Odil Hamrobekov "Al Ayn"ga o'tadimi? Uning o'zi javob berdi
16 jan 2021 18:31
Yangiliklar


Odil Hamrobekov "Al Ayn"ga o'tadimi? Uning o'zi javob berdi
SHu kunga qadar jamoani bir qator futbolchilar tark etishga ulgurdi. Eshitishimizga qaraganda qaraganda "sherlar"ning yana bir futbolchisi Odil Hamrobekovga BAAning "Al Ayn" jamoasidan qiziqish bo'lgan. Ushbu xabarlarga aniqlik kiritish maqsadida Hamrobekovning o'ziga yuzlandik.
"Yangi mavsumga ko'tarinki kayfiyatda tayyorgarlik olib bormoqdamiz. Futbolchilarga berilgan tanaffusda ham murabbiylarimizning ko'rsatmalariga ko'ra individual tarzda shug'ullanib, sport formamizni ushlab turishga harakat qildik. Murabbiy almashish har bir jamoada ro'y beradigan jarayon hisoblanadi. Piter Xyuistra "Paxtakor" jamoasiga begona emas. Uch yarim yil davomida birga faoliyat olib borganmiz, bir-birimizni yaxshi tushunamiz.
"Al Ayn"dan taklif? Bu haqida o'zimga hech qanday chorlov tushmadi. Legionerga aylanish yoki aylanmasligimni vaqt ko'rsatadi. Klub bilan amalda shartnomam bor",- deydi Hamrobekov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar