OCHL qay tariqa davom ettirilishi mumkin?

Mirjalol Normatov
31 may 2020, 18:33
Alisher Nikimbaev o'z telegram kanalida Osiyo chempionlar ligasining qolgan qismi qay tariqa davom ettirilishi mumkinligi borasida to'xtaldi.

Unga ko'ra, turnir markazlashgan holda sentyabr oyidan davom ettirilishi mumkin. Yani, bir mamlakat mezbon sifatida tanlab olinadi.

1/8 finaldan boshlab, finalga qadar bo'lgan davrda yutqazgan jamoalar chiqib ketadigan raundlar ham markazlashtirilishi kutilmoqda.

Bu OFKga vaqtni tejashda katta yordam beradi va g'olib jamoaning klublar o'rtasidagi jahon chempionatida qatnashishiga ham imkoniyat yaratadi.

O'yinlar soni kamayib ketishi aniq, biroq hozirda OFK ko'p narsalarni yo'qotishni istamayapti.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Алишер Никимбаев телеграм канали