"Al Nassr" "Chelsi" himoyachisiga davogar
29 iyu 16:37
Yangiliklar
"Al Nassr" "Chelsi" himoyachisiga davogar
Saudiya Arabistonining "Al Nassr" klubi rahbarlari ushbu yozgi transfer oynasida Londonning "Chelsi" jamoasi himoyachisi Mark Kukurelya bilan shartnoma imzolamoqchi.
"Marca" xabariga ko'ra, Saudiya Arabistoni klubi 27 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun "Chelsi"ga taklif tayyorlamoqda. "Al Nassr" vakillari "nafaqaxo'rlar" Ispaniya terma jamoasi himoyachisi uchun qilingan saxovatli taklifni rad etmaydi degan umidda.

Ayni damda ekspertlar Kukurelyaning transfer qiymatini 35 million evroga baholamoqda.
Mark Kukurelya o'tgan mavsum "Chelsi" safida Angliya chempionatida 36 o'yin o'tkazib, 5 ta to'p kiritgan va 1 ta golli pas uzatgan. Ispaniyalik futbolchi 2022 yildan buyon "ko'klar" sharafini himoya qilmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar