So’nggi yangiliklar

01:57"Интер" кетма-кет 5 та пенальти қайтарган дарвозабонни сотиб олмоқчи  1 01:18Левандовски билан можаро сабаб ишсиз қолган мутахассис Қозоғистон терма жамоасини бошқариши мумкин  1 00:49"Бавария" "Барселона", "Ливерпул" ва "Реал" қизиқаётган ҳимоячи билан боғланди  0 00:15Жейми Каррагер: "Ливерпуль" деярли баскетбол жамоасига айланиб қолди"  1 23:31УЕФА "Барселона" ва "Милан"га АҚШ ва Австралияда ўйин ўтказишга рухсат берди, лекин ташкилот миллий лигалар ўйинларини чет элда ўтказишни қўллаб-қувватламайди  0 22:31ФИФА президенти Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийини табриклади  22 22:00"Барселона" Араухони қанчага сотмоқчи?  5 21:36"Қайрат" бош мураббийи Калмурзага машина совға қилиниши ҳақида: "Агар ёрдам бермоқчи бўлсангиз – клубга автобус ёки микроавтобус совға қилинг. Бир кишини алоҳида ажратиш нотўғри, бу жамоавий спорт"  3 21:08"Марсель" "Реал" ҳужумчисини ижарага олмоқчи  1 20:01"Челси" "Ювентус" етакчиси учун 66 млн евро таклиф этди ва рад жавобини олди  7 19:39Гвардиола Родрининг янги жароҳати ҳақида: "Биз унга ғамхўрлик қилишга ҳаракат қилдик, аммо бўлар иш бўлди"  2 19:16Шенсни "Барселона"да биринчи марта мағлубиятга учради   1 18:55Уругвай терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши ўйин учун қайдномаси маълум  32 18:27Ўзбекистон терма жамоаси машғулотларга киришди   17 18:16Алонсо Килиан Мбаппе жароҳат олганини маълум қилди  7

OCHL 1/8 finali oldidan: O'zbekiston OFK reytingida qancha ochko to'pladi? Yangiliklar

OCHL 1/8 finali oldidan: O'zbekiston OFK reytingida qancha ochko to'pladi?

Taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev O'zbekistonning OFK reytingidagi to'plagan ochkolari haqida o'z fikrlarini bildirdi.

"10 yil ichida ilk bor "Paxtakor" OFK CHempionlar Ligasi 1/8 finali chiqdi, bugun bu bosqichda o'ynaydi va OFK klublar reytingini gapirish hozir o'rinli bo'ladi. "Paxtakor"ning ushbu mavsumdagi muvaffaqiyati O'zbekistonga 13 ball olib keldi: 10 - guruh bosqichidagi to'plangan har bir ochko uchun va 3 - 1/8 finalga chiqqanlik uchun. "Lokomotiv" va "Bunyodkor" to'plagan ballar bilan 13,900 olamiz va bu O'zbekiston uchun bir mavsumdagi eng yaxshi ko'rsatkichdir. Bungacha rekord 2009 yilda bo'lgan, unda "Bunyodkor" va "Paxtakor" CHempionlar ligasi chorak finaliga, "Neftchi" esa OFK Kubogi chorak finaliga qadar etib borgandi. O'shanda bir mavsum uchun 13,556 (OFK Kubogi "Neftchi"ning ochkolari 3ga bo'linmaganda 17,500) edi.

Aytgancha, biz nega "Paxtakor"ni guruh bosqichida 11 emas faqatgina 10 ochko to'plagan deb hisoblamoqdamiz? "Al Hilol" va "Al Vahda" natijalarini reytingdan chiqarib tashlash garchi bu OFK reytingini hisoblashdagi hujjatlarda o'z aksini topmagan bo'lsa ham mantiqan to'g'ri.

Ammo mening sizlar uchun yomon xabarim bor. Joriy mavsumdagi rekord hisobga olinmaydi. CHunki 2020 yildagi reyting hisobga olinmaydi. OFK Kubogi oxiriga qadar o'ynalmaganini hisobga olsak, bu ham mantiqandir.

Bu nimani anglatadi? 2023 yildagi klublar musobaqasidagi kvotalarni hal qiladigan 2021 yilgi reytingga faqat uch mavsum kiradi - 2018, 2019 va 2021.

Bu shuningdek 2024 yildagi kvotani aniqlaydigan 2022 yildagi reytingga ham tegishli. Bunda 2019, 2021 va 2022 yilgi mavsumdagi natijalar hisobga olinadi.

To'laqonli to'rt yillik cikl 2026 yildagi kvotalarni aniqlab beradigan 2024 yildagina bo'ladi. Koronavirus hali uzoq vaqt o'zini eslatib turadi", - deb yozadi Nikimbaev.

Reyting: -20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика