So’nggi yangiliklar

22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  0 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  1 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  3 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  0 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  3 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  9 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  6 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  5 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  12 16:50"TNT Sports" "Олтин тўп" учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  21 16:25Обамеянг собиқ жамоасига қайтмоқда  0 16:00МТЖни мундиалга ким олиб бориши керак?  52 15:41Тен Хаг: "Мавсумолди йиғиндаги натижаларга тупурдим"  4

O'FA bolalar-o'smirlar va ommaviy futbol bo'yicha Turkiya tajribasini o'rganish davom etmoqda. Delegaciya "Galatasaroy" akademiyasida bo'ldi Yangiliklar

O'FA bolalar-o'smirlar va ommaviy futbol bo'yicha Turkiya tajribasini o'rganish davom etmoqda. Delegaciya "Galatasaroy" akademiyasida bo'ldi

Teglar :  TurkiyaO'FA
Avval xabar berilganidek, O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan Respublikadagi futbol mahorat maktablari direktorlari uchun bolalar-o'smirlar futboli yo'nalishi bo'yicha tajriba almashish va yangi loyihalarni mamlakatimizda tatbiq qilish maqsadida Turkiyada “master-klass” tadbirlari tashkil qilinmoqda.

Dastlab delegaciya vakillari Turkiyada o'z nufuziga ega “Oltino'rda” bazasidagi futbol infratuzilmasi bilan tanishdilar. Keyingi kun davomida delegaciya vakillari Turkiyadagi ommaviy futboli tizimini o'rgandilar.

Bu borada “Oltino'rda” akademiyasining masullari delegaciya vakillariga ushbu yo'nalish haqida to'liq axborot berib o'tdilar. Qayd etilishicha, jamoaning Turkiya bo'ylab 250 ga yaqin filiallari mavjud bo'lib, bu erga bolalar 6 yoshdan qabul qilinadi. Filiallar 12 yoshgacha bolalarni o'zlari shug'ullantirib, keyin bosh akademiyaga yuboradilar. Har yili 2000 nafarga yaqin boladan eng yaxshi 20 nafar futbolchi bosh akademiyaga o'tadi.

Tashrif davomida Turkiyadagi ommaviy futbol tizimi bo'yicha seminar tashkil qilindi. Unda takidlanishicha, “Galatasaroy”, “Fenerbaxche” va “Beshiktosh” kabi akademiyalarda 1000 ga yaqin bo'limlar faoliyat olib boradi va ularning har birida o'rtacha 100 nafardan bola tarbiya topadi.

O'zbekistonlik mutaxassislar o'rganishlar asnosida “Galatasaroy U-19” va “Anqaraspor U-19” jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni kuzatib bordilar.

SHundan keyin delegaciya vakillari “Galatasaroy” futbol klubi va akademiyasining faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Vakillarimizga Turkiya akademiyasi direktori Orxan Atik hamrohlik qilib, o'z jamoasidagi mavjud sharoitlar haqida malumot berib bordi. Tashrif davomida akademiya infratuzilmasi, mashg'ulotlari, selekciya tizimi va futbolchilarning yashash sharoitlari yaqindan o'rganildi.

“Galatasaroy” akademiyasi Istanbulda eng katta hududga ega maktab ekanligi, u asosiy jamoa bilan bir hududda joylashgani haqida malumot berildi.

SHundan keyin delegaciya Bashakshehir tumanidagi ommaviy futbol bilan tanishdilar. Ertaga mutaxassislarimiz Istanbul ligasi borasidagi seminarda ishtirok etishlari rejalashtirilgan.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика