So’nggi yangiliklar

01:29Озарбайжон. "Сумқайит" мавсумни йирик ғалаба билан якунлади, Абдихолиқовдан ассист  0 01:16"Бавария" "Брайтон" ва "Милан" юлдузларига кўз тиккан  0 00:43"Sky Sports" АПЛда мавсумнинг энг яхшиларини аниқлади  4 00:25А Серияда чемпионлик масаласи ҳал бўлмоқда: "Интер" ёки "Наполи"  13 00:21Миржалол Қосимов: "Ютсак ҳаммамиз зўрмиз, ютқазсак барчамиз айбдормиз"  1 23:52Максим Шацких: "Суперкубок финалига яхши кайфиятда борадиган бўлдик. Танаффусда ўйинни ўзгартириб юборишга келишиб олдик, акс ҳолда "Ультрас" бизни кечирмас эди"  4 23:32Рўзиқул Бердиев: "Шуҳрат Муҳаммадиев 36 ёшида ёш футболчилардан ҳам тез югуради"  0 22:39Февзи Давлетов: "Дуранг бўлиши мумкин эди, аммо мағлубият эмас"  3 22:26Суперлига. "Андижон" - "Сурхон" 2:1. Мезбонлардан супер голлар!  2 22:15Месси ва "Интер Майами" музокараларни давом эттирмоқда  1 21:59Суперлига. "Насаф" тур марказий баҳсида ОКМКни ютиб, жадвалдаги етакчиликни тортиб олди  74 21:23Аморим жамоага тезкор футболчиларни олиб келмоқчи  1 20:54Суперлига. "Андижон" "Бобур Арена"да "Сурхон"ни енгиб ғалабасиз сериясига барҳам берди  52 20:19"Реал" Модричга ўринбосар топди  3 19:55Диалло МЮ мухлисларига ваъда берди  3

Obid Jo'raboev: “Qo'qon-1912”ga qarshi bo'lajak o'yinimiz olti ochkoga teng bo'ladi” Yangiliklar

Obid Jo'raboev: “Qo'qon-1912”ga qarshi bo'lajak o'yinimiz olti ochkoga teng bo'ladi”

"Andijon" - "Qo'qon-1912" bilan o'yindan oldin mezbonlar himoyachisi Obid Jo'raboev o'z fikrlarini bildirdi.
- Har ikki jamoaga ham ochko juda muhim. Qo'qonliklar turnir jadvalida eng so'nggi pog'onadan joy egallab turibdi.

“Andijon” esa autsayderlar safini tark etib, yuqori o'rinlarga chiqishga harakat qilmoqda. SHu bois bilasizmi hozirgi kunda birinchi navbatda natija uchun o'ynayapmiz. Ko'proq ochko jamg'ara olsak, keyin turnir jadvalidagi o'rnimiz ham shunga monand bo'ladi.  

- Bugungi o'yinga tayyorgarligimiz yaxshi bo'ldi. Faqat g'alaba uchun maydonga chiqamiz. CHunki o'z maydonimizda ishqibozlardan jamoadan faqat uch ochko kutadi. Lekin raqibimiz ham g'alaba uchun borini berishi aniq. SHu bois derbida hech bir klubga oson bo'lmaydi.

- Raqib haqida nima deyish mumkin? To'g'ri, “Qo'qon-1912” ham davralar oralig'ida tarkibda jiddiy o'zgarishlar qildi. SHu bois ularning bugungi o'yini haqida ko'p ham tasavvurga ega emasman. Birinchi davrada “Navbahor” safida “Qo'qon-1912”ga qarshi o'ynaganimda himoya chizig'ida yaxshi o'yinchilari bor edi. Har qanday holatda ham raqibni xurmat qilamiz va g'alaba uchun astoydil kurashiladi.

- “Andijon”ga moslashib kettim. Bilasizmi menda qaysidir jamoaga borib qo'shilsam, tez kirishib ketishish xususiyati bor. Bu borada hech muammo bo'lmagan. Andijonda ham yaxshi jamoa shakllandi. Yigitlar bilan til topisha oldik. Muammo yo'q. Oxirigacha shunday bo'lishini istardim. Ahillik bo'lsa natija ham durust bo'ladida.

- Barchaga yaxshi malumki, O'zbekistonda vodiylik ishqibozlar peshqadamlik qiladi. Birinchi davrada “Navbahor” sharafini himoya qilib, namanganlik muxlislarni qanday ekanligini bildim. Har bir jamoani o'ziga yarasha muxlisi bo'ladi. Lekin andijonlik ishqibozlarni bunaqa deb o'ylamagandim. “Paxtakor”ga o'yinda stadionda bizni ajoyib tarzda qo'llab-quvvatlash bilan birga juda chiroyli muhitni tashkil etib berishdi. Aslida ham futbol muxlislar uchun o'ynaladi. Andijonlik muxlislarning qanchalik jonkuyarligini endi ko'rib bilyapman. Umid qilamanki bugungi uchrashuvda ham ularni xursand qilamiz. Ishqibozlar ham bizni ajoyib tarzda qo'llab-quvvatlab, etarlicha ruhlantira oladi, - deydi futbolchi.

"Andijon" matbuot xizmati

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика