OCHL. "Paxtakor" guruh bosqichini g'alaba bilan boshladi
10 fev 2020 17:54
Yangiliklar


OCHL. "Paxtakor" guruh bosqichini g'alaba bilan boshladi
“PAXTAKOR” – “SHABAB AL AHLI” 2:1
Gollar: Jaloliddin Masharipov (18), Dragan CHeran (70) - Pedro Konde (67)
10 fevral 2020 yil. Toshkent. "Paxtakor" stadioni.
Hakamlar: Adham Muhammad Tuma Mahadmeh, Ahmad Moannes Nadi, Muhammad Mustafo Hassan (barchasi Iordaniya), Sayyodjon Zaynidddinov (Tojikiston).
Hakamlar nazoratchisi: Saad Komil Alfadhli (Kuvayt).
Komissar: No Jin Kyun (Koreya).
"Paxtakor": Eldorbek Suyunov, Hojiakbar Alijonov, SHerzod Azamov, Egor Krimec (S), Farrux Sayfiev, Odil Hamrobekov, Sardor Sobirxo'jaev, Dostonbek Hamdamov, Dragan CHeran, Jaloliddin Masharipov, Igor Sergeev.
Zaxira: Sanjar Quvvatov, Anzur Ismoilov, Asad Sobirjonov, Humoyunmirzo Iminov, Abror Ismoilov, Vladimir Kozak, Eren Derdiyok.
"SHabab Al Ahli": Majid Nosir, Muhammad Marzuq, Abdulaziz Haykal, Muhammad Sebil, Yusuf Jaber, Aziz G'aniev, Ismoil Alhammadi, Abdulla Naqbi, Majid Hassan, Federiko Kartabiya, Pedro Konde.
Zaxira: Hassan Hamza, Salmin Hamis, Muhammad Ismoil, Volid Husayn, Harib Abdulla, Eyd Hamis, Ahmad Halil.
Pakhtakor Tashkent Jaloliddin Masharipov - 18', Dragan Ceran - 70' |
AFC Champions League Grp. B . 1-tur 10/02/2020, 16:00 1
:
2
Tugadi
|
Shabab Al-Ahli Dubai FC Pedro Conde - 67' |
O'YIN YAKUNLANDI. G'ALABA!
90+2. Bosh hakam ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berdi.
90+1. SHota Arveladzedan so'nggi o'zgarish: Vladimir Kozak Farruh Sayfievni almashtirdi.
88. Derdiyokk! To'p kutilmaganda jarima maydonchasi ostonasida to'xtab qoldi. Derdiyok esa darvozabon bilan bo'lgan kurashda ataylab yiqildi, ammo hakam bu vaziyatda fol bo'lmaganini qayd etdi.
84. Mehmonlar tarkibida so'nggi o'zgarish: Eyd Xamis Majid Hassanni almashtirdi.
84. To'pga egalik qilish bo'yicha katta bo'lmagan ustunlik "Paxtakor"da: 55% - 45%
81. "Paxtakor"da o'zgarish: Anzur Ismoilov SHerzod Azamovni almashtirdi.
74. Raqiblar safida navbatdagi o'zgarish: Aziz G'aniev maydonni tark etdi, uning o'rniga Harib Abdulla maydonga tushirildi.
73. "SHabab Al Ahli"da ham o'zgarish: Ismoil Al Hammadi o'rniga maydonga Ahmad Halil tushirildi.
72. Eren Derdiyok debyutini amalga oshirmoqda. Sergeev esa maydonni tark etdi.
70. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLL!! CHerannnnnnnn! Qoyil! Legioner futbolchimiz to'pni raqib darvoziga ajoyib tarzda yo'lladi. Hamdamov ham bu vaziyatda yaxshi pas berganini etirof etish zarur.
67. Gol! Afsus! Pedro Konde o'z hisobiga gol yozdirib qo'ymoqda. Dastlab raqib o'yinchisi to'pni qaychi uslubida Suyunov darvozasiga yo'lladi. Darvozabonimiz esa to'pni qo'lidan chiqarib yubordi va bu to'pga birinchi bo'lib Konde ulgurdi. 1:1
61. "Paxtakor"da navbatdagi sariq kartochka. Hakam bu safar Odil Hamrobekovni ogohlantirdi.
59. Sergeev "sherlar"ning ajoyib hujumidan so'ng to'pni qulay vaziyatda turgan Hamdamovga etkazib bermoqchi edi, ammo bu vaziyatda "SHabab Al Ahli" o'yinchilari yaxshi harakat qilishdi.
56. Iordaniyalik hakam qo'polligi sabab Sardor Sobirxo'jaevga sariq kartochka ko'rsatdi.
49. Mehmonlar ikkinchi bo'limni faol boshlashdi. Dubayliklar to'pga egalik qilishmoqda, ammo darvozamiz oldida xavfli vaziyat sodir etilmayapti.
46. Ikkinchi bo'limga start beruvchi hushtak chalindi.
TANAFFUS
45. Bosh hakam birinchi bo'limga bir daqiqa qo'shib berdi.
42. Ilk sariq kartochka "SHabab Al Ahli" o'yinchisi Pedro Kondega ko'rsatildi.
39. Masharipovning jarima maydonchasi ichiga tashlab bergan to'pini CHeran boshi bilan raqib darvozasiga yo'lladi, ammo biroz noaniq.
37. Doston Hamdamov jarima maydonchasi ichida ajoyib harakatlar bilan raqibini chalg'itib darvoza tomon zarba berdi, ammo juda ham noaniq.
30. O'tgan o'ttiz daqiqada "Paxtakor" ustunlik qildi. Ammo, oldin aytib o'tganimizdek har ikki jamoa maydondagi ko'lmaklar sababli futbol o'ynashga qiynalmoqda.
24. Igor!!! Hamdamov ajoyib qarshi hujumdan so'ng to'pni jarima maydonchasi ichiga tashlab berdi. Ammo, Sergeev bu vaziyatda to'pga zarba bera olmadi.
18. GOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLLLL!! MASHAAAAARIIIIIPOVV! Jaloliddin raqibdan to'pni olib qo'ygan holda, jarima maydonchasiga kirmagan holda to'pni Majid Nosirni ustidan tashlab qo'ydi. Qoyil!
17. Hozircha vakillarimiz "SHabab Al Ahli" darvozasi tomon 2 bor zarba berishdi, raqiblar esa hali zarba berishmadi.
11. Dragan! CHeran jarima zarbasidan Majid Nosir darvozasini ishg'ol qilmoqchi edi, ammo raqib darvozaboni bu vaziyatda yaxshi harakat qildi.
9. Vakillarimiz hujumlarga zo'r bermoqda. Ammo, maydonda ko'lmaklar ko'pligi sabab futbolchilar o'ynashga qiynalishmoqda.
4. CHeran!! "Paxtakor" o'yinchisi birga-bir vaziyatdan gol ura olmadi. Bundan tashqari, ushbu vaziyatda offsayd borligi ham malum bo'lmoqda.
1. O'yin boshlandi!
- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.
- Osiyo chempionlar ligasi yangi mavsum guruh bosqich 1-tur doirasidagi qiziqarli kechishi kutilayotgan "Paxtakor" va "SHabab Al Ahli" o'rtasidagi o'yinni birgalikda kuzatib boramiz.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar