Obid Hakimov faoliyatini Tojikistonda davom ettiradi
01 jan 1970 06:00
Yangiliklar
Tojikistonning "Xo'jand" klubi kuni-kecha yana bir o'zbekistonlik futbolchi bilan shartnoma imzoladi. Mavsumning birinchi qismini "Andijon"da o'tkazgan Obid Hakimov endilikda faoliyatini qo'shni mamlakat chempionatida davom ettiradigan bo'ldi. Yodingizda bo'lsa kerak, "Xo'jand" klubi yaqinda xamyurtimiz Vusol Magerramovni ham o'z safiga qo'shib olgandi. Yaqinda Toshkentda yig'in o'tkazib qaytgan tojikistonliklar 27 yoshli Obid Hakimov bilan ham kelishuvga erishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar