Championat.asia'da yangi rukn - "OF" anonsi

Bugun saytimizda yangi rukn o'z faoliyatini boshlaydi.

Xabaringiz bor, saytimizda jahon futboli haqida hikoya qiladigan katta materiallar doimiy ravishda berib boriladi. Biroq, osiyolik futbol yulduzlari haqidagi maqolalar juda kamyob edi. Shu muammoni bartaraf qilishga qaror qildik. Endi "OF (Osiyo futboli)" rukni orqali qitamiz futbolida ro'y berayotgan e'tiborga molik voqealar, katta musobaqalar va osiyolik futbolchilar haqidagi materiallar bilan tanishib borishingiz mumkin. Birozdan keyin e'tiboringizga havola qilinadigan 1-sonda Eron terma jamoasi yetakchilaridan biri haqida so'z yuritiladi.

Keyingi sonlarda qaysi yulduzlar yoki musobaqalarga to'xtalishimizni xohlaysiz? Marhamat, fikrlaringiz hamda takliflaringizni  biz bilan o'rtoqlashing.


Manba: championat.asia