Quvonchbek Abraev: "Ozarbayjon bilan ilk bahsdan to'g'ri xulosa chiqarib bugun gol urdik"
12 okt 20:54
Yangiliklar


Quvonchbek Abraev: "Ozarbayjon bilan ilk bahsdan to'g'ri xulosa chiqarib bugun gol urdik"
O'zbekiston U-18 terma jamoasi bugun o'rtoqlik uchrashuvida Ozarbayjonni qabul qildi.
Bellashuvdan keyin O'zbekiston U-18 tarkibida dubl muallifiga aylangan Quvonchbek Abraev fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Ozarbayjon bilan o'yinga bir hafta davomida tayyorgarlik ko'rdik. Ularni yaxshi o'rganib chiqqan holda albatta. Birinchi o'yinda raqib ko'proq himoyalandi. Shu bois gol ura olmadik. O'tgan bahsni tahlil qildik, bugun esa gol urishga muvaffaq bo'ldik deya olaman.
Jahon chempionatining O'zbekiston va Ozarbayjonga berilganining o'ziyoq katta motivaciya hisoblanadi. Boshqa so'z yo'q.
Ozarbayjon tarkibida ham yaxshi ijrochilar bor ekan. Biz nimalar qilish kerakligini bilardik. Shuning uchun qiynalmadik", - deydi Quvonchbek Abraev.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar