qachondir aytishim kerak edi. Mana bugun o'sha kun keldi. Viloyat futbol associaciyalarining Vice-Prezidentlarining ishi ichki chempionatlarni shakllantirib, kuchaytirish o'rniga ommaviy futbol va "galochka" uchun tadbirlar o'tkazish bilan band. 12 kishilik xodimlar yig'indisi ettinchi yilga qarab ketdi-ki, viloyat kesimida professional musobaqa o'tkazadigan holatga chiqmadi. Nari borsa 3 ta associaciyaning ishini maqtab ko'rsatsa bo'ladi. Aslida bu loyihaga ular birinchi bo'lib qarshi chiqishlari kerak edi. Lekin qarshi chiqa olmaydiylar, chunki beraman desa o'zida loyiha mavjud emas. Menimcha loyiha ularga ko'rsatilmagan ham.


"So'g'diyona" yaqinda katta akademiyasini ochadi. Bu davlat akademiyasi emas, klub qoshidagi 3 ta maydoni bor INFRASTRUKTURAGA ega majmua bo'ladi. Jamoa mana shunday katta loyihaga qo'l uryapti. Ivan Boshvokich bu boradagi maslahatlarini ayamayapti. O'zbekistonda bu mutaxassis unutilgan ananani yana boshlab yubordi, yani maktab o'quvchilarini asosiy tarkibda imkoniyat berishni. Endi musobaqa muammolarini birma-bir hudud va viloyat kesimlarida ko'rib chiqamiz.


Loyihaga vodiy ko'zi bilan qaraymiz.


2024 yilgi O'FA Kubogiga javobgar Namangan viloyati futbol associaciyasi bo'ldi. Kezi kelganda ularni maqtab o'taman. Surishtirdim, ko'p jamoalar musobaqaning hududiy bosqichidan ko'ngillari to'lgan. O'yinlar o'z vaqtida bo'ldi, hakamlar ishtirok etdi, final bosqichi uchun yo'llanma beradigan 4 ta o'ringa har bir yosh toifasida kamida 8 tadan jamoa kurash olib bordi. Musobaqada esa 12 tadan jamoa ishtirok etdi. Keling endi vodiy hududida final bosqichiga yo'l olgan jamoalar ro'yxatiga nazar tashlaymiz:


2011 yillar: Namangan FA, Andijon FA, Farg'ona FA, Farg'ona FM (DSSH)

2010 yillar: Farg'ona FA, Namangan FA, Farg'ona FM (DSSH), Marg'ilon SM

2009 yillar: Namangan FA, Marg'ilon SM, Andijon FA, Andijon O-I

2008 yillar: Namangan FA, Andijon FM, Andijon FA, Qo'qon-1912


Agar shu ro'yxatning barida futbol akademiyalari bo'lib, ular final bosqichida eng yuqori o'rinlarni qayd qilganlarida bu qarorga qarshi chiqish men tomonimdan uyat bo'lardi. Qarang, 2008 va 2009 yillarda davlatdan milliardlab pul olib ishlatadigan Farg'ona akademiyasi final bosqichiga chiqa olmagan. Ular o'z hududlarida to'rttalikka kira olmaganlar. Aksincha, bitta BO'SM va deyarli hech qanday imkoniyati mavjud bo'lmagan qo'qonliklar final bosqichiga yo'l olyaptilar. Bu bilan Farg'ona futbol akademiyasini tanqid qilmayapman, gapning tagida gap bor. Bu hududda yaxshi jamoalar ko'pki, ularni "chopib" faqat 3 ta akademiyani musobaqaga jalb qilish juda xato. Buning sababi bor, agar vodiydan ko'p jamoalarni jalb qilsa, unda uy safarga Toshkent ko'nmasligini bular yaxshi bilgan. Hozir esa bor yo'g'i uch marotaba safarga chiqasizlar degan vaj bilan ularni ko'ndirish harakatidalar. Endi o'rinli savol, vodiyni o'zida zo'r bo'lmayotgan akademiyalarni oldida chiqadigan jamoani yamlamay yutadigan akademiyalar "Paxtakor" va "Bunyodkor", "Odil Junior"ning qafasiga tashlash o'ta ketgan ... (istagan so'zingizni yozib oling). 


Keling final bosqichiga bir nazar tashlaymiz. Yosh toifalariga saralangan holda guruhdan chiqqan jamoalarni yozib o'taman.


2011 yillar: Guruhdan faqatgina Namangan FA.

Bu yilda Andijon va Farg'ona FA o'z guruhida to'rtinchi o'rinni olgan. 

2010 yillar: Namangan FA va Marg'ilon SM.

Farg'ona FA "Paxtakor" va "Lokomotiv"dan 2 ta o'yin yakuniga ko'ra 10 ta gol o'tkazib, bitta ham urmagan. Guruhda yana to'rtinchi o'rin.

2009 yillar: Namangan FA va Andijon FA.

Guruhdan chiqa olmagan bo'lsada, Andijon O-I va Marg'ilon SM uchinchi o'rinni olgan. Marg'ilon 4 ochko to'plagan. To'plar nisbatiga ko'ra "Nasaf" va "Metallurg"dan ortda qoldilar. Ko'ryapsizlarmi, akademiyalar guruhda to'rtinchi o'rinni olyapti, kelajak turnirida ishtirok etmaydigan jamoalar esa bitta to'p kamlik qilib guruhdan chiqa olmayapti.

2008 yillar: Qo'qon-1912 va Namangan FA. 

Bu erda qo'qonliklar guruhdan chiqishni uddaladilar. Har bir yosh toifasida yaxshi ishtirok etgan yagona akademiya Namangan.



O'FA Kubogida jamiki akademiyalar ichida faqat Namangan FA yaxshi ishtirok etdi. Ular 2010 va 2009 yillar musobaqasida finalga qadar etib bordilar. 2008 yillar turnirida esa 3-o'rinni egalladi. Boshqa hech kimni yarim finalda ko'rmadik.


Vodiyda allaqachon Toshkent shahar chempionati kabi shakllanib borayotgan chempionatni hozir buzish arafasidalar. Kishini quvontiradigani, vodiyning har bir burchagida bugun xususiy futbol maktablari ochilish urf bo'ldi. Qolganlar uchun bu musobaqa qolishi mumkin, akademiyalar ishtirok etmaydi deydiganlar uchun xulosam. Birinchidan final bosqichi "motivaciyasi" yo'q musobaqa vodiyning qolgan 9 ta jamoasi uchun qiziq bo'lmaydi. Ikkinchidan qolgan taqdirda qolgan 9 ta jamoa yana 3 ta o'ziga o'xshagan klubni jalb qiladi va 7 yoshdan 12 yoshgacha vodiy ligasini tuzadi. Bu yoshda esa akademiyalar yo'q. Natijada bu musobaqa yil sayin o'sib boradi va hech qaysi klub keyin o'z shogirdini akademiyalarga olib borib bermaydi, chunki ularning musobaqasi allaqachon O'FA Kubogidan ilgarilab ketgan bo'ladi. 


Loyihaga Sirdaryo FA ko'zi bilan qaraymiz.


Vodiy klublari qiynalmasin deb Sirdaryoni voha hududiga qo'shish uchun odam tanasining bosh qismining ichidagi miyasida plyus va minus tolalari bir-biriga teginmay qolgan bo'lishi kerak. Bu maqolani 11 yanvardan beri yozaman. Biroz asablarim joyiga kelgan. Qarang, vodiy klublari nari borsa Toshkentga kelishadi. Sirdaryoni ularga qo'shadigan bo'lsak masofa uzayib ketishi mumkin. Avvalgi 4 ga bo'lingan hudud tizimida Sirdaryo FA Toshkent tomonda edi. Endi sirdaryolik bolalarni azoblash raqamlarini ko'ring.


Sirdaryo - Jizzax 111 km

Sirdaryo - Samarqand  233 km

Sirdaryo - Muborak 448 km

Sirdaryo - G'uzor 393 km

Sirdaryo - Qarshi 381 km

Sirdaryo - Navoiy 396 km

Sirdaryo - Buxoro 499 km

Sirdaryo - Termiz 612 km

Sirdaryo - Nukus 1018 km

Sirdaryo - Urganch 894 km


13 va 14 yoshli bolaning musobaqaga ajratilgan kuni yo'lda o'tib ketadi. Bu bolakaylar SV yoki kupeli yaxshi vagonlarda ketadi deb o'ylayapsizlarmi? Salom, plackart... Issiq kunlarga tushib qolsa, bizning poezdlardagi sharoitlarni juda yaxshi bilasiz. Hali o'yin kunlari uchun chiptalar topiladimi, yo'qmi? Bola musobaqa uchun yashamaydi, bola o'yin kuni kelmasligini kutishni boshlaydi. Toliqib, tinkasi qurib boradi va 5-6 ta gol o'tkazib yana it azobida ortga qaytadi. Janob Giga geografiyadan dars berish niyatim yo'q, ammo unga bir malumotni aytib o'taman.


Sirdaryo bosib o'tadigan masofaga Belgiya ko'zi bilan qarasak, Siz Buyuk Britaniyaning eng chekka hududi Irlandiyaning qirg'og'iga, Past tomon yursangiz Ispaniyaga, O'ngga Varshavaga. Biroz yo'nalishni o'zgartirsangiz Vengriyagacha bo'lgan masofani bosasiz. Belgiya ichining eng uzun oraliq masofasi Bryuge shahridan va Arlon qishlog'igacha bo'lib, 309 kmni tashkil qiladi. Balki u erdagi qisqa masofa tufayli bunday chempionatni yo'lga qo'yib bo'lar, lekin masofa jihatdan O'zbekistonda emas. Germaniyada har bir yosh toifalari 5 ta hududga bo'linadi. Turkiyada futbolini ancha yildan beri o'rganaman, 6 taga bo'linadi. U erda na moliyadan, na transportdan muammo yo'q. Futbol musobaqalarni yaqin-yaqin hududlar kesimida rivojlantirish kerak, bolalarni azoblash orqali emas.


Belgiya shu qadar kichkinaki, Sirdaryodan Nukusga borib keladigan 2032 km masofaga 3 marotaba mamlakatni aylanib chiqsa bo'ladi.


Endi bu loyihaga hududlar bo'yicha ko'z yugurtirib chiqamiz.


Loyihaga Toshkent ko'zi bilan qaraymiz


2024 yil Toshkent shahar chempionati bir qadam orqaga tashladi. Hammasi O'FA Kubogini deb. O'FA kubogida ham, Toshkent shahar chempionatida ham bir vaqtni o'zida ishtirok muammo ekanligini bilgan yaxshi jamoalar, "Feniks", "CHig'atoy" va "Do'stlik" O'FA Kubogidan chiqib ketdilar. O'FA Kubogida ishtirok etaman deb "Paxtakor", "Bunyodkor", "Odil Ahmedov FA" shahar chempionatida ikkinchi tarkibi yoki bir yosh kichik tarkibi bilan qatnashdi. Natijada na u erda, na bu erda hamma kuchli jamoalar jam bo'ldi. Buning salbiy oqibatlarini Siz kelajakda tuziladigan terma jamoalarda ko'rasizlar. Bugungi jarohatning yarasi vaqti kelib asoratini ko'rsatadi. Eng yomoni haftada ikkita  o'yin o'tkazishga majbur bo'lgan poytaxt klublarining maktablari bilan jiddiy muammo chiqib keldi. Endi ular o'yin oldi mashg'ulot va o'yinni maktab vaqtida o'tkaza boshladilar.  Gi Kiala savolimga javob bersin, Belgiyada ham tizim bolalarni maktab vaqtidan chalg'itishga izn beradimi? Yoki O'zbekistondagi talim tizimini chetlab o'tish mumkin deb o'ylayaptilarmi? Toshkent shahar chempionatini qurbon qilib O'FA Kubogini kuchaytirish uchun, avval viloyat ligalarida Toshkent jamoalaridan ustun bo'lish u erda tursin, ular bilan bir qatorga chiqib olishi ustida ishlash kerak. Yakuniga tegan O'FA Kubogida 4 ta yosh toifasidagi 16 ta yarim finalchining bor yo'g'i 4 tasi akademiyalardan. SHundan uchtasi Namangan FA! Rahmat G'anisher aka, Siz bugungi kunda eng yaxshi menedjer ekanligizni isbotlay oldingiz. Yana bittasi Toshkent FA. U ham Toshkentdagi raqobat tufayli. Qolgan akademiyalar qani? Nima uchun hali pishib etilmagan akademiyalarni, allaqachon meva berayotgan klublarning zarariga ishlaydigan loyiha orqali kuchaytirmoqchisizlar va kim kafil-ki, bu bilan ular kuchayib qolishiga? Aksincha meva berayotganlar sovuq urib ketib, qolganlar shu holatda qolsachi? Sizning tangangizni ikkinchi tomoni bormi yoki otganda tikka turib qoladimi? Mendagi so'nggi malumotga ko'ra bu borada shaharda yig'ilish bo'lgan va klublar bu musobaqada ishtirok etmasliklarini bildirganlar. 


Loyihaga Qashqadaryo va "Nasaf" ko'zi bilan qaraymiz.


Bu jamoa haqida ko'p yozmayman, bilganim, ular milliard pulni endi yirik-yirik hisobda g'alaba qozonadigan o'yinlarga behuda sarf qiladilar. Undan ko'ra PRO Ligada qolib yana bitta U-19ga xarajat qilgani o'zi uchun ming marotaba yaxshi. Bu musobaqaga qo'shilgandan, "Nasaf" har hafta Toshkent shahar chempionatida ishtirok etishi o'zi uchun foyda bo'ladi. "Mashal" va "SHo'rtan" oradan ancha yil o'tib Superligaga qaytdi. Ko'ryaptilarki, narx navo avvalgisidan ancha baland. Ular endi U-21 jamoasini shakllantirib uni smetaga kiritishlari kerak. Bunga qaerdan pul olishni bilmay yurgan payti, endi 88 nafar bolani o'z ichiga oladigan ligada Nukusdan, Sirdaryogacha bo'lgan masofani bosib o'tishi kerak. Nafas olishga berilar ularga!!  


Loyihaga Nukus va Urganch ko'zi bilan qaraymiz.


Endi Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm futbol akademiyasi bolalari poezdda yuz va minglab km masofalarni bosib yurish bilan vaqt o'tkazadimi yoki mashg'ulot qilib bolaga o'xshab o'ynashni o'ylaydimi? Har bir km dan ozgina olib tashlasangiz Urganchga ham qanchalik qiyin bo'lishini ko'rasiz.


Nukus - Sirdaryo 1041 km

Nukus - Jizzax 919 km

Nukus - Samarqand 813 km

Nukus - Muborak 639 km

Nukus - G'uzor 770 km

Nukus - Qarshi 713 km

Nukus - Navoi 652 km

Nukus - Buxoro 547 km

Nukus - Termiz 995 km

Nukus - Urganch 156 km


Karl! Bu loyihaga yangicha nom beramiz, "bolalarni azoblash missiyasi"! Tamom, boshqa gap yoza olmayman. Eng qizig'i nimada bilasizmi? SHuncha ko'ringan muammoni ko'rmaganlarga qanday baho qo'yamiz? 


Endi maqolaga oid savolim! Evropalik mutaxassis kelib shu loyihani 3-4 kunda yozmagan, bunga ancha vaqti ketgan. SHu ancha vaqt ketkazib o'zbek futbolining zarariga ishlaydigan loyihani tatbiq qilishini kutgan bo'lyapmizmi? "Elit futbol" ligasi bo'limi rahbari Bahrom Umarovga ham shu savol, (ko'chadagi salom alikni, sog'lom debatga keyin aralashtirmaslik. Aralashgan taqdirda men hech nima yo'qotmayman) O'FAda shuncha vaqt ishlab qilingan loyihasi shumi? Yoki bu hali o'ylanadigan reja deb vaziyatdan chiqamizmi? Xatda aniq va tiniq qilib ko'rsatilgan, ishtirok etishingizni TASDIQLANG! O'zingi faoliyat olib borgan "Metallurg" jamoasi homiyni rad etishi natijasida qanday holatga tushib qoldi? 


O'FA qoshida bevosita bolalar futboli bilan shug'ullanadigan 3 ta bo'lim bor. Bularning barini bitta qiladigan vaqt kelmadimi? Hech kimni ishdan olish kerak degan fikrni ilgari surmayapman. SHunchaki bitta ish bilan bitta katta bo'lim sifatida shug'ullanishlarni istardim. Ayniqsa yoshlar va o'smirlar terma jamoalarining yig'inlariga besh ketmay ilojingiz yo'q. O'tgan yili 2010 yillar musobaqasining final bosqichi o'tyapti, bu erda terma jamoa yig'ilgan. O'FA Kubogining 2009 yillari uchun musobaqa yakuniga etishi bilan terma jamoa yig'in boshlayapti. Jamoaning negizini tashkil qilgan jamoalar yarim final va finalni o'ynaganlar. 8 kunda 6 ta standart maydonda yilning muhim musobaqasini o'tkazgan futbolchilar dam olish o'rniga o'quv-yig'in mashg'uloti o'tkazishga necha baho? Gi Kiala Belgiyaning oltin avlodini shu tarzda kashf qilganmi? Yoki o'sha payt unga kitobni to'liq o'qishga berishmaganmi? So'nggi 2 ta U-17 Evropa chempionatining saralashida Belgiya muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Hattoki Evroga ular chiqa olmadi. So'nggi marotaba 2022 yil Isroildagi turnirda qatnashib guruhda qolib ketdilar. Biz bu orada nafaqat Osiyoda muvaffaqiyat qozondik, balki JCHda Ispaniya va Angliya bilan tengma-teng o'ynadik. Qachon O'zbekistonga tashrif buyuradigan mutaxassislar bu erda futbol borligini anglab etishadi, qachon? "Manchester Siti" belgiyalik Kompanining o'rniga necha yildan beri kuchli himoyachi topa olmaydi, mana Gvardiola bu masalaga o'zbekistonlik Abduqodir Husanov bilan echim berishni istayapti. Unutmang, O'zbekistonda bolalar futboli bor! Husanovni 17 yoshgacha O'zbekiston tayyorladi, O'zbekiston chempionatlari uni tobladi.


Hozir hamma loyihalar akademiyalarga moslashayotgan bir paytda, akademiya direktorlarini kelayotgan xavfdan ogohlantiraman. Inson jihatidan hech qaysingizga xusumatim yo'q. SHu yildan etiboran 13 yoshli eng yaxshi o'yinchilaringiz endi markazlashgan akademiya ixtiyoriga o'tadi. SHu kungacha Sizlar qandan qilib sport maktablaridan futbolchilarni olib qo'ygan bo'lsangiz (ayrimlari to'g'ri yo'l bilan oladi), endi Sizning akademiyangizdan markazga olib qo'yishadi. Tabiiyki, ular Sizdagi terma jamoa azolarini  markazga yig'adilar. Maoshi "nodbavka" ustida qurilgan tizimga ko'ra endi Sizda terma jamoa futbolchisi bo'lmaydi. Markaziy akademiyaga qarshiligim yo'q, bu yomon loyiha emas, ammo bu boshqa katta mavzu. Sizlar keyinchalik ham yaxshi saviyada jamoa bo'lib qolishingiz uchun o'z hududingizda mahalliy associaciya bilan birgalikda markazlashgan ligalarni yo'lga qo'yishingiz kerak. Hozir Sizning foydangizga ishlaydigan qarorlar, ertaga Sizga qarshi bo'ladi va undan keyin viloyat futbolini qayta oyoqqa turg'azish qiyin bo'ladi. Bu erda bir kun kelib hududdagi Superliga va PRO Liga jamoalarning miyadagi plyus minuslari ishlab ketib o'z maktablariga etibor berishni boshlagan kundan biling-ki, Sizlarga bola kelmaydi. CHunki ularning yuqori ikkita ligada jamoalari bor, bu katta ustunlik. 


Yuqorida 14 ta akademiya ichida Toshkentdan tashqari faqat Namanganni ishini qoniqarli baholash mumkin. Nima uchun, bilasizmi? CHunki Namanganda bir necha yillardan beri viloyat chempionati o'tkazilib kelinyapti. Buning natijasida Namangan FA doimiy o'yin amaliyotiga ega. O'FA Kubogida asosiy tarkibi o'ynasa, zaxirasi ichki chempionatda. SHuning uchun ular boshqalarga qaraganda finalga qadar etib kela oldilar. CHetdan keladigan mutaxassis hech qachon bizning saviyamizga to'g'ri baho bera olmaydi, agar-ki u barcha viloyatlarni yaxshilab o'rganmasa, bizning iqtisodiyotimizni tushunmasa, bizning asl manbalarimiz bilan tanishmasa. Har bir viloyat chempionati tizimi shakllanadi, keyin hududiy akademiyalar kuchayadi. CHunki ular hozir futbolchilarni tanlab emas, kelganlar ichidan majburan olyaptilar. Qachon viloyatlarda kichik yosh toifalari uchun musobaqalar bo'ladi, shunda akademiyalarga yaxshi saviyadagi o'yinchilar keladi.



Bizda O'FAda bo'lgani kabi viloyatlarda ham futbol ikkiga bo'lingan, associaciya va akademiya. Aksar viloyatlarda ular bir-birini tan olmaydi. O'FAni o'zida shu holatni kuzatganimizdan keyin, viloyatlardan nimani ham talab qilardik? Bu maqolaning ichida qalampir ham bor, tuz va shakar ham. Endi chidaysiz, men osmondan emas, o'zlaringiz qilgan ishlardan kelib chiqib faktlar asosida yozyapman. Menga Gini viloyatma-viloyat yurib, hududlar bilan tanishib, akademiyalarda 10 kunlab yashab chiqadi deyishgandi? Qaerdadir uni 10 kun emas, 2 kun qolgani haqida xabar o'qidingizmi? O'qigan bo'lsangiz, tashlab qo'yasiz. 


O'sha gap, birovdan qo'rqadigan bo'lsam, sahnaga chiqmasdim. Bolalar futbolida isbotlaganim ko'p va qilishim kerak bo'lgan ishlar bisyor ekanligini ham bilaman. Ammo aniq-ki, bu kabi loyihalar bilan vaqt o'tkazib yurgan kishilardan keyinchalik ham yaxshi loyihalarni kutib bo'lmaydi.


Maqola so'nggida AVAZ Maksumovga murojaatim bor! AVAZ "oka", xat chiqarishdan avval iltimos, ilovaga bir ko'z tashlab qo'ying! Atrofingizda bir emas, o'nlab bolalar futbolini yaxshi tushunadigan mutaxassislar bor, ularga maslahat soling. SHunda bu kabi xatlarni chiqarishga balki "pauza" berarsiz?


SHuncha narsani bilar ekansan, o'ziga aytsang bo'lmaydimi? Yoki O'FAda ishlaydiganlar, o'zimizga aytsang bo'lmaydimi demang! Aytib, gapirib, kanalimda yozib charchadim! 


Ertaga ZOOMda yig'ilish ekan. Ertaga "NO" yoki "YES" ni ko'tarishdan avval maqolani ikkinchi marotaba o'qib chiqing!

Reyting: +3   

Fikrlar

+3   
17 jan 19:31:23
Nadirkhuja Yu
dessi anvar foydalanuvchining fikriga javob berish
бошим оғриб қолди ўқиб чиққунча нима бўлопти , безовта болалар дедими , 1100 км дедими , қишки чиллада ҳам гоҳ гоҳ қўзғаб туради , бир мулла топиб ўқитвориш керак , муллани ҳам псехбольница обориб ташаш керак
Сенга биров укигин дедими. Аклинг етмаганки, тушунмагансан.
+2   
17 jan 20:20:40
Nadirkhuja Yu
Баходиржон 1912 foydalanuvchining fikriga javob berish
Нодирхўжа Ишларга омад ука, ўқиб чиқдим калам ачиб қолди бу мурожаати видио мурожат қилиб чиқаринг ўзис тушўнтириб ҳамма тушинадигон тилда гапириб.хар холда болалар учун ишлаяпсизку.омад.
Рахмат. Видео килсам негативлар купаяди тушунмайдиганлар орасида. Максади бу маколани УФА дагилар укиса булди.
+1   
17 jan 19:49:41
Абдулазиз Кодиров
Койил лекин аник бу нарса бир икки кундан ортик уйлаб фикрлаб ёзилган нарса,болалар учун куйикиб ёзаяпти тогри фикрлаяпти.....
Лекин бу нарсага бирлашиб характ килиш керак
Келажак ёшларни кулида .
   
17 jan 23:56:45
Фергана uzb
Рахмат Нодирхўжа ака, сизга ўхшаган жонкуяр инсонлар кўпайсин, жонкуяр инсонлар кўпайса бизни қишлоқларда хам стадионлар бўлармиди, болалар кўчада тош йўлларда футбол ўйнашади бечоралар, стадионга хеч бўлмаса 15 сотих жой беринглар деб ёзишди хеч ким эшитмади
   
17 jan 22:57:18
SmOok
Ўзи аслида бу фикрларни футболни тепасида ўтирганлар ўйлаши керак, лекин улар ўз "кресло"сини ўйлашдан бошқа нарсага мияси ишламайдиган бўлиб қолган. Раҳмат Нодирхўжа бу фикрларни бошқа оммавий ахборот воситаларида ҳам ёритиш керак.
   
17 jan 22:12:52
АбдуРахим *
Nadirkhuja Yu foydalanuvchining fikriga javob berish
Рахмат. Видео килсам негативлар купаяди тушунмайдиганлар орасида. Максади бу маколани УФА дагилар укиса булди.
Савол туғилади бу мақолани ЎФАдагилар ўқирмикан?
   
17 jan 22:01:50
FK Navba-FK Real
Нодирхужа макола учун катта рахмат. Канийди юкоридаги мутасаддилар хам сиз каби болалар футболи учун жон куйдиришса эди. Факат академиялар уртасида эмас, футбол мактаблари уртасида хам УФА биринчилиги утказиш керак. Канча канча иктидорли болалар футбол мактабларида шугулланишяпти. Уларни кузга куринишлари, руёбга чикариш учун Республика микёсидаги мусобакаларни купайтириш керак.
   
17 jan 20:39:33
Баходиржон 1912
Nadirkhuja Yu foydalanuvchining fikriga javob berish
Рахмат. Видео килсам негативлар купаяди тушунмайдиганлар орасида. Максади бу маколани УФА дагилар укиса булди.
Омад хўжам.
   
17 jan 20:36:17
Bu shunchaki o'yin
MTJ uchun Paxtakorni, OTJ uchun Olimpikni markaz qildinglar. Endi esa bunaqa. Bo'ldida endi. Futbolni tinch qo'yinglar
   
17 jan 19:46:30
Zohidjon Usarov
Жуда тугри фактлар ёзилган хамма сохада шу жумладан футболда хам коррупция илдиз отиб булган.
   
17 jan 19:36:23
Баходиржон 1912
Нодирхўжа Ишларга омад ука, ўқиб чиқдим калам ачиб қолди бу мурожаати видио мурожат қилиб чиқаринг ўзис тушўнтириб ҳамма тушинадигон тилда гапириб.хар холда болалар учун ишлаяпсизку.омад.
-2   
17 jan 19:13:31
dessi anvar
бошим оғриб қолди ўқиб чиққунча нима бўлопти , безовта болалар дедими , 1100 км дедими , қишки чиллада ҳам гоҳ гоҳ қўзғаб туради , бир мулла топиб ўқитвориш керак , муллани ҳам псехбольница обориб ташаш керак
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика