So’nggi yangiliklar

21:05"Ал Қодисия" МЮ қизиқаётган ҳужумчига 15 млн евро таклиф қилди  0 20:39Эшитдик-да! "Арал"га учралган мағлубиятдан сўнг "Локомотив" мураббийлар штаби жамоани тарк этди  7 20:19Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" – "Машъал", "Сўғдиёна" – "Қизилқум" (онлайн ҳисоб)  18 20:08Про лига. "Арал" тур марказий ўйинида "Локомотив"дан устун келди  3 19:42"2+1" қайд этган ҳужумчи, тур голини урган ёш хавбек, жамоасини муқаррар голлардан қутқарган дарвозабон — Суперлигада 13-турнинг энг яхшилари  0 19:2538 ёшга тўлган Лионель Месси ҳақида 38 та қизиқарли маълумот  5 19:07Норчаев, Холматов, Абдухолиқов ва бошқалар ... Суперлига 13-тур рамзий терма жамоаси  0 19:04Абрамов мантиқан ҳеч нарса йўқотмади, Зейтуллаев учун керакли ғалаба эди — Абдулазиз Искандаров таҳлили  2 18:39"Футбол олами". "Динамо"да мавсумдаги илк мағлубият, "Навбаҳор" - ОКМК 3:0 — 13-тур ҳақида батафсил   0 18:10Носир Абдусаломов: "Қўқонда 120 дақиқа осон бўлмаганди, "Динамо" билан ўйинга ўзига ҳос куч топа олдик"  2 18:00Лукаку: "Роналду каби 40 ёшгача ўйнашни хоҳлардим"  2 17:10Бэйл "Кардифф"ни сотиб олиб, уни АПЛга олиб чиқмоқчи  2 16:43Энрике Клублар ўртасидаги ЖЧ стадионларидаги майдонлар ҳолатидан нолиди  9 16:18ЎФА раҳбарияти Майамидаги ФИФА Ижроия футбол саммитида қатнашди  3 15:56Маскерано: "Интер Майами" дунёнинг энг яхши 16 жамоаси қаторига кирди"  21

"OF": Eronda o'ynayotgan Evropa chempioni (1-son) Yangiliklar

"OF": Eronda o'ynayotgan Evropa chempioni (1-son)

"Osiyo futboli" ruknining ilk sonida eronlik mashhur futbolchi, Tabrizning "Traktor Sozi" klubi hamda Eron milliy terma jamoasi yarim himoyachisi haqida so'z yuritishga qaror qildik.

Championat.asia'da yangi rukn — "OF" anonsi 

Ashkan Dejaga Eron Islom Respublikasining poytaxti Tehron shahrida tug'ilgan (5 iyul, 1986 yil). Bo'lajak futbolchi 1 yoshga to'lganida uning oilasi Berlinga ko'chib o'tadi. 16 yoshida Germaniya fuqaroligini olgan Ashkan mos ravishda nemislarning bosh jamoasida o'ynash huquqini ham qo'lga kiritdi.

Bo'yi — 181 sm, og'irligi — 74 kg. Eron va GFR fuqaroligiga ega. Poziciyasi bo'yicha vinger hisoblanadi. Ayni paytdagi transfer qiymati 400 ming evroga teng (Transfermarkt).

Klubdagi faoliyati

U futboldagi ilk qadamlarini "Raynikendorf" klubida qo'ydi, keyin "Tennis-Borussiya" bolalar jamoasida bir yil o'ynab, 14 yoshida (2000 yil) Berlinning "Gerta" klubi akademiyasiga qabul qilinadi. 4 yil davomida yoshlar jamoasi safida o'ynagan Dejaga 2004 yildan boshlab asosiy jamoa bilan shug'ullana boshlaydi. Uning Bundesligadagi debyuti shu yilning o'zida "Boxum"ga qarshi o'yinga to'g'ri keldi. SHu tariqa Ashkan 1892 yilda tashkil topgan "Gerta" klubi tarixida maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylandi. 2005-2006 yilgi futbol mavsumida "Gerta II" bilan mintaqaviy futbol ligasida ishtirok etgan yarim himoyachi 12 ta gol urib, musobaqaning eng yaxshi to'purariga aylandi. Mazkur natija uning keyingi faoliyatiga ijobiy tasir ko'rsatmay qolmadi. Uning harakatlari bir qator katta klublarning mutasaddilari etiborini o'ziga qaratgandi.

Dejaga 2007 yilda "Volfsburg" safiga qo'shildi. U erda yangi bosh murabbiy Feliks Magat 21 yoshli futbolchini muntazam ravishda maydonga tushira boshladi. Yarim himoyachi o'zining birinchi mavsumida 8 ta gol urib jamoa safidagi eng yaxshi futbolchilardan biri bo'ldi. "Bo'rilar" Germaniya chempionatida 5-pog'onani egallashdi, bu klub tarixidagi eng yaxshi natija edi. Keyingi yil Ashkanning samaradorligi keskin pasaydi, ammo "Volfsburg" Edin Jeko, Grafite va Zvezdan Misimovichlarning say-harakatari bilan Bundesliga chempioniga aylandi. Bu g'alaba hozirga qadar Dejaga faoliyatidagi eng katta titul bo'lib qolmoqda. 

Ashkan Dejaga "Volfsburg"dan keyin "Fulxem"da (2012/14) o'ynadi. 2013/14 yilgi mavsum yakunida London klubi CHempionshipga ravona bo'lgach, futbolchi Qatarga yo'l oldi (6,5 mln evro evaziga). "Al-Arabi" safida 2016 yilga qadar to'p tepdi va malum muddat "Volfsburg"ga qaytdi. Keyin "Nottingem Forest"dagi muvaffaqiyatsizlik. Nihoyat, 2018 yilda erkin agent sifatida "Traktor Sozi" klubi safiga qo'shildi. Dejaga bugunga qadar Tabriz jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda.

Terma jamoadagi faoliyati

Ashkan Dejaga bolaligida Eron o'smirlar terma jamoasidan bir necha bor chaqiruv olgan, ammo bu takliflarga jiddiy qaramagan. 2004 yilda esa Germaniya U16 jamoasidan kelgan taklifni uzoq o'ylab o'tirmadi. SHundan keyin futbolchi nemislarning 16, 17, 18, 19, 20, 21 yoshgacha bo'lgan terma jamoalarida to'p tepdi. Germaniya o'smirlar terma jamoasi safida 10-raqam aynan uniki edi. 21 yoshida Germaniya uchun maydonga tushgan futbolchi Eron terma jamoasida o'ynash huquqidan mosuvo bo'lgandi. Biroq, 2009 yil u uchun omadli bo'ldi. Dastlab, Bundesliga chempioni bo'ldi. Iyun oyida SHveciyada o'tkazilgan 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar orasidagi Evropa chempionatining g'olibiga aylandi. SHu yilning iyul oyida esa FIFA qoidalariga o'zgartirishlar kiritilib, Ashkan yana Eron tarkibida o'ynash huquqiga ega bo'ldi.

Keyingi yillar davomida Bundestimdan taklif olmagan futbolchi 2012 yilning 29 fevralida Karlush Keyrush boshchiligidagi Eron terma jamoasida debyut qildi. O'sha kuni forslar Qatarni qabul qilib, durangga imzo chekishgan edi (2:2). Gollarning har ikkisiga "Volfsburg" vingeri mualliflik qildi.

Malumot uchun, Ashkan Dejaga bugunga qadar Eron milliy jamoasi safida 57 o'yinda maydonga tushdi va 11 ta gol urdi. Quyida uning faoliyatiga bag'ishlangan videolavhani tomosha qilishingiz mumkin.


Muallif :
Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика