Oblak: "Kepa hali o'zini ko'rsatadi va uni baholay olmaganliklarini isbotlaydi"
23 fev 2021 14:38
Yangiliklar


Oblak: "Kepa hali o'zini ko'rsatadi va uni baholay olmaganliklarini isbotlaydi"
"Atletiko"ning sloveniyalik darvozaboni Yan Oblak "CHelsi" posboni Kepa Arrisabalaga haqida gapirdi.
"Arrisabalaga - yaxshi darvozabon. Menga uning La Ligadagi o'yinlari yoqqandi. Londonda biroz muammollari yuzaga keldi. Kimdir uning o'yinlari pasayishini Kepa uchun "CHelsi"ning to'lagan katta puli bilan bog'lamoqda.
Ammo, men bunday deb o'ylamayman. Kepa nimalarga qodirligini biladi. U hali o'zini ko'rsatadi va uni baholay olmaganliklarini isbotlaydi", - deydi Oblak.
Eslatib o'tamiz, bugun "Atletiko" va "CHelsi" o'rtasida CHL 1/8 final dastlabki o'yini bo'lib o'tadi. Madridda bo'lib o'tishi kerak bo'lgan bahs Buxarestga ko'chirilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar