So’nggi yangiliklar

11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0 10:45"Андижон"нинг янги легионери: "Максим Шацких Украина футболи учун ҳақиқий афсонадир"  2 10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ким қанча ишлаб олди?  5 09:30Ўтган мавсумдаги Суперлиганинг "энг яхши ёш футболчиси" фаолиятини водий жамоасида давом эттиради  2 08:53Терма жамоамизнинг яна бир аъзосига Греция ва Ла Лига 2 жамоасидан қизиқиш бор  14 08:19"Реал" ўз тарбияланувчисининг қайтганини эълон қилди  8 07:47Терма жамоамизнинг яна бир аъзоси легионерга айланди. Унинг янги жамоасидаги рақами ҳам маълум  8 07:39Ўзбекистон МТЖ аъзоси Эрон чемпиони билан шартнома имзолайди  11 01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  17 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  3 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  1 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  3 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  10 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  76

OCHL. 6 gol urilgan super o'yinda "Paxtakor" Tabriz jamoasi bilan durangga rozi bo'ldi Yangiliklar

OCHL. 6 gol urilgan super o'yinda "Paxtakor" Tabriz jamoasi bilan durangga rozi bo'ldi

Mazkur sahifada OCHL 1-turi doirasidagi "Paxtakor" hamda "Traktor" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvning matnli translyaciyasi bilan tanishishingiz mumkin.

Pakhtakor Tashkent

Dragan Ceran - 69', Sharof Mukhiddinov - 75', Khozhimat Erkinov - 82'

AFC Champions League Grp. B . 1-tur

14/04/2021, 21:00

3
:
3
Tugadi

Tractor

Ashkan Dejagah - 53', Mohammad Abbaszadeh - 56', Mohammad Abbaszadeh - 85'

45'
90'
52'  Anzur Ismailov
57'  Azizbek Turgunbaev (Khozhimat Erkinov)
57'  Khoziakbar Alidzhanov (Ibrokhimhalil Yoldoshev)
68'  Sardor Rashidov (Sharof Mukhiddinov)
68'  Sardor Sabirkhodjaev (Diyor Kholmatov)
69'  Dragan Ceran
75'  Sharof Mukhiddinov
82'  Khozhimat Erkinov
84'  Yegor Krimets
23'  Mohammad Reza Khanzadeh
53'  Ashkan Dejagah
56'  Mohammad Abbaszadeh
76'  Peyman Babaei (Saeid Vaseei)
78'  Ashkan Dejagah
79'  Ashkan Dejagah (Mohammad Ghaderi)
79'  Akbar Imani (Hamid Bouhamdan)
82'  Meysam Teymouri
85'  Mohammad Abbaszadeh
87'  Mohammad Abbaszadeh (Amin Assadi)
90'  Mohammad Ghaderi

OCHL guruh bosqichi. 1-tur

"Paxtakor" 3:3 "Traktor"

Gol: 0:1 - Dejaga (penalti) 53, 0:2 Abboszoda 56, 1:2 - CHeran 69, 2:2 - Muhitdinov 75, 2:3 - Erkinov 81, 3:3 Abboszoda 85.

"Paxtakor": Quvvatov, Alijonov (Yo'ldoshev 57), Anzur Ismoilov, Krimec (S), Sayfiev, Abror Ismoilov, Sobirxo'jaev (Muhiddinov 68), Turg'unboev ( Erkinov 57), Rashidov (Xolmatov 68), CHeran, Derdiyok.

Zaxira: Suyunov, Iminov, CHobanov, Temirov, Azamov, Azmiddinov.

"Traktor": Muhammadrizo Axbori, Muhammadrizo Xonzoda, Hadi Muhammadi, Akbar Imani (Hamid Buhamdan 79), Peyman Boboyi, Saman Narimonjahon, Mehdi Tikdari, Meysam Temuriy, Ashkan Dejaga (Muhammad Qodiriy 79), Muhammad Abboszoda (Amin Asadi 87), Milad Faxriddini.

Zaxira: Habib Farabbosi, Masud SHojaiy, Abulfazl Razzoqpur, Said Vasei, Muhammad Xurram, Peyman Keshavarzi, Muhammad Muslimipur.

Hakamlar: Jumpei Iida (Yaponiya), Osamu Nomura (Yaponiya), Abu Bakr Amri (Oman), Hussayn Abu Yahyo (Livan). 

Nazoratchi: Jassim Muhammad (Qatar). 

Komissar: Kemel Tokabaev (Qirg'iziston).

90+5. SHarof Muhitdinovning zarbasi juda noaniq ko'rinish oldi. Yaponiyalik Jumpei Iida yakuniy hushtagini chaldi. SHu tariqa Toshkentning "Paxtakor" klubi turnirdagi ishtirokini durang bilan boshladi.

90+4. Jarima maydoni tomon borayotgan Hojimatni to'xtatib qolgan Qodiriy ogohlantirildi. Jarima zarbasi...

90+1. "SHerlar" Draganning zarbasida keyin burchak zarbasi ishlab oldi.

Uchrashuvning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

90. Milod Faxriddini Diyor Xolmatovga nisbatan qoidani buzdi.

88. Muhammad Qodiriy "Paxtakor" jarima maydonisha kirib bordi, ammo zarba yo'llashda adashdi.

87. Dubl muallifi Abboszoda o'rniga Amin Asadi maydonga tushdi.

85. Gol. Muhammad Abboszoda penaltini golga aylantirdi - 3:3.

84. Ehhhh! Penalti. Krimes jarima maydoniga kirib borayotgan raqibini qo'pollik bilan to'xtatdi va  sariq kartochka ishlab oldi.

81. Gooooooooooooooooooooool! Hojimat Erkinov raqiblarining xatosidan ustalik bilan foydalandi - 2:3.

79. "Traktor"da o'zgarish. Dejaga o'rniga Gaderi, Akbar Imoni o'rniga Hamid Buhamdam maydonga tushirildi.

78. Maydon markazida Diyor Xolmatovni qo'pollik bilan to'xtatgan Ashkan Dejaga ogohlantirildi.

75. Gooooooooooooool! Zaxiradan maydonga tushgan SHarof Muhitdinov to'pni "Traktor" darvozasiga joyladi. Joylamadi, "mixladi"! 2:2.

74. "Traktor" futbolchilari to'liq o'z yarim maydonlariga o'tib olib himoyalanishmoqda.

69. Goooooool! Erkinovning uzatmasidan keyin CHeran kuchli zarbasi bilan hisobni qisqartirdi - 1:2.

68. "Paxtakor"da Rashidov o'rniga Xolmatov, Sobirxo'jaev o'rniga Muhitdinov tushirildi.

67. Sayfiev qulay vaziyatda to'pni darvozaga yo'lladi. Darvozabon dog'da qoldi, ammo Xonzoda to'pni qaytardi.

66. Tabrizliklar jarima maydoniga chiroyli harakatlar bilan kirib borgan Hojimat Erkinov zarba berishga ulgurmadi.

65. Dejaganing uzoq masofadan bergan zarbasi noaniq ko'rinish oldi. Ustunlik "Traktor" futbolchilari tarafga o'tib ketganini alohida takidlash kerak.

57. "Paxtakor"da o'zgarishlar: Alijonov o'rniga Yo'ldoshev, Turg'unboev o'rniga Erkinov tushirildi.

56. Gol! Alijonovning xatosida keyin to'p tabrizliklarga o'tib ketdi. Quvvatov bilan yuzma-yuz chiqib borgan Muhammad Abboszoda posbonimizning yaqin burchagini "teshdi" - 0:2.

53. Gol! To'p oldida Ashkan Dejaga. U hisobni ochdi - 0:1.

52. Penalti! Krimesning xatosidan keyin to'pni egallab Peyman Boboyi jarima maydoni ichiga kirib, to'pni darvozaga tepdi. Afsuski, to'p Anzur Ismoilovning qo'liga tegdi.

50. O'yin to'xtab qoldi. Muhammadrizo Axboriga yordam ko'rsatilmoqda.

47. O'ng qanotdan ajoyib reyd namoyish qilgan Turg'unboev to'p uzatishda xatoga yo'l qo'ydi.

46. 2-bo'lim start oldi. To'pni Muhammad Abboszoda o'yinga kiritib berdi.

Jumpei Iida 1-bo'limni yakunlab beruvchi hushtagini chaldi. Tanaffus!

45+3. "Paxtakor" forslar jarima maydoni atrofida raqibga bosim o'tkazdi. Ammo, hujum zarbagacha etib bormadi.

Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

45. Peyman Boboyi "sherlar"ning 4 nafar futbolchisidan o'tib ketib, darvozaga zarba yo'lladi. Quvvatov o'z o'rnida.

43. "Paxtakor" qarshi hujumga o'tish chog'ida tempni tushirib yubordi. CHeranning uzatmadagi xatosi esa to'pni "Traktor"ga olib berdi.

36. O'yin to'xtab qoldi. Eron jamoasi posboniga yordam ko'rsatilmoqda...

34. Uxxx! Axboridan yana bir seyv. Aziz Turg'unboev jarimadan uzatgan to'pni CHeran boshi bilan darvozaga yo'llagan edi.

31. Muhammadrizo Axbori jarima maydonchasi ichiga oshirilgan to'pni qaytarishda faollik ko'rsatdi.

29. Ushbu daqiqaga kelib, to'p nazoratidagi ustunlik Tabriz jamoasi tomonda: 53:47.

"Paxtakor" va "Traktor"ning eng qimmat futbolchilarini bilasizmi?

23. Uchrashuvni boshqarib borayotgan Jumpei Iida (Yaponiya) Xonzodaga sariq kartochka ko'rsatdi.

22. Tabrizliklar markaziy himoyachisi Muhammadrizo Xonzoda yana "Paxtakor" jarima maydonida. U Sanjar Quvvatovga nisbatan  qo'pollik ishlatdi.

20. "Traktor" futbolchilarida qulay imkoniyat paydo bo'ldi. To'p autdan o'yinga kiritilgach, Muhammadrizo Xonzoda zarba berishga urinib ko'rdi. Noaniq.

15. "Paxtakor"da ajoyib hujum! Aziz Turg'unboev maydon markazida Meysam Temuriydan tortib oldi va CHeranga uzatdi. Serbiyalik futbolchi jarima maydoniga yaqinlashib, to'pni Erenga oshirdi. Derdiyokdan kuchli zarba, darvozabon Axboridan seyv.

8. Uxxx! Raqib jarima maydoni ichida to'pni egallab olgan Sardor Rashidov darvozaga zarba berdi. Afsus, futbolchimiz o'tkir burchakda ekanligi unga pand berdi.

5. Forslar burchak zarbasi ishlab olishdi. To'p oldida Ashkan Dejaga...

1. Uchrashuv boshlandi! To'pni Eren Derdiyok o'yinga kiritib berdi.

- Birozdan keyin OCHLning yangi mavsumi start oladi. "Paxtakor" va AGMK futbolchilariga omad tilaymiz!

OCHL guruh bosqichi. 1-tur

"Paxtakor" 3:3 "Traktor"

Gol: 0:1 - Dejaga (penalti) 53, 0:2 Abboszoda 56, 1:2 - CHeran 69, 2:2 - Muhitdinov 75, 2:3 - Erkinov 81, 3:3 Abboszoda 85.

"Paxtakor": Quvvatov, Alijonov (Yo'ldoshev 57), Anzur Ismoilov, Krimec (S), Sayfiev, Abror Ismoilov, Sobirxo'jaev (Muhiddinov 68), Turg'unboev ( Erkinov 57), Rashidov (Xolmatov 68), CHeran, Derdiyok.

Zaxira: Suyunov, Iminov, CHobanov, Temirov, Azamov, Azmiddinov.

"Traktor": Muhammadrizo Axbori, Muhammadrizo Xonzoda, Hadi Muhammadi, Akbar Imani (Hamid Buhamdan 79), Peyman Boboyi, Saman Narimonjahon, Mehdi Tikdari, Meysam Temuriy, Ashkan Dejaga (Muhammad Qodiriy 79), Muhammad Abboszoda (Amin Asadi 87), Milad Faxriddini.

Zaxira: Habib Farabbosi, Masud SHojaiy, Abulfazl Razzoqpur, Said Vasei, Muhammad Xurram, Peyman Keshavarzi, Muhammad Muslimipur.

Hakamlar: Jumpei Iida (Yaponiya), Osamu Nomura (Yaponiya), Abu Bakr Amri (Oman), Hussayn Abu Yahyo (Livan). 

Nazoratchi: Jassim Muhammad (Qatar). 

Komissar: Kemel Tokabaev (Qirg'iziston).

Reyting: +75   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика